Mavzu : Kirish, Qurilish mashinalari klasifikatsiyasi. Reja


-Mavzu : Ish turlari,elektrlashtirilgan turlari. suvoqchilik ortish mashinalari, ularning tuzilishi va ishlash printsiplari


Download 4.35 Mb.
bet14/23
Sana19.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1710099
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Mavzu kanispekt (автовосстановление)

15-Mavzu : Ish turlari,elektrlashtirilgan turlari. suvoqchilik ortish mashinalari, ularning tuzilishi va ishlash printsiplari.


Reja : 1. Suvoqchilik ortish mashinalari
2. Elektrlashgan asboblar
Mayoqlarni o`rnatish. Mayoqlarni odatda, yuqori sifatli suvoq ishlarini bajarish uchun o`rnatiladi. Mayoqlar ohakli qorishmadan boʻlib, gips va inventar bo`ladi. ayyor markalar ustiga yog`och reyka (to`g`rilagich) qo`yiladi, uning tagidan gips qorishmasi suriladi. Qorishma yopishgandan so`ng reykalar olinadi, uning tagida hosil bo`lgan chiziqlar mayoq vazifasini o`taydi. Inventar metall mayoqlar burchaklik po`latdan, yog`och mayoq – brusdan o`rnatiladi. Metall mayoqlar devorga qoziqlar yordamida, yog`och mayoqlar esa mixlar yordamida mahkamlanadi.
Qorishmani yuzaga qo`lda surtish. Qorishmani ish joyiga yetkazib berish va tayyorlangan yuzaga surtish qo`lda yoki qorishma nasoslari yordamida mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshiriladi. Suvoq ishlari qavatma-qavat bajariladigan binolarda qorishma yetkazib berishning tupikli (yopiq) sxemasi qo`llaniladi, bir vaqtning o`zida baravariga bir nechta qavatda yoki binoning hamma
qavatlarida ish olib boriladigan binolarda – halqali sxema qo`llaniladi. Suvoq ishlari boshlanmasidan oldin yuzalar, qorishma sirpanib tushib ketmasligi va sepilgan qatlam yorilmasligi uchun namlanadi. Hamma keyingi qatlamlar, oldingi qatlamlar qotib, oqarganidan keyin surtiladi. Gruntning hamma qatlamlari tekislanadi va zichlanadi Qorishmani mexanizatsiyalashgan usulida surtish. Yuzalarni mexanizatsiyalashgan usulda suvashda ikki turdagi suvoq agregatlari qo`llaniladi. Birinchi turdagi agregatlar faqat keltirilgan tayyor qorishmalar bilan ishlash uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchi turdagi mexanizmga ob`yektda qorishma tayyorlash uchun mo`ljallangan davriy qorishma aralashtirgich kiradi. Quruq aralashmalar asosida ishlaydigan, tinimsiz harakatlanadigan aralashtirish moslamasi bilan ta`minlangan.
Suvash agregati quyidagicha ishlaydi. Keltirilgan tayyor qorishma vibroelakka solinadi. Vibratsiya natijasida qorishma qabul qilish bunkeriga tushadi, u yerdan
so`ruvchi yeng orqali, qorishma nasosi ishchi kamerasiga o`tadi. Bosim asosida qorishma forsunkaga uzatiladi va ishlov berilayotgan yuzaga surtiladi. Qorishma ta`siriga ko`ra diyafragmali, porshenli va vintli qorishma nasoslariga farqlanadi. Qorishmani yuzaga surtish uchun pnevmatik va kompressorsiz forsunkalardan foydalaniladi, ularda qorishmalar mayda bog`lovchi qismlarga sochilib ketadi va mash`al ko`rinishida yuzaga sepiladi .Qorishmani odatda ikki kishidan iborat zveno surtadi, birinchisi – devorning yuqori qismiga, ikkinchisi – pastki qismiga qorishmani sepadi.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling