Mavzu: “ soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi ” Maqsad
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Download 459.55 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU Солик ва маж тулов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq elementlari
- Soliq solish obyekti
- Soliq stavkasi
- Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish
- Soliq to’lash tartibi
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimi” ning asosiy bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Bular soliq solishdagi asosiy tushunchalardir. Ushbu tushunchalar davlat byudjeti va soliq to’lovchilar ertasidagi iqtisodiy-xuqukiy munosabatlarda yuzaga keladi. Soliq Kodeksining 24-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aks ettirilgan. Bularga quyidagilar kiradi: Soliq elementlari: 1. soliq solish obyekti; 2. soliq solinadigan baza; 3. soliq stavkasi; 4. soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 5. soliq davri; 6. soliq hisobotini tag’dim etish tartibi; 7. soliqni to’lash tartibi. Soliq solish obyekti - soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat natijasidir. Soliq solinadigan baza - soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to’lovning stavkasi tatbikan belgilangan ko’rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi. Soliq stavkasi - soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq so’mmadagi miqdorni ifodalaydi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib , soliq va boshqa majburiy to’lov so’mmasini hisoblash koidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustakil ravishda amalga oshiriladi. Soliq Kodeksda nazarda tutilgan xollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin. Soliq davri – u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov so’mmasi hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisobkitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan so’mmalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi. Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo’lmaydi. Soliq to’lash tartibi – Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash milliy valyutada, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi. Savol bo’yicha ma’ruza jarayonida talabalarga beriladigan savollar 1. Soliqning qaysi turlarini bilasiz? 2. Majburiy to’lovlar degan nimani tushunasiz? 3. Soliqni hisoblab chiqarish uchun zarur bo’lgan elementlarni ayting, tushuntiring. Download 459.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling