Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati


Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi -


Download 99.33 Kb.
bet17/21
Sana20.12.2022
Hajmi99.33 Kb.
#1040016
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Mak.ped

Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi - Davlat talablari asosida maktab talablariga muvofiq ravishda maktabda o'qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash:

  • Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim tarbiyaviy ishni umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada ta’minlanishi;

  • Maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlashni nazarda tutadi.

Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes, G.M.Lyaminya] va zamonamiz pedagog olimlari (F.R.Qodirova) tomonidan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning quyidagi jihatlari ta'riflangan:

  • Maktab ta’limiga umumiy tayyorgarlik;

  • Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik;

  • Maktab ta'limiga maxsus tayyorgarlik.

Maktab ta’limiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda quyidagi omillar muhim hisoblanadi:

  • Bolaning maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyor­garligi;

  • Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi;

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligi . Bo'lajak o'quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini Maktabgacha ta'lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar iyerarxiyasi, o'zaro bo'ysunuvchilari tashkil etadi. Sabablarning o'zaro bo'ysunganligi bu yoshdagi bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma’naviy ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy ongli intilishga aloqadordir. Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning qaror topishida quyidagi uch jihat:

  • Mustaqillik;

  • Uyushganlik;

  • Intizomlilik muhim ahamiyat kasb etadi.

38
Mavzu : Mashg‘ulot – maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli
Mashg'ulot ta'lim muassasida bolalarga ta'lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbi­yachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madani- yati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tu- man malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta’lim muassasasida ta’limni tashkil etish shak­lidir.
Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalar­ning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tarti- bida ma'lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek, kun tar- tibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta’limning frontal (umu- miy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari ekskursiya, di- daktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg'ulot maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarningamaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahami- yatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi, Izchillik bilan ta’lim 39
berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish kat­ta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlari- ga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berish­ning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yo- pishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tar- biyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar ho- sil qilinadi.
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlash- ni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yax- shi o'zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malaka- larni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.

40

Download 99.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling