Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet84/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Gap va uning turlari
Muomala vositasining eng kichik birligi gap deyiladi. Gap quyidagi belgilarga ega: 1) nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi; 2) grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi; 3) tugallangan ohang bilan aytiladi. Gaplar maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
Gapning maqsadiga ko‘ra turlari
1.Darak gap. Xabar, darak mazmunini bildirgan gaplar darak gap deyiladi. Darak gap oxiriga nuqta qo‘yiladi. O‘quvchilar yig‘ildi.
2.So‘roq gap. So‘roq mazmunini bildirgan gaplar so‘roq gap deyiladi. So‘roq gapning oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. So‘roq gaplar uch xil usulda hosil qilinadi:
1)kim, nima, qaer, qanday, qaysi kabi so‘roq olmoshlari bilan: Kim keldi? Nima xizmat? Qanday kitoblaring bor?
2)-mi, -chi, -a(ya) so‘roq yuklamalari bilan: Anvar keldimi? Sening akang-chi? Tanimading-a?
3)faqat so‘roq ohangi yordami bilan: -Soat ikki yarim bo‘ldi – dedi u. –Ikki yarim?
Ritorik so‘roq gap. Javob talab qilmaydigan so‘roq gap ritorik so‘roq gap deyiladi. Ritorik so‘roq gaplar inkor yoki tasdiq ma’nosini bildiradi. Tasdiqni bildiruvchi ritorik so‘roq gap: Onani kim sevmaydi? (Onani hamma sevadi). Inkorni bildiruvchi ritorik so‘roq gap: Qafasdan bo‘shagan qush o‘zini qayta qafasga uradimi? (Yo‘q urmaydi)
3.Buyruq gap. Tinglovchini nimadir qilishga undagan gaplar buyruq gap deyiladi. Buyruq gaplar oxiriga ohangiga qarab nuqta yoki undov belgisi quyiladi. Buyruq gaplar quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1)iltimos ma’nosi: Yomon kunga qo‘yma o‘rtoqjon...
2)maslahat ma’nosi: Avval o‘yla keyin so‘yla.
3)do‘q-po‘pisa ma’nosi: YAqin kelma, yanchib tashlayman!
4)chaqiriq ma’nosi: Terim sur’atini kuchaytiraylik!
5)taklif ma’nosi: YAxshisi, bugun biznikiga bor.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling