Mavzu : Ajinatepa va Mingo'rik reja: I. Kirish


Download 1.48 Mb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi1.48 Mb.
#207722
1   2
Bog'liq
Ajinatepa

AJINATEPA — budda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (6—8-a. lar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961—69). Ibodatxona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100×50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq sanʼat yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li haykali va sovgʻa keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.







MINGOʻRIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldigʻi (1–13-asrlar). Mahalliy aholi oʻrtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Toʻrtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga ekanligi koʻrsatilgan.



Toshkent temir yoʻl vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar xarobasi oʻrnida 19-asrda katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hozir shahar qurilishi munosabati bilan Mingoʻrik hududining oldingi relyefi va yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingoʻrikning bir qismigina saqlangan. Birinchi marta 1896-yil (Ye.T. Smirnov, N.S.Likoshin tomonidan), keyin 1912-yil (A.I.Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-yillarda M.Ye.Masson, 40–50-yillarda T.Mirgʻiyosov, V.I.Sprishevskiy, Yu.F.Buryakov arxeologiya kuzatish ishlari olib borgan.



Birinchi qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu.F. Buryakov, D.G.Zilper, O.V. Obelchenko) tomonidan oʻtkazilgan, 1968-yildan Toshkent arxeologiya eks¬peditsiyasi mazkur arxeologik yodgorlikni oʻrganishni boshlagan. Uning ishlari 2008-yildan davom ettirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining 2200-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga (2008-yil 2-aprel) muvofiq, Mingoʻrik shahar xarobasi qoldiqlari konservatsiya qilindi (2008).



Mingoʻrikda olib borilgan ilmiy tekshirishlar natijasida shahriston (15 gektar) va ark (0,5 gektar) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan.



1-bosqichda oʻziga xos xochsimon tarhli, uchta ichki gumbazli xonalari boʻlgan mahobatli meʼmoriy-qurilish majmui bunyod etilgan. Bino devor bilan oʻralgan. Oʻz davrida bino bir necha marotaba taʼmirlangan, yarim aylana burj va moʻlalari oʻsib borgan, shu bilan birga asrlar mobaynida binoning asosiy vazifasi saqlanib qolgan.

Bu majmua tepasidagi otashgohda oʻt yoqish va undan hosil boʻlgan muqaddas kullarni muntazam ravishda toʻplab, yigʻib borish bilan bogʻliq boʻlgan. Qurilish qoldiqlari va funksional belgilar tahliliga koʻra, bino milodning dastlabki asrlarida oʻt va quyoshga topingan mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Tadqiqot natijalari Toshkent vohasi qadimda Qangʻ davlatining milodning boshlaridagi diniy markazlaridan biri boʻlgan, deb hisoblash imkonini berdi. Uning atrofida, kelajakdagi ilk shahar markazi shakllangan. 2-bosqichda (5–6-asrlar) shahar tez surʼatda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va shahristonga ega yirik shahar markaziga aylangan. 7-asr boshida shahar Chochning poytaxti boʻlgan. Arab manbalarida tilga olingan “Madinat ash-Shosh” shu yodgorlikning aynan oʻzi deb hisoblanadi. 3-bosqichda (7–8-asrlar) shahar eng yuksalgan davrda boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari majmuasi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-roʻzgʻor asbob-uskunalari, idishlar Mingoʻrikning umumsoʻgʻd madaniyati asosida Soʻgʻd, Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mustahkam aloqada rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan. Shahar qurilishi kengayib borgan sari eski qalʼa devorlari torlik qilib, uning xarobalari ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli qasr majmuasi – Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari uchun) ham boʻlgan. Bu davrda Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan. Sanʼat va madaniyat rivojlangan. Manbalarda qayd etilishicha, musiqa va raqs sanʼati, ayniqsa, yuksak pogʻonaga chiqqan. 8-asr boshlarida Choch poytaxti xarobaga aylangan. 10-asrda Mingoʻrikning bir qismidagina hayot tiklangan va 13-asrgacha davom etgan. Markaz yangi shahar – Binkatga koʻchirilgan.



Mingoʻrik, Mingoʻriktepa — qad. shahar harobasi (1 —13-a.lar). Mahalliy aholi oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr (toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent t.y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar harobasi oʻrnida 19-a.da katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hoz. shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Imarta 1896 y. (Ye. T. Smirnov, N. S. Likoshin tomonidan), keyin 1912 y. (A. I. Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. Ye. Masson arxeologik kuzatish ishlari olib borgan. 1qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan oʻtkazilgan. 1968 y.dan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi davom ettirmoqda. 

Bu ishlar natijasida shahriston (15 ga) va ark (0,5 ga) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 1-bosqich 1—4-a.larga mansub boʻlib, ichki turar joy kompleksini muhofaza qilgan uzun yoʻlakli, qoʻshqator qalʼa devorlari qoldigʻi topilgan. Devor tashqarisida unga yondoshtirilib qurilgan toʻrtburchakli burj va moʻlalar boʻlib, ularning orasi 12 m ga teng boʻlgan. 2-bosqichda (5—6-a.lar) shahar tez surʼ-atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-a. oxirida shahar Chochning poytaxti boʻlgan. 

Arab manbalarida tilga olingan "Madinat ash-Shosh" shu yodgorlikning aynan oʻzi deb hisoblanadi. 3-bosqich (7—8-a.lar) Arab xalifaligining Chochga yurishi arafasida shahar eng kjsalgan davr boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari kompleksi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-roʻzgʻor asbob uskunalari, idishlar M.ning umumsugʻd madaniyati asosida Sugʻd, Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mu-stahkam aloqada rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan. 



Shahar qurilishi kengayib borgan sari qalʼa devorlari torlik qilib, uning harobalari ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli saroyqasr kompleksi — Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari uchun) ham boʻlgan. Bu davrda Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan. Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs sanʼati ayniqsa, yuksak pogʻonaga chiqqan. 8-a. boshlarida Choch poytaxti arab xalifaligi istilochilari tomonidan vayron qilinib, harobaga aylantirilgan. 10-a.da M.ning bir qismidagina hayot tiklangan va 13-a. gacha davom etgan. Markaz yangi shahar — Binkatga koʻchirilgan.

Foydalanilgan web-saytlar ro’yxati

  1. www.qomus.uz

  2. www.meros.uz

  3. https://meros.uz/object/mingorik-shahar-xarobasi-

  4. https://qomus.info/oz/encyclopedia/a/ajinatepa/

  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ajinatepa




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling