Mavzu : Kun tartibi sening do`sting ” Reja: I. Kirish “Pediatriya va bolalar gigienasi” fanining asosiy vazifasi tushunchalari II. Asosiy qism


Download 40.3 Kb.
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1130942
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pediyatr



MAVZU : Kun tartibi sening do`sting ”

Reja:
I. Kirish

“Pediatriya va bolalar gigienasi” fanining asosiy vazifasi tushunchalari
II. Asosiy qism:

  1. “ Pediatriya va bolalar gigiyenasi ” fanining vazifalari

  2. MTM-da ta’lim-tarbiya jarayoni gigienik baholashga o’rgatish.

  3. Bolalarni chiniqtirishga doir amaliy konikmalar

III. Xulosa
IV. Mundarigja
V. Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish:

“Pediatriya va bolalar gigienasi” fanining asosiy vazifasi tushunchalari Tayanch so’z va iboralar: Pediatriya, fiziologiya, gigiena, o’sish, akseleratsiya, retardatsiya.


Salomatlik inson uchun eng katta boylikdir, uni juda oson yo’qotish mumkin lyokin katta qiynchilik bilan tiklanadi. Halq makollariga ko’ra “Salomatlik botmon-botmon bo’lib ketadi, mizqol-mizqol bo’lib kaytadi”, “Aholi salomatligi – davlat boyligi”. SHu bilan, birga oila va jamiat uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muammo o’sib kelayotgan avlodni salomatligini saqlash va muhofaza qilish.
Bola o’z hayotini oilada boshlaydi. Undan keyin maktabgacha ta’lim muassalarida hamda umum ta’lim tashqilotlarida davom etadi va mustaqil hayotga kirib keladi. Olimlar tadqiqotiga ko’ra uzluksiz ta’limni bosqichlaridan o’tgan bola mustaqil hayotga salomatlikni holati bilan kirib kelada (yashirin yoki ko’zga tashlaniladigan holda).
- 52 % turli xil kasalliklarga chalingan;
- 42 % turli xil nevrozlar uchraydi;
- 36% qaddi qomatni buzilishi;
- 27% ko’z utkirligini buzilishi.
O’zbyokiton Respublikasi mustaqillika erishganidan so’ng o’sib kelayotgan avlodni salomatligini saqlash borasida katta ishlar qilinib davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Salomatlik – bu organizmni fiziologik me’yorda funktsiyasini amalga oshirishdir.
Jismoniy, ruxiy va ma’naviy salomatliklarni farqlaydilar. Sog’lom avlod uchun davlat dasturi ta’lim sohasida xodimlar uchun quyidagi laxzalari bo’yicha qiziqish tug’diradi.
1. Har bir halk ta’limi xodimi minimal tibbiy gigienik bilimlarga ega bo’lishi zarur.
2. Har bir ta’lim soxasidagi xodim o’z fani bo’yicha Davlat ta’lim standart talablarini va ta’lim tarbiyani gigienik me’yorlarini bilishi zarur.
3. Sog’lom turmush tarzi va uni asosiy komponentlarini ya’ni:
a) aktiv harakat rejimi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, chiniqtirish;
b) ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish gigienasi (kun tartibiga rioya qilish);
v) shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish;
g) atrof muhitni himoya qilish (ekologiya va salomatlik);
d) shikastlanish va baxtsiz hodisalarni oldini olish.
e) to’g’ri jinsiy tarbiya berish;
yo) insonlar aro munosabatlarning va ta’lim-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan psixogigienik qoidalariga rioya qilish.
4. O’sib kelayotgan yosh avlodini gigienik tarbiyalash:
a) organizm tuzilishi va faoliyati to’g’risida bilim berish;
b) o’z-o’zini va atrofdagilarni salomatligini saqlashga oid ko’nikma va malakalarni
hosil qilish;
v) ularni ijobiy va foydali odatlarga aylantirish.
“Pediatriya va bolalar gigienasi” kursi nazariy bilimlar, bolalarni sog’ligini saqlash va mustahkamlash haqida amaliy ko’nikma va malakalarni hamda maktabgacha tarbiyamuassasalarida ta’lim tarbiya ishlarini gigiena talablari asosida tashqil etish o’z ichiga qamrab oladi.
Pediatriya – bu sog’lom va bemor bola haqida fan.
Bolalar gigienasi maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi va uni rivojlanishiga atrof muhitni ta’sirini o’rganadigan, bolalarni gormonik mustahkamlashga oid tadbirlarni ishlab chiqishini o’rganadigan fandir.


Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling