Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet81/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i)- butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-10 % ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi. ? Yuqori darajadagi shunday tarmoqlar mavjudki, unga lokal tarmoqdagi kompyuterlar emas, balki global tarmoqdagi kompyuterlar ulanib, Internet deb yuritiladi. Internet so‘zi ikki so‘zdan tarkib topgan, inter – “xalqaro” va net – “tarmoq” ma’nosini anglatadi.
Internetning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  • Turli tasnifdagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Yangiliklar bilan tanishish;

  • Ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish;

  • Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish (iste’mol talabi va muammolarni o‘rganish);

  • Fikr almashish va bilim olish.



Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovli aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmog‘idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma oy to‘lanuvchi doimiy to‘lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. Internetning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotlargacha bilib olish mumkin. Axborot tizimlari kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborotlari va dasturiy ta’minotlardan foydalanib mutaxassislar ishtiroki bilan iste’molchi uchun axborot ishlab chiqaradi. Hozir jamiyatimiz “Axborotlashtirilgan jamiyat sari” degan nom bilan atalmoqda. Demak, mamlakatimizdagi taraqqiyot ham shu shu asr bilan hamohang taraqqiy etihi kerak. Buning uchun atom stanciyalari, kosmik aloqalar, termoyadroli sintez, boitexnologiya, plazmali jarayonlar va shu kabilarni o‘rganish hamda boshqarishga yuqori texnologiyalar kerak bo‘ladi, aks holda axborotning o‘ziga ham hojat qolmaydi. Masalan, kosmik kemalar uchishini bajarishda axborotli tezkor ishlash muammosi doimo kun tartibida turadi va shu axborot tizimi asosida uning keyingi harakati boshqarilib boriladi. Bunday jarayonlarni kompyuterli axborotli tashkiliy ta’minlanishisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ana shu sabablarga ko‘ra ham avtomatlashtirilgan axborot tizimlari kerak bo‘lmoqda. Demak, ularga axborot tizimlaridan farqli o‘laroq axborotlarni qayta ishlash metodologiyasi, texnik ta’minot va texnologik vositalar majmuasi zarur bo‘lar ekan.
2-tоpshiriq. Quyidagi matnga diqqat qiling. Matn mazmunini o‘zaro muhokama qiling.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling