Mavzu : Kun tartibi sening do`sting ” Reja: I. Kirish “Pediatriya va bolalar gigienasi” fanining asosiy vazifasi tushunchalari II. Asosiy qism
“ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining vazifalari
Download 40.3 Kb.
|
pediyatr
1. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining vazifalari
Pediatriya - bolalar kasalliklari to’g’risidagi fan bo’lib uning rivojlanish tarixini 3 davrga bo’lib o’rganish mumkin. Pediatriya rivojlanishining birinchi davrida professor – akusher N.M.Maksimovich Ambodik katta rol o’ynadi. U o’zining “Doyachilik sanati yoki doyachilik ilmi ” degan asarida dolalarni to’g’ri parvarish qilish va yosh go’daklarga xos kasalliklarni tasvirlab bergan. S.G.Zibelin bolani ko’krak suti berib emizish to’g’risida o’z asarlarida ko’rsatib bergan. Rus pediatriyasining rivojlanishida professor – akusher S.F.Xatovskiy katta rol o’ynadi. U birinchi bo’lib pediatriya tibbiyotining alaohida sohasi deb ajratdi. U “bola faqat uning o’ziga xos qoidalariga muvofiq o’sib, rivojlanib boradigan zotdir. Bola katta yoshli odamning shunchaki jajji nusxasi emas ” degan ajoyib so’zlarni aytib o’tgan. Xatovskiy birinchi “ pediatriyada – bolalar kasalliklariga doir qo’llanmani yozgan ” Pediatriyaning rivojlanishidagi ikkinchi davri XIXasrning boshidan to 1917 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pediatriya maxsus fan sifatida rivojlanib boradi. Bu davrda 1834 yili Peterburgda 50 o’rinli bolalar kasalxonasi ochildi. Pediatriya rivojlanishida ikkita eng yirik rus vrachlari – N……P.Gundobinlarning samarali hissa qo’shgan. N.F.Filatov “ bolalar kasalliklari semiotikasiva diagnostikasi ”, “ bolalarda uchraydigan meda – ichak kasalliklari” va boshqa asarlar yozgan. N.P.Gundobin bolalarning anatomic fiziologik va gistalogik xususiyatlari to’g’risida o’zining asarlarida yozib o’tgan. Pediatriyaning rivojlanishidagi 3 davri 1917 yildan keyin boshlandi. Davlat rahbarlari tomonidan onalik va bolalikning muhofaza qilishning muhofazalarini belgilab bergan. 1944 yil “xomilador ayollarga, ko’p bolalik va yolg’iz onalarga davlat yordamida ko’paytirish to’g’risida ”, “Qahramon ona” faxriy unvonini belgilash ta’sir qilish to’g’risida farmon e’lon qilindi. Bu davrda pediatriyaning rivojlanishida A.A.Kisel, G.N.Speranskiy, V.I.Malchanov, Y. F.Dombrovskiy A.F.Tur, A.A.Koltipin katta hissa qo’shgan. Gigiyena - odamni bizni o’rab turgan tashqi muhitni sog’lomlashtirish yo’llarini o’rganadi. Gigiyena fani 1)maktab gigiyenasi, 2) communal gigiyena, 3) ovqatlanish gigiyenasi, 4) mehnat gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni o’z ichiga oladi. Maktab gigiyenasi bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muhit o’rtasidagi qonuniyatlarni o’rganadi. Ularni to’g’ri rivojlanishi uchun zarur gigiyena asoslarini ishlab chiqadi. Maktab gigiyenasining asosiy maqsadi - bola aqliy mehnat qobiliyatining funksional imkoniyatlari ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarning oldini olish uchun chora tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek bolalar muassasalarida – sanitariya gigiyena holatini yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayonining gigiyenik asoslari, maktablarni to’g’ri qurish va obodonlashtirish va shunday boshqa masalalar bilan shug’ullanadi. Pediatriya va bolalar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. --bolalar va o’smirlar salomatlik holati kasallanishning tahliliy, va ularning jismoniy rivojlanishining sanitariya nazoratini va bolalarni sog’lomlashtiruvchi kompleks chora - tadbirlarni amalgam oshirish; -- maktabgacha va maktab muassasalarida, litsey va kollejlarda bolalarning salomatligi va ishlash qobiliyatlarini yaxshilashda ta’lim tarbiya va o’qitish jarayoni gigiyenasi ustidan kundalik sanitariya nazoratini tahskillashtirish; --bolalar va o’smirlar muassasalarida jismoniytarbiya darslarini turli shakllarda olib borishni tashkil qilishda bolalr organizmining funksional holati va salomatligini olgan holda tashkillashtirish ishlarini nazorat qilish; -bolalar va o’smirlarning salomatligini kuchaytirishda yozgi sog’lomlashtirish ishlarini rejalashtirish va amalgam oshirish, yozgi sog’lomlashtirish muassasalarida tibbiyot xonalarini anjomlashtirish, epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni amalgam oshirishda sanitariya nazoratini kuchaytirish; -bolalar muassasalarini loyihalashtirishda, qurilishida va ularni rekonstruksiya – qayta tamirlashning hamma bosqichlarida ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib borish; -bolalar va o’smirlar muassasalarida kundalik joriy sanitariya nazoratini o’tkazish instrumental va laborator uslublarni qo’llab bolalar muassasalarida ratsional ovqatlanishni tashkil qilish; - yillik reja va hisobotlarni, kompleks va kelajak rejalarni va bolalar muassasalarining sanitariya holatini yaxshilashtiruvchi reja – topshiriqlarni tashkillashtirish; --bolalar va o’smirlar aholisi orasida sanitariya – epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni kuchaytirish borasida qarorlar, uslubiy qo’llanmalar, xatlar va boshqalar tayyoprlash va ishlab chiqarish.
1 Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi. 2.Har bir xalq maorifi xodimi ta’lim tarbiyaning gigiyenik normalarini bilishlari. 3.Sog’lom turmush tarzini shakllantirish. 4.Yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish. 5.“Sog’lom avlod uchun” dasturini keng targ’ib qilish. Download 40.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling