Mavzu : “Asrga tatigulik kun” asari tahlili
Chingiz Aytmatovning qaysi asarida «manqurt» atamasi qo'llangan?
Download 1.21 Mb.
|
9 sinf chingiz aytmatovning asrga tat
4. Chingiz Aytmatovning qaysi asarida «manqurt» atamasi qo'llangan?«Jamila» «Qiyomat» «Alvido, Gulsari» «Asrga tatigulik kun» 5. Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun romanida manqurtlik deganda nima nazarda tutilgan? A) Jo'lomonning o'z onasini o'ldirib qo'ygani D) Urushlarning insoniyatga fojialar keltirishi S) O'tmishini unutgan, buguniga befarq, ertasini o'ylamaydigan, yeyish ichishdan bo'lak g'ami bo'lmagan kishilar fojiasi E)Sotqin kishilar zarari 6. Kazangap qaysi kasb egasi edi? A) Haydovchi B) Temir yo’l hodimi D) Quruvchi E) Dehqon «Asrga tatigulik kun» romanida marhum Kazangapni Ona Bayit qabristoniga ko'mishga kimlar olib boradi? Edigey Bo'ron, Qalibek, O'rozqul, Jo'lomon O'g'li Sobitjon, kuyovi traktorchi Qalibek bilan Jumagali, Edigey, Edilboy O'g'li Sobitjon, kuyovi Jo'lomon, akasi Edilboy, akasi Edigey Akasi Edilboy Daroz, qudasi Edigey Bo'ron, o'g'li Sobitjon, kuyovi Qalibek «Asrga tatigulik kun» romanida Edigey Bo'ron kimni «manqurt» deb ataydi? Leytenant Tansiqboyevni Edilboy Darozni Kazangapning piyonista kuyovini Kazangapning o'g'li Sobitjonni «Asrga tatigulik kun» romanida jungjanglar manqurtga aylantirib qo'ygan yigitning ismini ayting. Jo'lomon Do'nanboy Jumagali Sobitjon «Asrga tatigulik kun» romanida muallif kimlarni zamonaviy manqurtlar sifatida tasvirlaydi? Leytenant Saydullayev va Qalibekni Tansiqboyev va Sobitjonning Kazangapning kuyovi bilan Edigey Jonkel-dinni Edilboy Daroz va O’rozquli Test savollari monitorda ko’rsatiladi. Savollar “Asrga tatigulik kun” asari bo’yicha tuzilgan bo’lib, ular har ikkala guruhga 5 tadan beriladi. O’quvchilarning testlarga bergan javoblari o’qituvchi tomonidan gullar shaklidagi rag’bat kartochkalari bilan baholanadi. Noto’g’ri berilgan javoblar guruhlar tomonidan izohlanadi. Har bir asarda bo’lgani kabi bu asarda ham ijobiy va salbiy qahramonlar mavjud. Navbatdagi topshiriq guruhlar ijobiy va salbiy timsollarni oq va qora bulutlar orqali ifodalaydilar. “Kelajak “ guruhi ijobiy obrazlarni, “Kamolot” guruhi esa salbiy obrazlarni izohlaydilar . Guruhlarning bergab izohlari o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi. Har bir obrazga ta’rif berilayotganda darslikdagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, Edigey Bo’ronni nima uchun bo’ronga o’xshtilishining sabablari darslikdan o’qib eshittiriladi.Edigeyning aytgani aytgan, buni hamma tushunardi. Shuning uchun ham hammalari rozi bo’lishdi.Chunki Edigey o’z so’zining ustidan chiqadigan, bir so’zli,mehnatsevar, sofdil, bo’rondek shiddatli odam. Shuning uchun ham, uni Edigey Bo’ron deb atashardi. Sobitjon salbiy obraz. Chunki u otasining dafn marosimidan tezroq ishiga qaytishni xohlaydi.Qaytish uchun turli bahonalar qidira boshlaydi. “ O’ladigan odamning o’lgani, ketadigan odamning ketgani yaxshi. Yoki o’likka qayerga ko’milishining nima farqi bor “-degan so’zlari bilan o’zining zamonaviy maqnqurt ekanligini ko’rsatdi. Asardagi boshqa obrazlarga ham shunday ta’rif beriladi. Unda o’quvchilar darslikdagi asar matnidan foydalanadilar. Mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarning asardan olgan taassurotlari tinglanadi.
o’quvchi. Bu asarda inson ma’naviy qiyofalari aks ettirilgan. Undagi ijobiy va salbiy obrazlar mohirona aks ettirilgan. o’quvchi. Men temiryo’l xodimlarining bir- birlari bilan mehr- oqibatli ekanliklarini Kazangapning dafn marosimi orqali bilib oldim. o’quvchi . bu asarda turli rivoyatlar keltirilgan bo’lib, bu rivoyatlarda ezgu insoniy fazilatlar qalamga olingan. o’quvchi. Asarda tabiatga muhabbat bilan munosabatda bo’lish, Orol dengizi va uning atrofida yashovchi hayvonot olami hayoti orqali ifodalangan . O’qituvchi. Bu asar haqida soatlab suhbatlashsak ham fikrimiz adog’iga yetmaydi. Kazangapni Malaqumdichop jarligiga dafn qilinadi. Chunki Sario’zak cho’lidagi Ona Bayit qabristoniga hokimyat ruhsat bermaganligi, chegaradan o’tish mumkin bo’lmagani sababli marhumni shu joyga daf etiladi.Dafn marosimiga qatnashganlar ilojsiz o’likning aynib qolmasligi uchun ( chunki oradan ikki soatdan ortiq vaqt o’tgan edi) o’sh yerga dafn etish majburbo’ladilar. Ch. Aytmatovning ushbu asri odamning odamiyligini belgilab turadigan asosiy ezgu qadriyatlar haqidagi asardir. Shuning uchun ham bu asar 165 dan ortiqtilga tarjima qilingan. Shu jumladan O’zbek tiliga ham. Mening qo’limda turgan ushbu kitob ham Ch. Aytmatovning 60 yoshga to’lishi munosabati bilan chop etilgan. Bu kitobni rus tilidan o’zbek tiliga Asil Rashidov va Ibrohim G’ofurovlar tarjima qilganlar. Dars yakunida yig’ilgan rag’batlar hisoblanadi. G’oliblar aniqlanadi va sinf jurnaliga baholanadi. Uyga vazifa quyidagi savollarga javob berish topshirig’i beriladi. Asardagi voqealar chindan ham bo’lganmi? Hayotda ham shunday insonlar uchraydimi? “Asrga tatigulik kun” asarini to’liq o’qib chiqish. Aziz o’quvchilar, sizlarga O’quv yilini muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy imtihonlarni yaxshi kayfiyatda , sog’-omonlikda va a’lo baholarga yakunlashingizda omad tilab qolaman. Etiboringiz uchun rahmat! 12,1,10,3,8,5 2,11, 4,9, 6,7 Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling