Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mashq. Matnni diqqat bilan o‘qing. Unda qanday nutq uslubi qo‘llanilganini aniqlang. KITOBXONLIK


Download 0.87 Mb.
bet92/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

2-mashq. Matnni diqqat bilan o‘qing. Unda qanday nutq uslubi qo‘llanilganini aniqlang.
KITOBXONLIK
– Yur, seni kitobxonlikka olib boray, — dedilar bir kuni rahmatli otam Maqsud Sobir o‘g‘li. Kitobni yolg‘iz o‘qishga o‘rganib qolgan kamina ra’ylarini qaytarmay ergashdim.
Isajon tog‘amning mehmonxonasiga mulla Muhammad Zohid domla, Ne’matxon bobo, yana bir qancha keksalar yig‘ilishgan edi. O‘zimcha hayronman: nega bu kishilar kitob o‘qirkanmiz, deb shuncha taraddudlanib o‘tirishibdi? Hammasi o‘z uyida o‘qiyvermaydimi?
Nihoyat mutolaa boshlandi: mulla Muhammad Zohid domla yo‘l-yo‘l beqasam jildli kitobni qo‘lga olib dedilar:
– «Javome’-ul kalima»ni davom ettiramizmi?
– Shunday bo‘lsin, taqsir...
Mulla Muhammad Zohid domla bosiq bir shirador ovoz bilan dona-dona o‘qir, ba’zan o‘qiganining mazmunini tushuntirar, atrofdagilarning fikrini so‘rardi, so‘ng esa yig‘ilganlar qizg‘in bahsga kirishishar, har bir so‘zning mag‘zini chaqishardi. Kamina lol bo‘lib o‘tirardim. Mana, kitobning mag‘zini qanday chaqish kerak ekan!


Ish yuritish:
HISOBOT
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot beruvchi hujjat.
Hisobotda keltirilgan ma'lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak.
Hisobotda quyidagilarga e'tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e'tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llanadi (1-ilovaga qarang). Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma (qarang) hujjatiga o‘xshaydi.
Uning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti.
2. Hujjatning nomi (Hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
5. Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.

Namangan «Dilorom» qandolatchilik
fabrikasining direktori B.I. Olimovga
Qiyom sexi boshlig‘i D.A. Rahimovaning
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri
«Lazzat» birlashmasida o‘tgan
xizmat safari yuzasidan
HISOBOTI
Men, D.A. Rahimova, 2016-yilning 18-24-dekabr kunlarida Yangiyo‘l shahrining «Lazzat» birlashmasida xizmat safarida boidim. Safardan maqsad «Lazzat» birlashmasidagi qiyom ishlab chiqarish ilg‘or texnologiyasi bilan tanishish va tajriba almashish edi. Safar davomida birlashmaning shokolad, iris sexlarida ham boidim. Qiyom sexidagi ish jarayoni bilan batafsil tanishdim.
Birlashmaning qiyom sexi keyingi-yillarda yangi uskunalar bilan qayta jihozlanganligi natijasida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari sifati yaxshilangan, xili ko‘paygan va xomashyo ancha tejalgan. Sexda ish brigada pudrati usulida tashkil etilgan, ishchilarning maoshi oldingi-yillardagiga qaraganda ancha ortgan. Bizning sexga ham ana shunday uskunalar o‘rnatilsa, qiyom xilini yanada ko‘paytirsa boiadi. Birlashma rahbariyati bilan uskunalarni qayerdan olish mumkinligi xususida fikrlashdim.

Sex boshlig‘i (imzo) D. Rahimova


2015-yil 25-dekabr


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling