Mavzu : Pul aylanmasi va uning tarkibi


Download 281.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana01.11.2023
Hajmi281.67 Kb.
#1738004
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Pul aylanmasi va uning tarkibi

3. Naqdsi 
Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini 
to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar 
yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga 
oshiriladigan pul aylanishidir. 
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi:
1. Naqdsiz 
pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining 
mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik 
asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 


- O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi 
qonuni.
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob 
raqamlar orqali o‘tkazilishi. 
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga 
ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat 
bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir 
bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik 
raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob 
raqamlari mavjud:
1. Vertikal vakillik hisob raqami 
2. Gorizontal vakillik hisob raqami 
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta 
gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida 
ochiladi. 
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat 
bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada 
faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. 
Aniqrog‘i 
Markaziy 
bankning 
Toshkent 
shahar 
bosh 
boshqarmasidaochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. 
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda 


ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq 
to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot 
banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash uchun quyidagi 
ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan: 
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk) 
JA - joriy aktivlar
JP - joriy passivlar 
Jlk = JA / JP 
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsientining eng past 
normativ darajasini 1.25 qilib belgilangan.
Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar; 
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; 
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. 
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi 
kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay 
uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq 
inspeksiyasi 
tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, 
sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining 
roziligisiz amalga oshiriladi. 
To‘lovlarning muddatliligi. Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri 
amalga oshirilganligi ustida o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi


Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning 
mulkiy javobgarligining mavjudligi. 
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 
shaklidan 
foydalanadi; 
To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; 
Hujjatlashtirilgan akkreditivlar; Inkasso. 
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga 
ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat 
bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. 
Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro 
vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik 
hisob raqamlari mavjud:

Vertikal vakillik hisob raqami. 

Gorizontal vakillik hisob raqami. 
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta 
gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida 
ochiladi. 
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat 
bankida ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada 
faqat bitta nostro vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining balansida ochilgan. 
Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasida 
ochilgan.
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. 
To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda 


ularni o‘z majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq 
to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi.
Jahon banki ekspertlarining bu koeffitsentining eng past normativ 
darajasini 1.25 qilib belgilangan.
To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi 
kerak. Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay 
uning pulidan olib qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq 
inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan Inkasso topshiriqnomalar, 
sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni to‘lovchining 
roziligisiz amalga oshiriladi. 

To‘lovlarning muddatliligi 

Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustida 
o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi

Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy 
javobgarligining mavjudligi. 
1. Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4 shaklidan 
foydalanadi: To‘lov topshiriqnomalari; Cheklar; Hujjatlashtirilgan 
akkreditivlar; Inkasso. 
 2-rasmda: 1- to‘lovlarning oldi-sotdi shartnomasini tuzish; 2 - 
tovarlarni jo‘natish; 3 - tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni sotib 
oluvchiga jo‘natish; 4 - sotib oluvchi o‘z bankiga to‘lov 
topshiriqnomasini yozadi; 5 - sotib oluvchining banki to‘lov 
topshirig‘iga asosan to‘lovni amalga oshiradi; To‘lov summasini sotib 
oluvchi joriy hisob raqamidan olinib, mol etkazib beruvchining vostro 
hisob raqamiga o‘tkaziladi; 6 - sotib oluvchining banki mol etkazib 
beruvchining bankini; 5 - operatsiya bajarilganligi to‘g‘risida yozma 
ravishda xabardor qiladi; 7 - mol etkazib beruvchining banki to‘lov 
summasini mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamiga o‘tkazadi; 
8 - mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma.


To‘lov topshiriqnomalariga xos bo‘lgan asosiy avzallik bu 
tovarlarning sifatini nazorat qilishning mumkinligidir. Bu shakl 
quyidagi kamchiliklarga ega: 
1. To‘lov kafolatlanmagan. 
2. To‘lov topshiriqnomalarida tovarlar summasining ma’lum qismini 
oldindan to‘lab qo‘yish qo‘llaniladi. Bunda sifatsiz tovarlar etkazib 
berish va tovarlarni vaqtida etkazib bermaslik riski yuzaga keladi.
Evropa davlatlarida va AQSHda naqd pulsiz hisob kitoblarda tijorat 
banklarining kafolarlaridan foydalaniladi. Tijorat banki beradigan 
kafolatning 2 turi mavjud:
1. Mijozning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha beriladigan kafolat. 
2. Etkazib beriladigan tovarlarning sifati bo‘yicha beriladugan bank 
kafolati. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob 
kitoblarda hisob kitob cheklari keng qo‘llaniladi.
1-tovarlarni oldi sotdi shartnomasini tuzish; 2-sotib oluvchi o‘z 
bankiga chek yozish uchun yozma ko‘rsatma beradi; 3-sotib 
oluvchining banki chekni yozadi; 4-sotib oluvchining banki sotib 
oluvchiga uzatadi; 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi; 6-
mol etkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni jo‘natadi; 7-
sotib oluvchi mol etkazib beruvchiga chekni uzatadi; 8-mol etkazib 
beruvchi chekni o‘z bankiga uzatadi; 9-mol etkazib beruvchining 
banki chekni tekshiradi va qabul qilib oladi; 10-mol etkazib 
beruvchining banki sotib oluvchining bankiga to‘lov uchun jo‘natadi;
11-sotib oluvchining banki chekni to‘lab beradi.
Agar sotib oluvchining joriy hisob raqamida pul mablag‘lari 
bo‘lmasa chek qaytariladi. CHunki chek summasi taraqqiy 
etgan davlatlarda depozit qilinmaydi. 
Evropa taraqqiyot va tiklash banki eksperti N. Akamatsuning 
tadqiqotlari ko‘rsatdiki, Evropa va AQSHda cheklar bo‘yicha 


to‘lovsizlik muammosining mavjud emasligi tijorat banklari kreditlari 
hisobidan cheklarning to‘lanayotganligi bilan izohlanadi. Hisob kitob 
cheklarining asosiy kamchiligi to‘lovning kafolatlanmaganligidir. 
Hisob kitob cheklarining avzalligi – tovarlarning sotilishini 
tezlashtiradi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud:
1. CHaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan bank 
tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. 
2. CHaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor qilinib 
bo‘lmaydi 
3. Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank tomonidan 
tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta summaga 
ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. SHunda ular bu 
akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi. 
4. Tasdiqlanmaydigan akkreditiv
5. Ta’minlangan akkreditivlar- bu shaklda O‘zbekistonda keng 
qo‘llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob 
raqamidan olinib, alohida schyotda deponent qilinadi. 
Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida chaqirib olinmaydigan 
akkreditivlar keng qo‘llaniladi.
4-rasmda: 1-to‘lovlarni oldi sotdi qilish shartnomasini imzolash;
2-sotib oluvchi o‘z bankiga akkreditiv ochish to‘g‘risida ariza beradi;
3-akkreditivni ochish, sotib oluvchining banki mol etkazib 
beruvchining bankiga akkreditiv telegrammasini jo‘natadi. Bu 
akkreditivning ochilganligini bildiradi. Mana shu vaqtdan boshlab 
sotib oluvchining banki to‘lov yuzasidan kafilga aylanadi; 4-mol 
etkazib beruvchining banki mol etkazib beruvchini akkreditiv 
ochganligi haqida xabardor qiladi; 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni 
jo‘natadi; 6-mol etkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni 


o‘zining bankiga uzatadi; 7- mol etkazib beruvchining banki 
hujjatlarni tekshiradiva qabul qilib oladi; 8-mol etkazib beruvchi 
banki tovar hujjatlarini sotib oluvchining bankiga to‘lov uchun 
jo‘natadi; 9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo‘yicha to‘lovni 
amalga oshiradi; 10-sotib oluvchining banki sotib oluvchiga tovar 
hujjatlarini beradi; 11-sotib oluvchi banki mol etkazib beruvchi 
bankini to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida yozma ravishda 
xabardor qiladi; 12-mol etkazib beruvchi banki to‘lov summasini mol 
etkazib beruvchining joriy hisob raqamiga o‘tkazadi; 13-mol etkazib 
beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma. 
Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda 
pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar to‘lov vositasi 
sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy 
subyektlar o‘rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash 
vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari ko‘rib chiqiladi.
Pul mablag‘lari harakatining har biri bo‘yicha muqobil harakat 
ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, pullarning aylanishi ko‘p 
yo‘nalishli bo‘ladi va xo‘jalik faoliyati subyektlarini qamrab oladi. 
To‘lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to‘lov 
vositalarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. Boshqacha 
aytganda, pul aylanishi deganda to‘lov vositalarining shaklidan qat’i 
nazar bunday barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul 
mablag‘larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va 
veksellarning ko‘chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to‘lov 
aylanishining bir qismidir. 
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul 
belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir. 
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag‘lari 
muomalasi, pul belgilarining bir yuridik yoki jismoniy shaxslardan 
boshqa shaxslarga doimiy tarzda o‘tib yurishi bilan 


bog‘liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar 
o‘rtasidagi muomalada qatnashadigan bevosita naqd pul massasidir. 
SHu tufayli pul muomalasini ba’zan naqd pullarning aylanishi
deb ham atashadi. Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi 
bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i nazar 
to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday 
holda iqtisodiy subyektlar o‘rtasida naqd pullik va naqd 
pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul 
mablag‘lari ko‘rib chiqiladi.

Download 281.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling