Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- (morfemika bo‘limiga qarang). 1-mashq.
- S I N T A K S I S
Nazariy ma’lumot:
M O R F O L O G I YA Morfologiyada so‘z turkumlari, so‘z shakllari va so‘zlarning grammatik ma’nolari o‘rganiladi. So‘zlarning morfologik tarkibi ham morfologiya bo‘limining ob’ekti hisoblanadi. So‘zlarning morfologik tarkibida so‘z negiz, shakl yasovchi qo‘shimcha va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchaga ajratiladi (morfemika bo‘limiga qarang). 1-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Atoqli va turdosh otlarni ajrating. 1. Barcha planetalar orasida YUpiter eng katta sayyora hisoblanadi. 2. Institutimizdagi ko‘p talabalar «Sihat-salomatlik», «Hamshira» jurnallariga obuna bo‘lishdi. 3.Havo yomon bo‘lganligi sababli samolyot Sankt-Peterburgda bir kun qolib ketdi. 4. O‘zbekiston hududida 12 ta viloyat bor. 5. Ashurning Qorabayir oti musobaqada yutib chiqdi. 2-mashq. Quyidagi mashqni ko‘chiring. Olmoshlarni topib, ularning turlarini aniqlang. Insonni hech nima vijdon azobi kabi qiynamasa kerak. Men do‘stimning xatolarni o‘z vaqtida yuziga aytmaganim uchun haligacha o‘zimni ayblayman. Allakimlar aytgan gaplarga ishonib, ko‘zing bilan ko‘rmagan narsa haqida fikr bildirish odobdan emas. Men doim shu yo‘ldan o‘tganimda og‘ir kunimda yordam bergan o‘sha odamni uchratamanmi deb atrofga qarab qo‘yaman. O‘zingga nimani ravo ko‘rsang, o‘zgaga ham shuni ravo ko‘r. SHuni esda tutish lozimki, har bir kishi, u kim, qaysi kasbni egallashidan qat’iy nazar jamiyatning bir bo‘lagi. S I N T A K S I S Sintaksisda (sintaksis – grekcha «tuzish» demakdir) so‘zlarning o‘zaro munosabatga kirishishi, so‘z birikmasi, gap bo‘laklari, gap va uning turlari o‘rganiladi. So‘zlar mustaqil ravishda ma’lum lug‘aviy ma’no ifodalaydi. So‘zlarning o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida gap hosil bo‘ladi va ma’lum fikr (mazmun) ifodalanadi. Gap hosil bo‘lishi uchun, avvalo, so‘zlar qo‘shilma hosil qilishi lozim. Sintaksisning dastlabki o‘rganish manbasi so‘z qo‘shilmasi hisoblanadi. 3-mashq. Berilgan birikmalarni 4 guruhga bo‘lib ko‘chiring, ya’ni ot-ot, ot-sifat, ot-fe’l, sifat-ot shaklida yozing. Navro‘z bayrami, ishga shoshilmoq, oydan ham go‘zal, bahor ayyomi, yosh ijodkorlar, uyidan chiqib, gulzor bo‘ylab, yangi she’r, onadek aziz, ukamdek ishchan, serzavq qo‘shiq, bayram fayzi, o‘rik hidi, guldasta qo‘yib, insoniy muhabbat, davo izlab, yigit kabi navqiron, qattiq aziyat, anketa savollari, yurakdan o‘qimoq, sevimli qo‘shiq, toshdek izsiz, hayoti achinarli, duo qilib, yaxshi o‘qish, bexato yozish, insoniy go‘zallik, kamalak misli egik, hayvon kabi beo‘xshov, qo‘l qo‘yish, tarixiy shaxs, adabiy uyushma. 4-mashq. Тubandagi so‘zlar yordamida so‘z birikmalari tuzing. So‘z birikmasidagi so‘zlarning qanday vosita orqali munosabatga kirishganini tushuntiring. Go‘zallik, qodir, din, she’riyat, rassom, hayot, mehribon, qahramon, insoniy, ijodkor, istak, ayol, xurofot, ruh, san’at, surat, musavvir, nafosat, ezgulik, mashhur, mukofot, davr, qalb, tuyg‘u, mavhum, dala, da’vat, pok, o‘lmas, ko‘z, nogoh, ishonuvchan, shaxs. Gap- kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng odiiy va tipik ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling