His hayajon gaplar
Gaplar ohangiga, his-tuyg‘uni ifodalashiga ko‘ra his-hayajonli gap va his-hayajonsiz gaplarga bo‘linadi. His-hayajonsiz gaplar darak, so‘roq yoki buyruq ohangi bilan aytiladi.
His-hayajon gaplar quyidagi yo‘llar bilan hosil bo‘ladi:
1)eh, oh, e, uf, uh, o, eha, obbo, ie kabi undovlar ishtiroki bilan: Eh, bahorning gashtiga nima etsin!
2)qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so‘zlar yordami bilan: Farg‘ona vodiysi naqadar go‘zal!
3)faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo‘ladi: Paxta terimi boshlandi! Hamma terimga!
Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari
Gaplar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda gap va qo‘shma gap. Gapda bitta ega va kesim munosabati bo‘lsa sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapdan iborat gaplar qo‘shma gap hisoblanadi.
So‘z gap
So‘z gaplar sodda gaplarning alohida bir ko‘rinishi hisobalandi. Ular ha, yo‘q, xo‘p, mayli, eh, oh, ura kabi modal yoki undov so‘zlar bilan ifodalanadi. Bular ko‘pincha tasdiqni yoki inkorni ifodalaydi.
-Ishga borasanmi?
-Ha (tasdiq).
–Yo‘q,(inkor)
So‘z gaplar ba’zan undalma bilan ham qo‘llaniladi:
-Ertaga barvaqt keling
-Mayli, domla.
So‘z gaplardan keyin fe’l kesim keltirilsa, u so‘z gap emas, kirish so‘zli to‘liqsiz gap holiga keladi:
-Ishga borasanmi?
-Ha, boraman (to‘liqsiz gap).
To‘liq va to‘liqsiz gaplar
Oldingi gapdan ma’lum bo‘lgan bo‘laklar keyingi gapda tushirib qoldirilsa, oldingisi to‘liq, keyingisi to‘liqsiz gap hisoblanadi. To‘liqsiz gapdan oldin albatta to‘liq gap ishlatilishi shart: YAxshidan ot qoladi, yomondan dod (kesim tushgan). –Ahmad bilan nima haqda gaplashding. –Imtihonlar haqida (to‘ldiruvchi va kesim tushgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |