Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet82/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

KOMPYUTERDAGI HAYOT
Amerikalik Aleksandr Balonkin Nyu-Jersi (AQSH) dagi Texnologiya institutida bir fantastik g‘oya ustida ishlamoqda. «Star» gazetasining ma’lum qilishicha, olim insonning kompyuterdagi abadiy hayotini ta’minlanishini yo‘lga qo‘ymoqchi. Uning fikriga ko‘ra,

«abadiy hayot»ga kishi miyasi mundarijasini maxsus mikrodisklarga yozib olish orqali erishiladi. Shundan so‘ng u o‘z hayotini «elektron» ravishda davom ettiradi. «Bunday odam, — dedi Balonkin, — oddiy kishilardan ko‘ra, ancha ustunliklarga ega. Unga na ovqat, na havo va na turar joy kerak bo‘ladi. U xohlasa Arktika yoki Sahroyi Kabirda sayr qilishi, hatto koinotga bemalol chiqishi mumkin».


Bunday inson miyasi radioaktiv batareykalar orqali oziqlanadi, qo‘l-oyoqlari kichik hajmli yadroviy dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. U chiroyli yuz, tanaga ega bo‘lishi mumkin, o‘zini ming xil tusga kiritish imkoniyatiga ega. Ushbu supermen ma’lumot olish uchun rentgen, gamma-nurlanishi, ultratovush va radioto‘lqinlarni qo‘llashi mumkin. Insoniyat tomonidan to‘plangan, istalgan bilimlar uning miyasiga bir onda yoziladi. Xullas, ana shunaqa gaplar, odamlar to‘rtburchak elektron narsa ichida yashashlari mumkin ekan. Lekin, ming qilsa ham, ushbu, Olloh tomoni­dan ato etilgan hayotga nima yetsin?
Nazariy ma’lumot:
So‘z birikmasi
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va grammatik jihatdan birining boshqasiga tobe bo‘lib bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi. Ega bilan kesimning tobe bog‘lanishi so‘z birikmasi emas gap hisoblanadi. So‘z birikmasida bosh so‘z va ergash so‘z bo‘ladi.
So‘z birikmasi bosh so‘zning ifodalanishiga ko‘ra 3 tur:
1.Otli birikma. Bosh so‘z ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi (-moq shaklidan tashqari) bilan ifodalanadi. M: o‘qimishli bola, asalday shirin, bolalarning hammasi, topshiriqni bajarish.
2.Fe’lli birikma. Bosh so‘z sof fe’l yoki fe’lning sifatdosh, ravishdosh shakllarida (harakat nomining –moq shakli ham) bo‘ladi: kitobni o‘qiding, vazifani bajarib, tez kelgan.
So‘z birikmasi birikish usuliga ko‘ra uch xil bo‘ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling