Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet77/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

1.Holat ravishi ish harakatning bajarilish holatini bildiradi. Ular qanday?, qay holda?, qay tarzda? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: tez, sekin, birdan, shoshilgancha, to‘satdan, zo‘rg‘a, tasodifan, qo‘qqisdan, kutilmaganda, yayov, piyoda, samimiy, mardona, o‘rtoqlarcha, qahramonlarcha, xorazmcha kabi. Bunday ravishlar gapda asosan vaziyat holi bo‘lib keladi.
2.Payt ravishi vaqtga nisbatan ishlatiladigan so‘zlardan iborat. Ular qachon?, qachongacha?, qachondan boshlab? so‘roqlariga javob bo‘ladi: hozir, boya, kecha, bugun, ertaga, indinga, doim, har vaqt, allaqachon, keyin, oldin, qadim, endi kabi. Bunday ravishlar gapda asosan payt holi bo‘lib keladi.
3.O‘rin ravishi ish harakatning bajarilish o‘rnini bildiradi. Ular qaerda?, qaerdan?, qaerga? so‘roqlariga javob bo‘ladi: uzoqdan, yaqindan, chapda, o‘ngdan, yuqorida, pastda kabi. Bunday ravishlar gapda asosan o‘rin holi bo‘lib keladi. O‘rin ravishlarini jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlardan farqlash kerak.
4.Daraja-miqdor ravishlari ish harakat va belgining miqdor darajasini bildiradi. Ular qancha?, qay darajada? so‘roqlariga javob bo‘ladi: ko‘p, oz, ancha, qittay, picha, jindek, juda, g‘oyat, nihoyatda kabi. Bunday ravishlar belgini darajalab ko‘rsatishi va otlashib kelishi mumkin: ko‘p-ko‘proq. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ular gapda ko‘pincha miqdor holi, otlashib kelganda esa otga xos sintaktik vazifalarda keladi.
5.Sabab ravishi ish harakatning bajarilish sababini bildiradi. Ular nega?, nima sababli? so‘roqlariga javob bo‘ladi: noiloj, chorasizlikdan, noilojlikdan kabilar. Ular gapda ko‘pincha sabab holi bo‘lib keladi.
6.Maqsad ravishi ish harakatning bajarilish maqsadini bildiradi. Ular nega?, nima maqsadda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: ataylab, atayin, jo‘rtaga, qasddan kabilar. Ular gapda ko‘pincha maqsad holi bo‘lib keladi.
Otlashmagan ravishlar kelishik qo‘shimchalarini olmagan (turlanmagan) hisoblanadi. Asosan jo‘nalish (-ga), o‘rin-payt (-da), chiqish (-dan) kelishigi qo‘shimchalari so‘zning tarkibiga kirib ketadi: ertaga, kunda, yaqindan kabi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling