Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet69/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

1.Leksik usul so‘z keltirish bilan: och sariq, nim qora.
2.Morfologik usul qo‘shimcha keltirish bilan: -(i)sh, -(i)mtir qo‘shimchalari bilan ko‘kimtir, sarg‘ish, oqish kabi. Bu usulda asosan rang bildiruvchi sifatlarning ozaytirma shakli hosil qilinadi.
Qiyosiy daraja –roq qo‘shimchasi orqali hosil qilinadi. Ba’zan bu qo‘shimcha yordamida hosil qilingan shakllar ozaytirma daraja hisoblanadi. Masalan: kattaroq, ko‘kroq, go‘zalroq kabi.
2-mashq. Sifatlarni toping va ularning darajalarini aniqlang.
1.Dunyodagi eng uzun daryo Nil daryosi hisoblanadi. 2.Salimning bo‘yi Olimnikidan balandroq bo‘lgani bilan u Olimdan ancha nimjon. 3.Ko‘m-ko‘k osmonda parday oppoq bulutlar suzib yurishibdi. 4.Bizning eng katta xatomiz vaqt qadriga etmasligimizdadir. 5.Bu xona shinam va qulay. 6.Quyosh botayotgan paytidagi manzara har doimgidan ham chiroyliroq ko‘rindi. 7.Qo‘rqoq xavf oldidan titraydi, rahmdil xavfni ko‘rib titraydi, botir esa xavfdan so‘ng.
SON SO‘Z TURKUMI
Predmetning miqdorini va tartibini bildirgan so‘zlar son so‘z turkumiga kiradi. Sonlar so‘z bilan yoki arab va rim raqamlari bilan ifodalanishi mumkin: uch, o‘n besh, 1, 125, 32, I, IV, XI. Son asosan otga bog‘lanib keladi.
Sonlarda so‘z yasalish xususiyati yo‘q. Biroq boshqa turkumlarning yasalishi uchun asos bo‘la oladi. Masalan: birlik(ot), ikkilanmoq.
Gapda son bog‘langan ot tushib qolsa son otlashadi. Sonlar otlashganda egalik, kelishik va ba’zan ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilishi mumkin: Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar.
Sonlar gapda asosan sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida keladi.


Sonlarning ma’nosiga ko‘ra turlari
Sonlar ma’no va grammatik jihatdan olti xil bo‘ladi:
1.Miqdor son. Miqdor sonlar hech qanday qo‘shimcha olmaydi. Miqdor sonlar o‘lchov birligi bo‘lib keladigan dona, nafar, tup, kun, oy, daqiqa, metr kabi hisob so‘zlar bilan birga qo‘llanilishi mumkin: Uch dona kitob, besh nafar o‘quvchi, ikki tup daraxt.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling