Mavzu : pedagogika fan sifatida. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari


Download 0.52 Mb.
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1007545
1   2   3   4
Bog'liq
uzluksiz taʼlim mustaqil ish

Ilmiy tadqiqot metodlari


Empirik tadqiqod metodlari – yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayotdagi hodisa va jarayonlar tog’risida olingan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Empirik va nazariy tadqiqod metodlari natijasida nazariyaning turli darajasini ajratib ko’rsatish mumkin. Umumsotsiologik nazariyalar jamiyatni yaxlit qamrab oladigan muammolarni hal etadi.
Nazariy tadqiqod metodlari – bu har qanday mavzu bo’yicha ma’lumot to’plash va bu boradagi tushunchani oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday qilib to’plangan bilimlar, xususan, biror narsa uchu foydalanilmaydi, chunki ushbu turdagi tadqiqodlar uchun muhim narsa aniq bilimlarni kengaytirishdir

Empirik tadqiqod usullari


Kuzatish – bilish usuli. Ma’lum bir obyektni muntazam ravishda bir maqsad yo’lida o’rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish usuliga aytiladi
Qiyosladh asosida olingan natijalar “ kattaroq, kichikroq yoki teng “ degan xulosa qilinadi
O’lchash deb – ma’lum bir kattalikni o’lchov birligidagi etalonga nisbatan raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo’lgan fizik jarayonga aytiladi
Eksperiment deb – aniq belgilangan sharoitda bir hodisani aniq maqsad yo’lida o’rganish uchun qo’yilgan tajribaga aytiladi
Hisoblash deb – tor texnik ma’noda berilgan majmua yoki to’plamdagi bir tipli obyektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi

Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar. Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:

  • Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, ahloq, san‘at, ta‘lim- tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa.
  • Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarining tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarining o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
  • Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va ahloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.
  • Qarama-qarshi tomonlarni, an‘analarni, qarashlarni va fikrlarni aniqlash va ochish jarayonida tarbiya va ta‘limda turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.
  • Pedagogikaning qonuniyatlarini obyektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling