Mavzu : Korparativ boshqaruv modellari tahlili. Reja. Kirish
Download 51.87 Kb.
|
Shukrullayev sunnat
Xulosa va takliflar .
So‘nggi yillardagi moliyaviy inqirozlar tizimda shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi samarali boshqaruv korporatsiya. Korporativ boshqaruv tizimi korporatsiyaga tegishli barcha muhim masalalar, shu jumladan kompaniyaning moliyaviy holati, faoliyati, mulkchilik va boshqaruvi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z vaqtida va aniq oshkor qilishni ta'minlashi kerak.Ma’lumki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalarning o’rni benihoya yuqoriligi ko’pchilik iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasida allaqachon o’z tasdig’ini topgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo’llari va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy tehnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.Shu asnoda, bugungi kun yurtboshimiz bo’lgan Sh.Mirziyoyevning ’’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan 1 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori o’sish sur’atlarini saqlab qolish,davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, korporativ tuzilmalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, chet el investitsiyalarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan tashqi aloqalarni kengaytirish, ayrim milliy korporativ tuzilmalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi tadbirlarga firma, korporativ tuzilmalarni tayyorlash, moliyaviy faoliyat yo’nalishlarini barqarorlashtirish muhim ekanligini aytib o’tmog’imiz darkor. Download 51.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling