Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet72/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

2.O‘zlik olmoshi: o‘z so‘zidir. SHaxsning tanholigini ko‘rsatuvchi olmosh o‘zlik olmoshi deyiladi. O‘zlik olmoshi egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi mumkin. O‘zlik olmoshi turlanadi, biroq turlanganda kelishik qo‘shimchasidan oldin albatta egalik qo‘shimchasini oladi: o‘zini, o‘zidan, o‘ziga. O‘zlik olmoshida egalik va kelishik qo‘shimchalari belgisiz ishlatilishi mumkin: o‘z(imning) uyim. O‘zlik olmoshi egalik qo‘shimchalarini olib, uchala shaxs kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilishi mumkin: o‘zim-men, o‘zing-sen, o‘zi-u, o‘zimiz-biz, o‘zingiz-siz, o‘zlari-ular. O‘zlik olmoshi takror holda ishlatilishi mumkin.
3.Ko‘rsatish olmoshlari: u (kishilik olmoshi vazifasida ham ishlatiladi), bu, shu, o‘sha, ana, mana, ana shu, mana bu, anavi. Ko‘rsatish olomoshlari ko‘plik, kelishik va egalik qo‘shimchalarini olishi mumkin. Ko‘rsatish olmoshlari egalik qo‘shimchalari qo‘llanganda tushum kelishigini olib keladi: unisi, shunisi, o‘shanisi. U olmoshi ham kishilik, ham ko‘rsatish olmoshi vazifasida qo‘llanishi mumkin. U, bu, shu, o‘sha olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt yoki chiqish kelishiklari bilan turlanganda yoki –cha qo‘shimchasi qo‘shilganda bitta –n orttiriladi: unga, shuncha. Ko‘rsatish olmoshlari juft va takror holda ishlatilishi mumkin.
4.So‘roq olmoshlari: kim, nima, qaer, qanday, qanaqa, qaysi kabi so‘roq mazmunini bildiruvchi so‘zlardir. Kim olmoshi shaxsni, nima olmoshi predmetni, qanday, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini, qancha, necha, nechanchi olmoshlari miqdor va tartibni aniqlash uchun ishlatiladi. So‘roq olmoshlari kelishik qo‘shimchalarini olib turlanadi. Ba’zi so‘roq olmoshlarida kelishik qo‘shimchalari belgisiz ishlatilishi mumkin. Nima(ni) eksang shuni o‘rasan. So‘roq olmoshlari takror holda ishlatilishi mumkin.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling