Mavyu: Konsentrlar (“O’nliklar” “Yuzliklar” “Minglik” “Ko’p xonali sonlar” konsentratsiyasi ) bo’yicha nomerlarni o;rganish metodikasi


 Ko‘p xonali sonlarni raqamlash metodikasi


Download 83.92 Kb.
bet6/7
Sana27.03.2023
Hajmi83.92 Kb.
#1298991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
308-guruh X.Dilfuza 4 mavzu

3. Kop xonali sonlarni raqamlash metodikasi Ko ‘ p xonali sonlarni raqamlashni o ‘ rnishda o ‘ qituvchining asosiy vazifasi yangi sanoq birligi – minglik tushunchasini tarkib toptirish sinf tushunchasini mohiyatini ochish va shu asosda ko‘p xonali sonlar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bolalarning o‘nlik sonok sistemasiga oid bilimlaring natural ketmaketlik, sonlarni yozishni pozitsion prinsipiga oid bilimlarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat. Ko‘p xonali sonlarni raqamlashni og‘zaki va yozma o‘rganish ishini bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.

I. Tayyorgarlik ishi. Bu bosqichning vazifasi bir, ikki va uch xonali sonlarni raqamlashning asosiy masalalarini takrorlash. SHu maqsadda III sinfda ishlangan mashqlar sistemasidan foydalaniladi. 1. 28, 90, 999 sonlarning har biridan keyin keladigan sonni ayting. 2. 25 dan 32 gacha, 243 dan 251 gacha, 987 dan 1000 gacha bittalb sanash. 30 dan 90 gacha, 250 dan 340 gacha o‘ntalab sanash. 3. Sonlarni o‘qing: 426, 803, 600, 111, 999, 1000, 528, 808. bu sonlarning har birida hammasi bo‘lib qancha birlik, o‘nlik, yuzlik bor? 4. Quyidagidan iborat sonlarni yozing: 9 yuzi 5 o‘n 6 birlik, 8 yuz 4 birlik, 5 yuzi 9 o‘n 7 birlik. 5. Mingda nechta yuzlik, o‘nlik, birlik bor? 6. 1, 3, 4 raqamlaridan foydalnib mumkin bo‘lgan hamma uch xonali sonlarni yozing. Bu sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi shaklida ifodalang.

II. Raqamlashni (raqam) o‘rganish. Bu bosqich bolalarni I sinf – birliklar sinfi va II sinf mingliklar sinfi bilan ularning tuzilishlari, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishidan iborat. SHuningdek, quyi sinf xona birliklaridan yuqori sinf xona birliklari qanday hosil bo ‘ lishini bolalar ongiga etkazish zarur. Bunda cho ‘ tlar xonalar va sinflar jadvali asosiy ko‘rsatma kuroldir. Tushuntirish, o‘rgatish ishini ming qanday hosil bo‘lishini takrorlashdan boshlanadi. SHuning uchun bolalarga masalan 995 sondan boshlab bittalab qo ‘ shib sanashni taklif qilish mumkin. O‘ qituvchi yuzliklar solinadigan III simdagi 10 ta cho‘t donasini IV simga qo‘ yiladigan bitta dona – minglik bilan almashtiriladi. Hisoblashlar mingtalab bajariladi va o‘n mingliklar hosil kilinadi. Hisoblashlarni o‘n mingliklar bilan olib boriladi. 10 ta o‘n minglikni yuz mingliklar bilan almashtirib hisoblashlarni yuz mingliklar bilan olib boriladi va nihoyat 10 ta yuz minglikni million bilan almashtiriladi, so ‘ ngra birliklar, o ‘ nliklar va yuzliklar birliklar sinfini mingliklar, o ‘ n mingliklar, yuz mingliklar sinfini tashkil qilinishi jadval yordamida o‘rgatiladi.


Download 83.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling