Mavzu : Kun tartibi sening do`sting ” Reja: I. Kirish “Pediatriya va bolalar gigienasi” fanining asosiy vazifasi tushunchalari II. Asosiy qism


Kun tartibini asosiy printsiplari


Download 40.3 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi40.3 Kb.
#1130942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pediyatr

Kun tartibini asosiy printsiplari.
Kun tartibi deganda nerv sistemasida doimo bir vaqtda, bir hil tartibda, bir xil
faoliyatni amalga oshirish uchun shartli reflekslarni zanjirini hosil qilishdir. Uning asosiy
printsiplari qo’yidagilardan iborat:
- o’z vaqtida gigienik talablarga javob beradigan holda faoliyatlarni almashtirib turish;
- o’z vaqtida gigienik talablarga javob bergan holda Aqliy yuqlamalarni va jismoniy yuqlamalarga almashtirib turish;
- o’z vaqtida hamma moddalarga to’la-tukis, koloriyali, vitaminlarga boy bo’lgan sifatli ovqatlanish;
- ochiq havoda yetarli darajada sayr etish;
- gigienik talablarga javob beradigan uyqu.

Bog’cha yoshidagi kun tartibi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kun tartibi ularning olin nerv faoliyatining o’ziga xos hususiyatlarini e’tiborga olgan holda tashqil etiladi. Bosh miya po’stlog’i xujayralarining bu yoshda oson izdan chiqishi, unda kechadigan jarayonlarning beqarorligi hamon ko’zatilmoqdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kichik yoshdagi bolalarga nisbatan reflekslar tezroq hosil bo’ladi va nisbatan barqaror bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha tana a’zolari va sistemalari faoliyatlarining sutkalik davriyligi izga tushib boradi.
Bolalarni tarbiyalash vazifalari ancha kengaya boradi. Salomatlikni mustahkamlash
va asosiy xatti-harakatlarni (yurish, yugurish, tirmashish, uloqtirish) yanada takomillashtirish bilan bir qatorda bolalarga to’g’ri so’zlash va to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatish, ularda gigienik ko’nikmalarni hosil qilish, ularning ongi idrok eta oladigan narsa va hodisalar bilan ularni tanishtirish kabi vazifalar ham asosiy o’rin egallaydi. Bolalar oddiy mehnat faoliyatiga, o’z- o’ziga xizmat qilishda mustaqillikka o’rgatiladi. Katta yoshdagi bolalar guruhlarida ularni maktabga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi va umumta’lim maktab islohati asta-sekin bolalarni 7 yoshdan boshlab o’qitishni nazarda to’tadi.
Kichik guruhdagi bolalar kun tartibida 12-12,5 soat uyquga, shundan 2 soati kunduzgi uyquga ajratilgan. Kattarok yoshdagi bolalar guruhlariga nisbatan ularning ovqatlanishiga, ularda endigina shakllanayotgan madaniy-gigienik ko’nikmalarnitarbiyalashga ko’prok vaqt ajratiladi. Bolalar qish paytida ochiq havoda 3-4 soat, yozda esa kun bo’yi yurishlari lozim. Har kuni bittadan dars mashg’uloti o’tkaziladi.O’rta guruhdagi bolalar kun tartibida uxlash vaqtining davomiyligi zzgarishsiz qolib, tashqiliy mashg’ulotlar davomiyligi esa ortib boradi va ular bir muncha murakkablashtiriladi.
Katta gurug’dagi bolalarning kun tartibida uyquga 11,5 soat vaqt ajratiladi. Har kuni shu guruhdagi bolalar uchun ikkitadan mashg’ulot o’tkaziladi. Uyqu vaqtida xonani toza havo bilan ta’mynlash maqsadia muvofiqdir. O’yinlar bog’cha yoshidagi bolaning psixofiziologikholatiga mos bo’lishi, shuningdek bolalar bogchasida ta’lim-tarbiya ishlariam bola yoshiga
mos ravishda tashqil etilishi zarur. Nonushtagacha bo’lgan vaqt, sayrlar va ayniqsa uyqudan keyin kunning ikkinchi yarmidagi kolgan bush vaqtda shaklan va mazmunan turlicha bo’lgan o’yinlar tashqil etilishi lozim.
Tayyorlov guruhida uyqu va faollik vaqtlari xuddi katta guruhdagidek bo’ladi, faqat mashg’ulotlar vaqti bir oz uzaytirilib, murakkablashtiriladi.
Ochiq havodagi uyil va sayrlar katta ahamiyatga ega. Toza havo bola organizmidagi almashinuv jarayonlarni faollashtiradi, o’sish va rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqlim sharoitlari, yil fasllari, ob-havoning o’zgarib turishiga qarab bolalar ko’prok ochiq havoda bo’lishlari lozim. Har qanday sharoitda ham kunning birinchi va ikkinchi yarmida sayrlar tashqil etish zarur. Quz, qish faslida bolalar ochiq havoda kun mobaynida 4, bahor, yoz faslida esa 6-8 soatdan kam bo’lmasliklari kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni murakkab bo’lmagan ishlarni. bajarishga odatlantirish kerak. Ularni mehnatsevar qilib tarbiyalash o’z-o’ziga xizmat qilishni, xonalar va guruh uchun ajratilgan o’yin maydonchasini tartibli va ozoda saqlashda kuchlari yetadigan ishlarda ishtirok etishni, navbatchilik qilish, jonli burchakdagi hayvon va hsimliklarni parvarishlash ni o’z ichiga oladi.
Taxminiy kun tartibi
Nonushtaga tayyorgarlik nonushta
O’rindan turish, ertalabki yuvinib - taranish (uyda)
Sayrga tayyorgarlik
Qabul, sog’ligini tekshirish, o’yinlar, ertalabki badantarbiya .. ..
Sayrdan qaytish
Tushlik
Uyqu
O’yinlar, mashg’ulotlarga tayyorgarlik
Engil 2 tushlik
Sayr (o’yinlar, mehnat, ko’zatish, harakatli o’yinlar -10 daqiqa, jismoniy
mashqlar 20 - 30 daqiqa)
Kechki ovqat
Mashg’ulotlar
Uyqudan turish, yuvinish
O’yinlar, mustaqil faoliyat, sayr
O’yinlar, bolalarni uyga ketishi
Tungi uyquga tayyorlanish, tungi uyqu (uyda)



Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling