Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
-mavzu. Matn: OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommaviy axborot vositalari
13-mavzu. Matn: OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
Nazariy ma’lumot: So‘z birikmasi va gap. Ish yuritish: E’lon. Adabiy o‘qish: Abdulla Qahhor hikoyalari. 1-topshiriq. Savollarga javob bering. Ommaviy axborot deganda nimani tushunasiz? Qaysi gazeta yoki jurnallarni o‘qiysiz? Qaysi teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishni yoqtirasiz? Nima uchun? Reklama kishining ongiga qanday ta’sir o‘tkazadi deb o‘ylaysiz? Ommaviy axborot vositalari Ommaviy axborot vositalarining insonlar ongiga ta’siri qay darajada kuchli ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Biz ulardan dunyoda yuz berayotgan hodisalar, siyosat, taniqli kishilar haqidagi ma’lumotlar, sport, ob-havo, moda va boshqalar haqida ma’lumotlar olamiz. Shu bois XXI asrda insonlarning hayotida matbuotning roli juda katta. “Matbuot” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, bosma asarlar, nashrlar degan ma’noni bildiradi. O‘zbek matbuotini shakllantirishda va davriy nashrlar faoliyatini tashkil etish hamda yo‘lga qo‘yishda jadidchilardan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va Abdulhamid Cho‘lponlar bosh-qosh bo‘lganlar. Ular ma’rifatchi Ismoil Gaspirali muharrirligi ostida chiqqan “Tarjimon” gazetasining ish tajribasiga tayanib, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Osiyo”, “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Sadoyi Farg‘ona” gazetalarini va “Oyna” jurnalini chiqarganlar. XX asr boshida o‘lkamizda “Nasha gazeta”, “Izvestiya”, “Turkestanskaya pravda” va “Pravda Vostoka” gazetalari chop etila boshlagan. Mustaqilligimiz tufayli o‘zbek matbuoti yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi. Davriy matbuotning ahamiyati va mavqeyi har jihatdan yuksaldi va keng taraqqiy etib, gullab-yashnadi. Unga barcha jabhalardagi islohotlarni yoritish, aholini xolis axborot bilan ta’minlash, kishilar ongini shakllantirishda hukumat va xalq o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik sifatida qarala boshlandi va jamiyatimizdagi uch hokimiyat – qonun chiqaruvchi, ijro va sud tizimi bilan bir qatorda to‘rtinchi hokimiyat maqomi berildi. Ommaviy axborot vositalari deb doimiy nomga ega bo‘lgan, ommaviy axborotni davriy tarqatishning bosma (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar va boshqalar) yoki elektron (tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar, veb-saytlar) tarzda nashr etiladigan, efirga beriladigan shakllariga aytiladi. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga oid bir qator qonunlar qabul qilinib, jurnalistlarning professional faoliyati uchun zarur qulayliklar yaratildi. Xususan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlarda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash hamda himoya qilish belgilab qo‘yildi. Mustaqillik-yillarida O‘zbekistonda bosma ommaviy axborot vositalari jadal sur’atlar bilan rivojlandi. O‘zbekiston davriy nashrlari quyidagi segmentlardan iborat: ijtimoiy-siyosiy nashrlar; iqtisodiyot, moliya va biznes sohasidagi nashrlar; qishloq xo‘jaligi va fermerlik masalalari bo‘yicha nashrlar; ta’lim va fan masalalari bo‘yicha nashrlar; tibbiyot va salomatlik bo‘yicha nashrlar; ko‘ngilochar nashrlar va dayjestlar; xotin-qizlar uchun nashrlar; sport matbuoti; satirik nashrlar; kechki gazetalar; siyosiy partiyalar va harakatlarning nashrlari; milliy tillardagi gazeta va jurnallar (qoraqalpoq, qozoq, tojik, koreys va boshqa tillarda). Hozirgi kunda mamlakatimizda “Xalq so‘zi”, “Fidokor”, “Milliy tiklanish”, “Adolat”, “Huquq”, “Hurriyat” kabi siyosiy partiyalar va vazirliklar tomonidan ta’sis etilgan gazetalar bilan bir qatorda ko‘ngilochar nashrlar: “Darakchi”, “Hordiq”, “Bekajon”, “Charxpalak” kabi gazetalar, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Fan va turmush”, “Saodat”, “Jahon adabiyoti”, “Gulxan” kabi yuzlab jurnallar chop etilmoqda. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling