Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
-mavzu. Matn: KASBIM-FAXRIM
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
12-mavzu. Matn: KASBIM-FAXRIM
Nazariy ma’lumot: So‘z turkumlari. Ish yuritish: Tilxat. Adabiy o‘qish: Navoiy g‘azallari. ▲ 1-mashq. Quyidagi matnni diqqat qiling. O‘zingiz tanlagan kasb haqida ham mulohaza yuriting. SHARAFLI KASB lbtidoiy jamiyat davridayoq odamlar ovchilik, keyinroq esa chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik bilan shug‘ullanganlar. Jamiyat rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyoj va talabni qondirish uchun kasblar ham ko‘payib borgan. Bugungi kundajamiyatimizni nowoy, uchuvchi, huquqshunos, konstruktor, sartarosh, operator, oshpaz, soatsoz, shaxtyor, etikdo‘z, haydovchi, traktorchi, g‘isht teruvchi, suvoqchi, ekskovatorchi, buldozerchi, payvandchi, aktyor, bo‘yoqchi, xonanda, rassom, shifokor, musiqachi, sotuvchi, bastakor, duradgor, temirchi, hisobchi, naqqosh, chilangar, broker, yozuvchi, menenjer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ko‘pchiligimiz hali maktabga bormasimizdanoq, ayrimlarimiz esa maktabda o‘qiy boshlagach, o‘zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur sportchi, kimdir taniqli jurnalist, yana kimdir mohir tikuvchi, tergovchi, quruvchi, kosmonavt, harbiy mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Har birimiz shu ezgu orzuimizga erishish, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay o‘qiymiz, izlanamiz, intilamiz. Dunyoda shunday bir sharafli kasb egalari borki, ular ming yillardan beri barcha xalqlar orasida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib keladi. Bu kasb ko‘pchiligimiz sevadigan o‘qituvchilikdir. O‘qituvchi endigina atrof-olamni ko‘rib, uning ajoyibotlaridan hayratlanayotgan 7-8 yoshdagi bolalarga mo‘jizalar yaratishni; yozish, o‘qish, hisoblash, go‘zallikni his qilish va o‘z taassurotlarini hikoya qilish, tasvirlash, kuylash orqali boshqalarga yetkazishni o‘rgatadi. Ota-ona o‘z farzandini sog‘lom qilib o‘stiradi, kiyim-kechak, oziq-ovqat, o‘quv qurollari va boshqalar bilan ta’minlaydi, odob-axloq o‘rgatadi. O‘qituvchi ham har bir o‘quvchini o‘z farzandidek yaxshi ko‘rib, unga ta’lim-tarbiya beradi. O‘z o‘quvchisining tarbiyali, madaniyatli, bilimli, hunarli, hozirjavob, mehribon inson bo‘lib kamol topishi uchun bor bilimi hamda kuchini sarflaydi. U shogirdlarining har bir muvaffaqiyatidan o‘zi erishgan g‘alabadek quvonadi. Muvaffaqiyatsizligidan qayg‘uradi. Mamlakatimizda ustoz-murrabiylarga hurmat-e’tibor katta. Har safar o‘quv yili tugashi bilan hurmatli ustozlarimiz ikki oylik mehnat ta’tiliga chiqadilar. Dam olish hamda salomatliklarini tiklash uchun respublikamiz va xorijdagi dam olish uylari, sanatoriya va kurortlarga yo‘llanmalar olishadi. Davlat tomonidan yaratilgan turli imtiyozlardan foydalanadilar. Ko‘pchilik o‘qituvchilarimiz ijodkorligi, tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiya berishdagi alohida xizmatlari uchun orden va medallar, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» kabi faxriy unvonlarga sazovor bo‘ladilar. Biz savod o‘rgatgan, ta’lim tarbiya bergan, ilm cho‘qqilariga yo‘l ko‘rsatgan muhtaram ustozlarimizni hech qachon unutmaymiz. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling