Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Moslashuv.
1.Boshqaruv. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruv ikki xil: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv. Kelishikli boshqaruvda ergash so‘z tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt yoki chiqish kelishigi yordamida birikadi: ilg‘orlarni tabriklash, daftarga yozish, shaharda turish, qishloqdan kelish. Tushum kelishigi qo‘shimchasi ba’zi boshqaruvli birikmalarda belgisiz shaklda qo‘llanilishi mumkin: ovqat(ni) edi, choy(ni) ichdi. Ko‘makchili boshqaruvda ergash so‘z ko‘makchi bilan qo‘llaniladi: sayr haqida suhbat, ish bilan band.
2.Moslashuv. Bosh so‘z egalik qo‘shimchasini, ergash so‘z qaratqich kelishigi qo‘shimchasini olib shaxs va sonda moslashishi moslashuv deyiladi: mening o‘rtog‘im, Rahimning onasi, maktab bog‘i. Moslashuvli birikmada ergash so‘z tarkibidagi qaratqich kelishigi belgili yoki belgisiz qo‘llanishi mumkin: maktabning hovlisi – belgili, maktab hovlisi – belgisiz. 3.Bitishuv. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan hech qanday grammatik vositasiz, ma’no va ohang jihatdan birikishi bitishuv deyiladi: tiniq suv, katta maktab, chiroyli qiz. Bitishuvda ergash so‘z bilan bosh so‘zning o‘rnini almashtirib qo‘llash mumkin emas. Agar ular o‘rni almashsa, gap hosil bo‘ladi: tiniq suv – Suv tiniq. 1-mashq. Birikmalarni uch guruhga ajratib yozing: moslashuvli, boshqaruvli va bitishuvli. Vatan o‘g‘lonlari, yurtimiz jamoli, o‘g‘lini topib, gullar oralab, qiz bola, choy quti, kitoblardan foydalanish, yengil mashina, kasbini sharaflamoq, mamlakat Prezidenti, dil so‘zlari, ishini bajarib, yoshlarga o‘rgatish, undan ko‘ra kuchli, farovonlik haqida kitob, yerni o‘lchash, ogohlikka da’vat, sog‘lomlashtirish maskani, qo‘lni qo‘yib, ishlashiga kafolat, e’tiborli ayol, kasbga muhabbat, saxovatli inson, xalqni boyitish, farovonlik uchun kurash, dolzarb masala, go‘zal hissiyot, tug‘ma qobiliyat, ta’til kunlari, yoshlar jamg‘armasi, kasbga sadoqat, paxta hisobi, tinchlik haqida suhbat, insonparvarlik yordami, ko‘z bilan ko‘rish, uning nigohi, uch kishini, qahraton qish, nufuzli o‘rin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling