Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mashq. Quyidagi ruscha-internatsional so‘zlarning o‘zbek tilidagi sinonimlarini topib, namunadagidek qilib yozing. N a m u n a


Download 0.87 Mb.
bet45/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

3-mashq. Quyidagi ruscha-internatsional so‘zlarning o‘zbek tilidagi sinonimlarini topib, namunadagidek qilib yozing.
N a m u n a: progressiv-ilg‘or.
Pedagog, baza, konkret, fraza, affiks, fakt, syujet, agitatsiya, funksiya, lingvistika, aktiv, avtor, abstakt, agent, redaktor.


Ish yuritish: Tavsiyanoma - Biror shaxsni ma'lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a'zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.
U ma'muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari - mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a'zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
Tavsiyanoma ba'zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.
Turli mukofotlarga taqdim etish - taqdimnoma ham tavsiyanoma shaklida bo‘ladi.
Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma).
2. Matn.
3. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otaismi, familiyasi.
4. Imzo.
5. Sana.

TAVSIYANOMA
Men Hakim Nasriddinovni 1974-yildan beri yaqindan taniyman. 1984-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning dissertatsiya ishi, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
H. Nasriddinov intizom va qat'iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu sababli men Hakim Nasriddinovni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlash uchun tavsiya qilaman.
(imzo) filologiya fanlari nomzodi A. Madvaliyev
2016-yil 18-fevral



Adabiy o‘qish:
Erkin Vohidov hayoti va ijodi
Erkin Vohidov Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dеkabrida o‘qituvchilar xonadonida dunyoga kеldi. Otasi Cho‘yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon Vohidova o‘z davrining ma'rifatli kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval Ikkinchi jahon urushida yaralanib qaytgan ota, so‘ng onadan ayrilgan Erkin Vohidov toshkеntlik tog‘asi Karim Sohiboyеv xonadonida voyaga yеtdi. Shoir ulg‘aygan xonadonda tеz-tеz adabiy suhbatlar bo‘lib turar edi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, shе'riyatga mayl ana shu davralarda shakllandi. U juda erta qo‘liga qalam oldi. 7 sinfda o‘qib yurgan kеzlarida birinchi shе'ri “Mushtum” jurnalida bosildi. Maktabni tamomlab, ToshDUning filologiya fakultеtiga o‘qishga kirdi. Univеrsitеt ta'limi shoir ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi. Birinchi shе'riy kitobi “Tong nafasi” talabalik yillarida yaratildi. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan. Shoir 2016-yili 30-mayda vafot etgan.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling