Omonimiya (shakldoshlik)
Bir xil shakldagi bir necha birlik (so‘z, ibora, qo‘shimcha) omonimiya hosil qiladi. Omonimiya asosan, so‘zlar orasida ko‘p uchraydi. Omonim so‘zlar shaklan bir xil bo‘lganligi uchun shakldosh so‘zlar deb ham yuritiladi. Omonimlar bilan ko‘p ma’noli so‘zlar bir qarashda bir-biriga o‘xshab ketadi. Biroq ular quyidagicha farqlanadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlar
|
Omonimlar
|
1.Ma’nolarida bog‘liqlik bo‘ladi
|
1.Ma’nolarida bog‘liqlik bo‘lmaydi.
|
2.Bir turkum doirasida bo‘ladi
|
2.Ba’zan bitta, ba’zan bir nechta turkumga oid bo‘ladi
|
3.Ko‘p ma’noga ega bir so‘z
|
3.Bir xil shakldagi bir necha so‘z
|
Omonimlarning quyidagi turlari mavjud.
I.Lug‘aviy omonimlar. So‘z va iboralarning omonimik munosabatga kirishishiga lug‘aviy omonimiya deyiladi. Ular uch turga ajratiladi:
1.Leksik omonimlar: asar, to‘p, zang, yuz, kul
2.Frazeologik omonimlar: dam bermoq (balonga dam bermoq; otga dam bermoq), boshiga ko‘tarmoq (bolalar sinfni boshiga ko‘tardi; otasini boshiga ko‘tarib yuradi).
3.Lug‘aviy frazeologik omonimlar: yaxshi ko‘rmoq (u qizni yaxshi ko‘raman; ko‘zi yaxshi ko‘radi), tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, boshiga ko‘tarmoq (laganni boshiga ko‘tardi; boshliqni boshiga ko‘tarib yuradi).
II.Grammatik omonimlar: (qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang). Grammatik omonimlar asosan, qo‘shimchalarning omonim bo‘lishidir. Masalan: -siz (so‘z yasovchi; shaxs-son qo‘shimchasi): kuchsiz odam –sensiz ahvolim nima kechadi; -chi (so‘z yasovchi; yuklama), -(i)sh (harakat nomi; sifat darajasi; fe’l nisbati), -dir v.b.
Paronimlar
Talaffuzi bir-biriga juda yaqin, biroq yozuvda farqlanuvchi so‘zlar paronimlar deyiladi. Masalan: yondash (yaqinlash) – yondosh (yonma-yon), otaliq-otalik, asr-asir, sa’va-sava, uxlamoq-uhlamoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |