Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mavzu. Matn: HAYOT MENING TASAVVURIMDA


Download 0.87 Mb.
bet56/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

10-mavzu. Matn: HAYOT MENING TASAVVURIMDA


Nazariy ma’lumot: Frazeologiya. Turg‘un so‘z birikmalari.
Ish yuritish: Ariza.
Adabiy o‘qish: Alisher Navoiyning “Xamsa” asari.


Hayot mening tasavvurimda
HAYOT… Shu oddiygina so‘z zamirida olam-olam ma’no mujassam. Insonlar taqdiri, o‘tmishi, bugunu va kelajagi… Bularning hammasi inson umri, hayotidir…
Erta tong otadi, kimdir ishga, kimdir o‘qishga, kimdir ro‘zg‘or tashvishi, yana kimdir… xullas, hamma hayot uchun jon kuydiradi, yuguradi-yeladi… Vaqt esa shamol singari zuv o‘tadi-ketadi, tong otadi-kun botadi… hayot esa davom etaveradi. Kimdir bugungi kundan umidvor, kimdir esa kelajagidan… Qisqasi hamma hayot uchun kurashmoqda. …..
Hayotni har kim har xil tasvirlaydi. Kimdir poyoni yo‘q yo‘lga o‘xshatsa, kimdir cheksiz ummonga o‘xshatadi. Hayotdagi qiyinchiliklar esa, past-baland, egri-to‘g‘ri yo‘l singari bo‘lsa, ummondagi to‘fon, to‘lqinlar ham hayotdagi inson boshidan o‘tadigan kechinmalarga o‘xshaydi.
Inson hayotda o‘z o‘rnini topish uchun mehnat qiladi, umri davomida kurashadi. Har bir inson hayotining chiroyli bo‘lishini istaydi. Shu sababli, butun umri davomida izlanadi, bilim oladi, o‘rganadi. V.Shekspir aytganidek, “Hayot-bu katta teatr, insonlar unda ro‘l ijro etuvchi, ijobiy va salbiy qahramonlardir”.
1- tоpshiriq. Mаtnni o‘qing. Hayot haqidagi falsafiy fikrlarni og‘zaki davom ettiring.


Nazariy ma’lumot:
Iboralar
Ikki yoki undan ortiq so‘zning turg‘un birikma hosil qilib ko‘chma ma’noda qo‘llanilishiga ibora (frazeologik birikma – turg‘un so‘z birikmasi) deyiladi. Iboralar tilshunoslikning frazeologiya bo‘limida o‘rganiladi. Iboralarning lug‘aviy ma’nosi odatda bitta so‘zga teng bo‘ladi va so‘zlar kabi lug‘aviy birlik hisoblanadi. Masalan: ko‘zi tushdi (ko‘rdi); yog‘ tushsa yalagudek (toza); dumini tugib qo‘ymoq; xafsalasi pir bo‘lmoq.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling