Mavzu : Kirish, Qurilish mashinalari klasifikatsiyasi. Reja


-Mavzu : Mexanizmlar bilan ishlashda havfsizlik texnikasi


Download 4.35 Mb.
bet11/23
Sana19.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1710099
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Mavzu kanispekt (автовосстановление)

12-Mavzu : Mexanizmlar bilan ishlashda havfsizlik texnikasi.


Reja : 1. Umumiy ma`lumotlar
2. Mehanizimlar
Ish bajarish uchun ish joyini tayѐrlashda kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa, texnik tadbirlar quyida koʼrsatilgan tartibda bajarilishi kerak:
- barcha oʼchirilishi kerak boʼlgan uskunalarning oʼchirilishi, ularning ʼzoʼzidan ѐki yanglishish oqibatida ѐqilishiga toʼsqinlik qiluvchi choralarni koʼrish;
- uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga, qoʼl bilan boshqariladigan yuritmalarga taʼqiqlovchi shiorlarni osish;
- odamlarni elektr toki bilan jarohatlanishdan saqlash maqsadida, yerga
ulash zarur boʼlgan tok oʼtkazuvchi qismlarni yerga ulashdan oldin, ulardakuchlanish yoʼqligini tekshirish;
- yerga ulagichni oʼrnatish (erga ulagich pichoqlarini ulash, koʼchma yergaulagichni oʼrnatish);
- ish joylarini ѐki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok oʼtkazuvchi qismlarni toʼsish va toʼsiqlarga zarur boʼlgan taqdirda, xavfsizlik shiorlarni osish;
- mahalliy sharoitga qarab, oʼchirilgan tok oʼtkazuvchi qismlar yerga ulashdan oldin ѐki keyin, toʼsiqlar bilan ajratish;
Tok oʼtkazuvchi qismlarda ishlash vaqtida, kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa, quyidagilar oʼchirilishi zarur:
- ish bajarilishi kerak boʼlgan tok oʼtkazuvchi qismlar;
- ishchi-xodimlar, yuk koʼtarish mashinalari va mexanizmlarni elektr
uskunalarining kuchlanish ostidagi toʼsiq qoʼyilmagan tok oʼtkazuvchi qismlariga 1-jadvalda qayd qilingandan kam masofaga yaqinlashishlari mumkin boʼlgan, tok oʼtkazuvchi qismlar;
Elektr uzatish tarmoqlarini oʼchirib ishlash mobaynida, ushbu uzatish tarmogʼini ayrim qismlari, kuchlanish ostida boʼlgan elektr uzatish tarmogʼiga 1-jadvalning uchinchi ustunida qayd qilingan masofadan kam masofagacha yaqinlashishlari mumkin boʼlsa, bu uzatish tarmogʼi ham oʼchirilishi zarur. Taʼmirlanaѐtgan elektr uzatish tarmogʼi ustuniga osilgan havo aloqa tarmogʼi ham albatta oʼchirilishi zarur.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish joyiga har tomondan kuchlanish berish mumkin boʼlgan kommutatsion apparatlarni oʼchirish yoʼli bilan, koʼrinadigan oraliqlar hosil qilinishi kerak.
Koʼrinadigan oraliqlar saqlagichini olib qoʼyishi, hamda ajratgich va boʼlgichlar orqali bajariladi (apparat ichiga joylashtirilgan prujina taʼsirida avtomatik tarzda ulanadigan kommutatsion apparatlar bundan istisnodir).
Kuch va kuchlanish transformatorlarining ajratilgan qismlarida ishlagan taqdirda, ulardagi kuchlanish qayta transformatsiyasini yoʼqotish uchun, ushbu transformatorlar 1000 V kuchlanishgacha boʼlgan tomonidan ham oʼchirilishi zarur.
Ish joyini tayѐrlashda qoʼl bilan boshqariladigan ajratgich va boʼlgichlar oʼchirilganidan soʼng, ularning toʼla oʼchganliklarini sinchiklab koʼrib, ularda shuntlovchi ulamalar yoʼqligi toʼgʼrisida, toʼla ishonch hosil qilish kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kommutatsion apparatlarni adashtirib ulab yuborish ѐki oʼz-oʼzidan ѐqilib qolishi orqali ish joyiga kuchlanish berib yubormaslikni oldini olish uchun, quyidagi choralar koʼrilishi kerak:
- ajratgich, boʼlgich va oʼchirgichlarning qoʼl yuritmalari oʼchirilgan
holatida osma qulf bilan qulflanishi;
- izolyatsion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarning doimiy toʼsiqlari osma qulf bilan qulflanishi;
- yuritmalar uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda, kuchlanish beruvchi va boshqaruv zanjirlari oʼchirilishi, havo bosimi taʼsirida ishlaydigan yuritmalarda esa, bundan tashqari, apparatga kelaѐtgan havo yoʼli berkitilishi va suruvchi ochgichlar osma qulf bilan qulflanishi, siqilgan havo chiqarib yuborilishi, hamda bunda havo chiqaradigan boʼshatgich klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart;
- yuk ogʼirligi va prujina taʼsirida bajariladigan yuritmalarda ѐqishga taʼsir qiladigan yuklari ѐki prujinalari ishlamaydigan holatga oʼtkazilishi kerak;
Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalari xonalaridagi tortib chiqariladigan aravachalarning kommutatsion apparatlarini adashtirib ulab yuborishini oldini olish choralari, texnika xavfsizligi qoidalarida koʼrsatilganiga muvofiq bajarilishi kerak. 1000 V kuchlanishgacha boʼlgan elektr uskunalarining ish bajariladigan tok oʼtkazuvchi qismlarida ish bajarilganda, kuchlanish berilishi mumkin boʼlgan barcha tomonlardagi qoʼl yuritmasi bilan jihozlangan kommutatsion apparatlar, oʼchiriladi.


Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling