Mavu. Ishlab chiqarishdagi zaharlar va zaharlanishlar. Reja


Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar


Download 24.89 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi24.89 Kb.
#1245083
1   2   3
Bog'liq
Ishlab chiqarish zaharlari va zaharlanishlar

Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar
Zararli moddalar inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrimlarining oz miqdori ham kasb kasalligi yoki jarohat keltirib chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, ya’ni zararli moddalar inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab, GOST 12.1.007-76 - «Zararli moddalar. Sinflari va xavfsizlikning umumiy talablari» bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
I - juda yuqori xavfli - РЭЧМ <0,1 мг м3;
II- yuqori xavfli - 0,1 < РЭЧМ <1,0 мг м3 ;
III- xavfli (o‘ldiradigan) - 1,0 < РЭЧМ <1,0 мг м3;
IV- kichik xavfli - RECHM > 10,0 мг м3.
Ishlab chiqarish muhiti havosidagi zararli omillarni inson salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida ularga ma’lum chegara-ruxsat etilgan chegaraviy meyor (RECHM) belgilanadi.
Xonadan atmosfera havosiga chiqariladigan moddalar imkoni boricha tozalab chiqarilishi kerak. Bu zararli moddalarning havodagi konsentratsiyalari RECHMdan oshib ketmasligiga alohida e’tibor berilishi zarur.
Xonaga kiritiluvchi havo tarkibidagi zararli moddalar miqdori 0,3 q RECHM dan oshmasligi kerak.
Zararli ishlab chiqarish - bu shunday ishlab chiqarish omilki, uni ta’siri natijasi xodimni kasallanishiga olib keladi. Xavfli ishlab chiqarish omili bu shunday ishlab chiqarish omilki, uni ta’siri natijasi xodimni shikastlanishiga olib keladi.
Mehnat sharoitlarini zararlik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha tasnifi quyidagicha:
Optimal mehnat sharoitlari (1 sinf) - ishlovchilarni bunday sharoit - larda sog‘lig‘i saqlanadi va ish unumdorligini yuqori darajada bo‘lishiga imkoniyatlar yaratiladi. Boshqa omillar uchun optimal deb shartli ravishda shunday mehnat sharoitlari olinadiki, noqulay omillar yo‘q bo‘ladi yoxud aholi uchun xavfsiz deb topilgan darajadan yukori bo‘lmaydi.
Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari (2 sinf) –ish joylari uchun muhitni omillari va mehnat jarayoniga belgilangan gigiyenik normativi yukori bo‘lmagan sharoitlar, tanadagi funksional o‘zgarishlar esa belgilangan tartibdagi dam olish vaqtida tiqlanadi yoki keyingi smena boshlanishiga tiqlanadi, ishlovchilarning yakin va uzoq kelajagda sog‘lig‘iga va ularning avlodiga salbiy ta’sir etmaydi. Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari shartli ravishda xavfsizdir.
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) –belgilangan gigiyenik normativdan yukori bo‘lgan zararli ishlab chiqarish omillari mavjudligi bilan ta’riflanadi va ta’siri natijasida ishlovchilarni tanasi yoki uning avlodiga salbiy ta’sir etadi.
Xavfli (ekstremal) mehnat sharoitlari (4 sinf) -shunday ishlab chiqarish omillar darajasiki, ish smenasi davomida (yoki uning qismida) hayot uchun xavf yaratadi yoki yuqori xavf-xatarli o‘tkir kasbiy shikastlanishga , shu jumladan og‘ir turlariga, olib boradi.
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) - gigiyenik normativlar darajasidan oshib ketishi va ishlovchilar organizmidagi o‘zgarishlarni ifodalovchi 4 ta zararlik darajasiga ega:
1-daraja 3 sinf (3.1) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari ta’sirida ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, sog‘lig‘iga shikast yetkazish xavf-xatari ko‘payadi, odatda zararli omillar ta’siri (keyingi smena boshlanishi)dan ham muddati ko‘proq bo‘lgan dam olishdan keyin, tiklanadi.
2-daraja 3 sinf (3.2) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari ta’sirida ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, kasb kasalligining boshlang‘ich alomatlari yoki yengil turlari (kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotmasdan), davomli ekspozitsiyadan keyin (ko‘pincha 15 va undan ortiq yillardan keyin) paydo bo‘ladi.
3-daraja 3 sinf (3.3) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari ta’sirida ishlovchi organizmida turg‘un funksional o‘zgarishlarga olib keladi, ko‘pincha ish faoliyati davomida kasb kasalligini yengil va o‘rta darajali turlari rivojlanishiga (kasbiy mehnat qobiliyati yo‘qoladi) olib boradi.(5-jadval).
4-daraja 3 sinf (3.4) - shunday mehnat sharoitlarki, bunda kasb kasaligini og‘ir shakllari paydo bo‘ladi (umumiy mehnat qobiliyati yo‘qoladi).
GOST 12.0.003-74 ga asosan xavfli va zararli omillar o‘z ta’siriga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling