Mavzu: “ soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi ” Maqsad
Boshqa majburiy to’lovlar deganda nima tushuniladi?
Download 459,55 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU Солик ва маж тулов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari
- Yuridik shaxs deganda quyidagi lar tushuniladi
- Jismoniy shaxs deganda
- Bularga quyidagilar kiradi
Boshqa majburiy to’lovlar deganda nima tushuniladi?
Boshqa majburiy to’lovlar deganda davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik axamiyatga molik harakatlarni to’lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki lisenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi xujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi. 1.2. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari Soliqlar va jamg’armalarning barcha turlari davlat foydasiga yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy undiriladigan to’lovlardir. 5 ularning turlariga o’tishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslar tushunchasiga tuxtaldin. Yuridik shaxs deganda quyidagi lar tushuniladi: 1. O’zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofik tashkil etilgan, o’z mulkiga egabo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan mol-mulki bilan javob beradigan, mustaqil balansga esa bo’lgan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarga ega, majmuriyatlarini bajaraoladigan, sudda davogar va javobgar bo’la oladigan, xo’jalik yurituvchi subyekt; 2. Chet davlatning Qonun Xujjatlariga muvofiq tashkil etilgan hamda Qishloq Respublikasida fuqarolik xuquq layoqatiga ega bo’lgan xorijiy yoki xalqaro tashkilot. Jismoniy shaxs deganda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlat fuqarolari, shuning dek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi. Soliq va majburiy to’lovlarning turlari. Bular Soliq kodeksining 23-moddasida aks ettirilgan. Shu moddaga ko’ra soliqlar quyidagi turlari bo’linadi. 1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 3. ko’shilgan qiymat solig’i; 4. aksiz solig’i; 5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun Soliqlar va maxsus to’lovlar; 6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7. mol-mulk solig’i; 8. yer solig’i; 9. obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; 10. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Boshqa majburiy to’lovlar ham 23-moddada qayd qilingan. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar: • yagona ijtimoiy to’lov; • larning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari; • byudjet tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 2. Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar; • Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; • Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar; 3. Davlat boji; 4. Bojxona to’lovlari; 5. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im. Kodeksda belgilangan xollardan va tartibda Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar ko’llanilishi mumkin: • yagona Soliq to’lovi; • yagona yer solig’i; • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha kat’iy belgilangan Soliq. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. Download 459,55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling