Mavzu : Boshqaruv usullari va madaniyatini tahlil qilish


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1109082
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BQSH 2-amaliy



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
Kafedra : Menejment va marketing 
Fan : Boshqaruv qobiliyatini shakllantirish 
Topshiriq 2 
Mavzu : 
Boshqaruv usullari va madaniyatini tahlil qilish.
 
 
 
Guruh : 
FMS001-2 
Bajardi : 
Bahriyev Shohzod 
Tekshirdi : 
Nosirova Zulfiya 
Toshkent – 2022 


Boshqaruv usullari va madaniyatini tahlil qilish 
 
Boshqaruv usullari va uning kamchiliklari
Boshqaruv madaniyatini xorij davlatlarining boshqaruv madaniyati bilan 
taqqoslash
1. 
Boshqaruv usullari va uning kamchiliklari.
Boshqaruv usullari.Boshqaruv usuli 
– maqsadga erishish uchun 
boshqariladigan ob’ektga usullar va 
qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir 
etishdir. Usullar ko’pincha metodlar 
deb ham yuritiladi. «Metod» 
grekcha so’z bo’lib (methodos) –
«qandaydir maqsadga yetish» 
ma’nosini bildiradi. Boshqaruv 
metodlari (usullari) orqali 
boshqaruvning faoliyatlari amalga 
oshiriladi. Menejment metodi 
tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun 
faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi. 
Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy 
yondashishlarning ham ko’pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda 
mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi. 
Shuning uchun ham mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z 
tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning 
yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, 
laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni 
ta’minlaydi. Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar 
birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara boshlaganida qo’llaniladi. Bu 
holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur 
bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo’la qo’llaniladi. 
Bu holda qo’llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish 


lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab 
tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki 
tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu 
holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq 
ko’rinadi.Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning 
xohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko’plab usullar bir-biriga 
qo’shilib, bir-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. Bunday 
vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi. Ta’kidlangan 
mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda 
hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy 
tarzda qo’llaniladi: 
1. To’g’ridan-to’g’ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar; 
2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar; 
3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan 
ijtimoiy – psixologik usullar. 
1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo’llaniladigan buyruq 
berish, nazorat qilish, jazolash usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko’p 
hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. Lekin keyingi vaqtlarda 
ma’lum bo’ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab 
chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – 
boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullarini qo’llashda namoyon bo’ladi. 
Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki bir-biri orqali boshqaruvi yo’q 
qilinadi. Ma’muriyat o’z bo’yrug’i yoki ko’rsatmalari bilan butun bir jamoaning 
bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Lekin, bu usulning kamchiligi shundan 
iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o’z 
xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin. Shuning uchun 
ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo’llaganda rahbardan tortib to 
oddiy xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o’rtasidagi 
mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun 
doiralaridan chiqqan vaziyatlarda tashkilot umumjamoa yig’ilishi rahbarga 
ishonchsizlik bildirishi mumkin. 
2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda markaziy o’rin 
berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli 
erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ko’p hollarda qo’llaniladi. Chunki, 


tashkilotning barcha a’zosi tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan 
manfaatdor bo’lishligini juda yaxshi bilishadi. Bu usulni qo’llashdagi eng 
muhim huquqiy talablardan biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit 
yaratilish hisoblanadi. Bunda, asosiy e’tibor mustaqil xo’jalik yuritish 
boshqaruvida iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan tadbirkorlikka 
qaratiladi. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, 
ixtirochilik imkoniyatlarini uyg’otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi. 
Bunday ijobiy holatlarning yuzaga kelishi albatta ma’lum. Chunki, tashkilot 
tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va takliflarni joriy 
qilishdan qo’shimcha daromad oladi. Bu qo’shimcha daromad (foyda)ning 
ma’lum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo’lishadi. 
Bu boshqaruv tipidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruv organi ham 
mehnat jamoasi ham o’z tashkiloti rahbariyatining faoliyati tashkilotni 
qanday iqtisodiy rivojlanishga olib kelishni maksimal holda bilishi lozim 
bo’ladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy boshqaruv usuli 
yanada rivojlanadi. Boshqaruvda erkin harakat qilish kengayadi. Xo’jalik 
hisobidagi ba’zi hisob-kitoblar jarayonidagi cheklovlar barham topadi, 
iqtisodiy rag’batlantirish natijasida korxonaning har bir xodimi korxona 
iqtisodiyoti ko’tarilishi natijalariga o’z hissasini qo’shish yo’nalishiga o’tadi. 
Iqtisodiy boshqaruv usulida rejalashtirish, tahlil, xo’jalik hisobi, bahoni 
belgilash, moliyalashtirish, rag’bat- lantirish tizimi mukammallashtiriladi. 
Korxonada iqtisodiy –matematik usullarni qo’llash amalga oshiriladi. Bu 
usullarda ishlash olinadigan natijalarning aniqligiga asoslanish boshqaruvini 
ta’minlaydi. 
3. Boshqaruvning ijtimoiy–psixologik usullari qo’lla- nilganda 
korxonada mehnat unumdorligini oshirish albatta xodimlarning ruhiyati 
holatlariga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvda har bir xodimga individual (shaxsan) 
yondashish korxona oldiga qo’ygan maqsadni bajarishda yagona jamoani 
shakllantirishda juda qo’l keladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning 
xo’jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15 % malakali bilimga ega 
ekanligi, 85 % odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog’liq ekan. 
Yaponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo’yicha korxonadagi psixologik 
muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning mehnat unumdorligini 1,5 % ga 
yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi. Ijtimoiy–psixologik boshqaruv 


usullarining oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada xodimlar o’rtasida 
nosog’lom muhitning asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga sabab bo’ladi, 
jamoada boshqaruvdan norozi bo’lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv 
rahbariyati bilan bu guruhlar o’rtasida tortishish, to’qnashish hodisalari yuz 
bera boshlaydi, xodimlarning bir-biriga o’zaro yordam berishi munosabatlari 
yo’qola boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo’ygan maqsadlari 
mehnat unumdorligining pasayishi sababli barbod bo’ladi. Ijtimoiy-psixologik 
boshqaruv usullarida rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning tabiiy xulq-
atvorlariga, jamoada ishlashda o’zaro munosabatlariga, shaxsiy 
manfaatdorlik tushunchalariga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Ijtimoiy- 
psixologik boshqaruv usulida shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) belgilari, 
muomala darajalari, jamoa bilan hamfikrlik holatlari chuqur o’rganilishni 
talab etadi. Albatta bu boshqaruv usulida rahbarning bilimli, malakali 
printsipial xodimlarni rahbarlik lavozimlariga asta-sekinlik bilan ko’tarib 
borishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Boshqaruv tuzilmasi – boshqaruvchilik qarorlarini 
qabul qilish va ijobat etish bo'yicha mehnat 
bo'linishining tashkiliy shaklidir 
Tuzilma inson va moddiy 
resurslarni birlashtirib, ular 
o'rtasidagi aloqalarni tartibga 
soladi 


Boshqaruv usullari kamchilik 
va ustunliklari :
Tashkiliy tuzilmalar tashkilot 
maqsadlariga yetish uchun 
shakllantiriladi 
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi- 
boshqarayotgan va boshqarilayotgan 
tizimlar o'rtasidagi o'zaro aloqani 
ta'minlaydi 


Boshqaruv madaniyatini xorij davlatlarining boshqaruv madaniyati bilan 
taqqoslash
1.
Madaniyat va menejment
Menejment madaniyatining asosiy unsurlari Rahbarlik uslubi tushunchasi Xorij 
mamlakatlarida boshqaruv uslubi 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling