Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
2-topshiriq. Taniqli adiblarning fikrlarini o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z va iboralarning ma’nosini tushuntiring.
Mario Vargas Lyosa, perulik yozuvchi, Nobel mukofoti laureati (2010): Adabiyot tufayli, adabiyot uyg‘otgan tafakkur, intilish va istaklar tufayli, xayolot saltanatiga safar chog‘i ko‘ngilda bosh ko‘targan kechinmalar tufayli bugungi sivilizatsiya odamiylashdi, najot topdi. Adabiyot ahli o‘ylab topgan badiiy to‘qima qumga singigan suvdek izsiz ketmadi, bil’aks toshga aylangan yuraklarni mumdek eritdi. Yaxshi kitoblar bo‘lmaganida edi, insoniyatning bugungi holiga maymunlar yig‘lagan bo‘lardi, mustaqil fikrdan mahrum labbaychilar urchib ketardi, ko‘ngil birligi yo‘qolardi, mutelik kayfiyati keng tarqalib, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi – taraqqiyotning yetakchi omili – yo‘qolardi. Yudjin O‘nil, amerikalik dramaturg, Nobel mukofoti laureati (1936): Hozirgi paytda tragediyani baxtsizlik, deb tushunishadi. Qadimda yunonlar boshqacha tushunishgan. Tragediya kishiga ko‘tarinki ruh bag‘ishlashini his etishgan. Bu turdagi asarlar ta’sirida ular kundalik odatdagi tirikchlikning mayda tashvishlaridan yuqori turishgan. Tragediya kishilarni ezgulikka yo‘llaydi, deb hisoblashgan. Zotan, chinakam san’at asari, qaysi tur va janrda yaratilganiga qaramay, barcha zamonlarda odamlarga xushbaxtlik bag‘ishlaydi. Migel Anxel Asturias, gvatemalalik yozuvchi, Nobel mukofoti laureati (1967): To‘g‘ri, yozuvchi oddiygina so‘zlarni ishlatadi, lekin ularning o‘ziga yarasha qancha qonunlari, qoidalari bor! So‘zlarda u yaratayotgan dunyolarning yurak urishi eshitiladi. Ular yog‘och kabi, metall kabi tovush chiqaradi, jaranglaydi. Ular tovushlarga taqlid qiladi. Bizning ishimizda eng avval mana shuni – tovushga taqlidni hisobga olish lozim. Xorxe Luis Borxes, argentinalik adib: Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop – ko‘zning davomi, telefon – ovozning, omoch va qilich – qo‘lning. Biroq kitob – butunlay boshqa narsa, kitoblar – xotiralar va tasavvurlarning davomidir. Frans Kafka, nemis adibi: Uydan tashqariga chiqishingga hojat yo‘q. Yozuv stolingdan jilma va tingla. Hatto tinglama ham, faqat kut. Hatto kutma ham, shunchaki sukut saqla va yolg‘iz bo‘l. Shunda olam o‘zini oshkor etishni boshlaydi, u boshqacha bo‘la olmaydi, u sening qoshingda ilojsiz o‘zining arzu jamolini namoyon etadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling