Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet95/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Matnni qisqartirish quyidagiyo‘llar bilan amalga oshiriladi.
- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
- gaplardagi uyushiq va ajratilgan gap bo‘laklarini, kiritma va ilova qurilmalarini qisqartirish;
- birikmalarni ma’nodash so‘zlarga soda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish;
- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
- birkmali sifatdosh, o‘xshatish va boshqa tasviriy idodalarni soda va ixcham shaklga keltirish;
1-mashq. Gaplarni asosiy mazmunini saqlagan holda ixchamlashtiring, ortiqcha leksik-grammatik vositalarsiz daftaringizga ko‘chiring.
1. Uning manfaatlarini, fikr-o‘y doiralarini, g‘oya va maqsadlarini yaxshi bilamiz (Zulflya). 2. Gapni yana cho‘zmasin deb unga qarshi hech narsa demadi (A. Qahhor). 3. Menga qara, bir ish buyursam, yo‘q demaysanmi? (S. Ahmad). 4. Na muattar chamanzorlar, na muhtasham ko‘shklar, na kumushlangan hovuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar — hech nima uni qiziqtirmadi (Oybek.). 5. Kunduzi bo‘lsa, o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi (A. Qahhor). 6. Kim maqtanchoq bo‘lsa, u hammaning oldida xijolat tortadi (Maqol). 7. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi (Maqol).
Matnni kengaytirish quyidagi yo‘l va vositalar bilan amalga oshiriladi:
- matnning bosh fikri, g‘oyasini shakllantiruvchi tayanch so‘z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog‘liq holda o‘z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo‘shish;
- matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash;
- gapni uyushiq bo‘laklar, kiritmalar, ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytirish;
- so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari — tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vositalari bilan almashtirish;
- sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish;
- asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo‘shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda bog‘lab kiritish;
- matnning kirish, xulosa qismlarini o‘z qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to‘ldirish.
2-mashq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga fikrga mos tarzda kiritmalar, ilova birikmalar qo‘shing, gap bo‘laklarini uyushiq yoki ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytiring.
1. ..., men «muboraknoma»ni o‘qitib ko‘rgan ekanman (S. Ahmad). 2. Onajonim, ... men ham bir kun shavqqa to‘larman (A. Oripov). 3. Bir ko‘rdim men uni — shunchalar go‘zal, oydan-da go‘zaldir, ... go‘zal! (Cho‘lpon). 4. Har birimiz o‘z maktabimiz, ...... esladik. 5. Nahotki u erta-indin uzoq ayriliq boshlanishini ......, yuragi ezilmaydi (Oybek). 6. Boyagi yigitning, ... qo‘li gul ekan (P. Qodirov). 1. Biz Toshkentdan janubga — ... tomonga qarab yura boshladik.

 3-mashq. Matnni davom ettiring va mantga mos sarlovha qo‘ying.


Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop – ko‘zning davomi, telefon – ovozning, omoch va qilich – qo‘lning. Biroq kitob – butunlay boshqa narsa, kitoblar – xotiralar va tasavvurlarning davomidir.
Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling