Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Bizing shaydo ko‘ngul bechora bo‘lmish


Download 0.87 Mb.
bet79/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Bizing shaydo ko‘ngul bechora bo‘lmish.


Bizing shaydo ko‘ngul bechora bo‘lmish,


Malomat dashtida ovora bo‘lmish.
Anga baskim, yog‘ar tosh ustida tosh,
Tanida yora uzra yora bo‘lmish.
Urarda dam-badam xorog‘a boshin,
So‘ngaklar anda pora-pora bo‘lmish.
Balo tog‘i aro yotqanda bemor
Xazu sinjobi xoru xora bo‘lmish.
Qaro qildi nechukkim ro‘zg‘orim,
Oning ham xonumoni qora bo‘lmish.
Qadah xurshidi qonikim, g‘amidin
Sirishkim kavkabi sayyora bo‘lmish.
Navoiy, choradin ko‘p dema so‘zkim,
G‘amingg‘a chorasizlik chora bo‘lmish.


Ey sabo, holim borib...


Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,


Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i,
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.
Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.
Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim,
Qilmag‘um nazzora hargiz, ko‘zi fattonimg‘a ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,
Men o‘lib el jon topar, beboki nodonimg‘a ayt.
Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, ko‘yi gulistonimg‘a ayt.

Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo,


Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a ayt.


Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo...


Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.
G‘am bila jonimg‘a yettim, g‘amgusore ko‘rmadim,
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.
Ishq aro yuz ming mahmal o‘qiga bo‘ldim nishon,
Bir kamon abro‘da tuzlukdin nishona topmadim.
Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g‘uncha paykon, gul tikon,
Dahr bog‘i ichra mundog‘ gulsitone topmadim.
Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,
Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim.
Ko‘p o‘qudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin,
O‘z ishimdin bulajabroq dostone topmadim.
Ul armon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
Tab ganjidin maoniy xurdasin, yuz qatla hayf —
Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling