Mavzu : pedagogika fan sifatida. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari


Abu nasr farobiyning pedagogika haqidagi fikrlari


Download 0.52 Mb.
bet4/4
Sana15.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1007545
1   2   3   4
Bog'liq
uzluksiz taʼlim mustaqil ish

Abu nasr farobiyning pedagogika haqidagi fikrlari


Farobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir : Ta’lim – so’z va o’rganish bilan amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish tajriba bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim – tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi : qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
Har kimki ilm, hikmatni desa uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli – ilmdan mol dunyosini ayamasin.

Abu rayhon beruniyning ilmiy – pedagogik qarashlari Asarlari : “ minerologiya “ , “ geodeziya “ , “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar “ , “ saydana “ va boshqalar


Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning manaviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’linadi.
Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muhim ro’l o’ynaydi :

1) Irsiyat
2) Muhit
3) Tarbiya
Beruniy ilmiy bilimlarni egallash yo’llari , usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun dolzarbdir.

Ibn sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda oqitish zarur ekanligini ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi :

  • Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik ;
  • Ta;limda yengildan qiyinga boorish orqali bilim berish ;
  • Olib boriladigan mashqlar bololar yoshiga mos bo’lishi ;
  • O’qitishda jamoa bo’lib maktanda o’qitishga e’tibor berish ;
  • Bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish ;
  • O’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib boorish ;

Yusuf xos xojibning “qutadgʻu bilig” asari – pandnoma asar sifatida

  • Qutadgʻu bilig – baxt-saodatga eltuvchi bilim, taʼlim degan maʼnoni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand – nasihat, taʼlim – tarbiyada oid yetuk didaktik asar, har tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi. Qutadgʻu bilig asari Sharqda pandnoma turkumidagi anʼanaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilingan holda tuzilgan.

Oʻquv qayda boʻlsa, ulugʻlik boʻlar,
Bilim qayda boʻlsa, buyuklik boʻlar,
Oʻquv qut beradi, bilim shon – sharaf,
Shu ikkovi tufayli ulugʻdir inson.
Yaxshi nom oladi, koʻr, ezgu kishi,
Yomonlar nasib el – yurt qargʻishi,
Kishiga chiroydir uyat – andisha,
U asrar nojoʻya ishdan hamisha,
Yomonlik qilganninh ulushi - oʻkinch
Yomonga yaxshi boʻl, mayli har qachon.

Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati

  • Kaykovusning oʻzi taʼkidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda taʼrif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bagʻishlangan. Kaykovus ”… barcha fikr va tushunchalarni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq toʻrt bobda bayon etdim “ , deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bogʻlangan holda kamolga yetkazish yoʻllari va usullarini bayon etgan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling