Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet53/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Nazariy ma’lumot:
Ma’no ko‘chish usullari
Ko‘p ma’nolilik so‘zlarning ma’no ko‘chishi orqali sodir bo‘ladi. O‘zbek tilida ma’no ko‘chish usullarining quyidagi turlari mavjud:
Metafora. Tashqi o‘xshashlik asosida ma’no ko‘chishiga metafora usulida ma’no ko‘chishi deyiladi. Masalan: o‘choqning og‘zi, ishning boshi, derazaning ko‘zi.
Metonimiya. Ichki aloqadorlik asosida ma’no ko‘chishiga metonimiya usulida ma’no ko‘chishi deyiladi. Masalan: Fuzuliyni o‘qidim, samovarda o‘tirdik, dasturxonga marhamat kabi. Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.
Sinekdoxa. Qism bilan butunni, butun bilan qismni ifodalash usuliga sinekdoxa usulida ma’no ko‘chishi deyiladi. Masalan: tirnoqqa zor, o‘n qo‘li o‘n hunar, tuyoq sonini oshiraylik. Ko‘rgan ko‘z nima deydi, eshttgan quloq nima deydi?
Vazifadoshlik. Bajaradigan vazifasi asosida ma’no ko‘chishiga vazifadoshlik usulida ma’no ko‘chishi deyiladi. Masalan: miltiqning o‘qi, kamonning o‘qi, qalam.
Kinoya. So‘zni teskari ma’noda qo‘llashga kinoyali ma’no ko‘chishi deyiladi. Yozma nutqda kinoyali usulda ma’nosi ko‘chgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: «Yoqimli» odatlaringizni tashlamasangiz bo‘lmaydi (Yoqimsiz odatlaringizni tashlamasangiz bo‘lmaydi).
1-tоpshiriq. She’riy parchalardagi so‘zlarda uchragan ma’no ko‘chish hodisalarini aniqlang va tavsiflang.
1. Lermontovni tashlamadim hech,
So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni.
Pushkin menga ko‘rsatdi har kech,
Yig‘lab turgan bir cherkas qizni.
H.Olimjon
2. Boyqaro irg‘ishlab istak otida,
Jahonga boqqanda misli bola sher —
Hirot darvozasin bir qanotida,
She’riy lashkarini tizgan Alisher.
1-mashq. Qanday usul bilan ma’nо ko`chganligini aniqlang.
1.Оlma gulladi. 2.”Darakchi”ga оbuna bo`ldim. 3.Arraning tishi sindi. 4.Chоy ichdim. 5.Imоrat cho`kibdi. 6.Butun uy yugirib chiqdi. 7.Tarvuzning bir pallasini paqqоs tushirdim. 8.Qоshiga o`sma qo`ydi. 9.Do`ppi bоshimga tоr kеldi. 10.Bu to`g`ri gap.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling