Mavzu : Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari Reja


NASDAQ aksiyalar savdosining hajmi va o‘sishi sur’ati bo‘yicha Nyu- York fond birjasini ortda qoldirdi


Download 355.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana26.12.2022
Hajmi355.83 Kb.
#1066870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
NASDAQ aksiyalar savdosining hajmi va o‘sishi sur’ati bo‘yicha Nyu-
York fond birjasini ortda qoldirdi.
 
 
 
Listing va delisting. 
Listing – bu qimmatli qog‘ozlarni birjaga qo‘yish, ya’ni joylashtirishdir. 
Qimmatli qog‘ozlar listingga qo‘yilgan bo‘lsa, birja ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 
ularni savdoga qo‘yish mumkin.
Delisting – bu qimmatbaho qog‘ozlarni birjaning yoki kompaniyaning o‘z 
qaroriga binoan ro‘yxatdan chiqarilishi, ya’ni listing imtiyozlaridan to‘la maxrum 
bo‘lishidir.
Birjada qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat 
vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, investitsiya 
kompaniyalari, brokerlik firmalarning topshirig‘i bilan brokerlar bitimlarni amalga 
oshirib qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi yoki o‘zinig hisobidan keyinchalik qayta 
sotish uchun xarid qiladi. 



Fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar olib kelinmaydi. Uning borligini broker 
qo‘lidagi xujjatlar, sertifikatlar bilan tasdiqlashi zarur.
Birjada qimmatli qog‘ozlar to‘plarda savdoga qo‘yiladi. Birjada faqat 
listingda qayd qilingan qimmatli qog‘ozlar sotiladi. Baho fond birjasida talab va 
taklifdan kelib chiqqan holda ochiqdan-ochiq o‘rnatilib, birja tablosida e’lon qilib 
turiladi. Birjada uch tomon qatnashadi. Bir tomonda birja, emitentlar va 
tadbirkorlar, ikkinchi tomonda vositachilik haqi evaziga mijozlarning topshirig‘ini 
bajaruvchi brokerlar va uchinchi tomon qimmatli qog‘ozlarga muxtoj shaxslar. Har 
uchchala tomonning manfaatini birlashtiruvchi joy – bu fond birjasidir. 
Birja kotirovkasi – bu birjada sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning e’lon 
qilingan narxi.
Birja indekslari – bu qimmatli qog‘ozlarning birjadagi harakatini 
ifodalovchi ko‘rsatkich.
Birjada ko‘llaniladigan eng mashxur indekslardan biri bu – Dou-Djons 
indeksidir. U AQSHdagi 30 yirik sanoat korporatsiyalari aksiyasining birjadagi 
kursi bilan belgilanadi. Dou-Djons indeksini hisoblash uchun kundalik bozor 
narxini o‘sha davrdagi aksiyalar guruhidagi sonlarga ko‘paytirib umumiy aksiyalar 
soniga bo‘lish kerak: 

AiPi
Dou-Djons indeksi ------ 
A
Bunda, Ai – kompaniyalarda chiqarilgan aksiyalar soni
Pi – tegishli kompaniyalar aksiyalarining bozor narxi;
A - umumiy aksiyalar soni. 
Professionallar fond bozorida faoliyat ko‘rsatish jarayonida turli 
«o‘yinlarni» qo‘llaydilar.
«Ayiqlar» o‘yini – daromad olish maqsadida qimmatli qog‘ozning bozor 
narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma’lum qimmatli qog‘ozning 
bozor narxini pasayishini oldindan sezgan holda uni ma’lum muddatga qarzga olib 


10 
turadi. Qarzga olingan qimmatli qog‘ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov 
sotib yuboriladi. 
Qarz muddati etib kelgan qimmatli qog‘ozning narxi pasayib ketadi va shu 
pasaygan narx bo‘yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli qog‘oz uchun o‘z qarzini 
to‘laydi. Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga olingan qimmatli qog‘ozni sotish 
narxi va qarzni to‘lash vaqtida uning bahosi tafovuti ko‘rinishida ifodalanadi.
«Buqa» - qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni qimmatroq narxda 
sotish maqsadida bozor narxining ko‘tarilishini poylab turadi. 

Download 355.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling