2.Dona son miqdor songa –ta qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: beshta, uchta. Bu qo‘shimcha barcha sonlarga qo‘shiladi.
3.Tartib son miqdor songa –(i)nchi qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: beshinchi, o‘n ettinchi kabi. Bu qo‘shimcha ham barcha sonlarga qo‘shiladi.
4.Chama son miqdor songa –tacha, -lar, -larcha, -lab, -lagan qo‘shimchalarini qo‘shish, shuningdek, sonlarni juftlash orqali hosil qilinadi: beshtacha, o‘nlab, yuzlagan, besh-oltita. Ba’zi sonlarga qo‘shiladi.
5.Jamlovchi son miqdor songa –ov (2-7), -ala (2-5), -ovlon(2-7) qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Ikki, etti, olti sonlariga jamlovchi son qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi i unlisi tushib qoladi: oltov, ikkala, uchov. Jamlovchi son qo‘shimchalari 2-7 oralig‘idagi sonlarga qo‘shiladi. Asosan egalik qo‘shimchasini olib otlashib keladi.
6.Taqsim son miqdor songa –tadan qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: bittadan, uchtadan kabi. Hisob so‘zlardan keyin –dan qo‘shimchasini keltirish bilan ham taqsim son hosil qilinadi: uch donadan.
3-mashq. Quyidagi numеrativ terminlarni ma’nо guruhlariga ajrating.
Uzunlik o`lchоvi
|
Оg`irlik o`lchоvi
|
To`dalab ko`rsatuvchi
|
Butunning
qismi
|
Vaqt
o`lchоvi
|
Pul hisоbini
bildiruvchi
|
Yakkalab
ko`rsatuvchi
|
Yoshni
bildiruvchi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Burda, para, to‘p, tanga, tillo, asr, guruh, to‘da, sahifa, og‘iz, luqma, tiyin, soat, kunlik, siqim, tilim (karch), chimdim, qultum, to‘da, hafta, so‘m, qadam, soniya, dasta, bog‘ (bog‘lam), tomchi, qatra, metr, paqir, minut, miri, chaqmoq, nimta, quchoq, nafar, hovuch, tanob, lahza, chaqa, dollar, chaqirim, kun,-yillik, quloch, oylik, oy, to‘g‘ram,-yil, gala, to‘p, guruh, yosh, yashar, poy, bo‘lak, chiqim, kilometr, daqiqa, shingil.
Do'stlaringiz bilan baham: |