Mavzu № Xalq tabobati an’anaviy va noan’anaviy usullari


Download 218.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana22.01.2023
Hajmi218.59 Kb.
#1110395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 - Nazariy materiyal

Girudoterapiya (zuluk bilan davolash) asrlar osha bizgacha yetib kelgan zuluklar bilan 
davolash uslubidir. Tibbiy zuluklar farmakopeyaga kiritilgan va dorivor moddaga 
tenglashtirilgan fauna (hayvonot olami)ning yagona vakilidir. U biologik faol moddalar 
ishlab chiqaruvchi kichik «fabrika» hisoblanadi. Girudoterapevtlar zuluklarni ming dardga 
davo deganlarida, ularni xususiyatlarini oshirib emas, balki bu ajoyib mavjutodlarni 
xususiyatlarini kamaytirib aytishadi. Ularning haqiqatda ajoyibligini faqat ular bilan yaqindan 
tanishgan insonlar tan olishadi.Fanga 400 ga yaqin zuluklar turi ma‟lum. Biroq, tabobatda 
faqatgina zuluklarning ikkita turi (dorixona va tibbiy) ishlatiladi. Tibbiy zuluk boshchasida 5 
juft ko„z, og„zida esa 3 ta xitin tishli jag„ bor. Ular yordamida zuluk terini 1,5 mm 
chuqurlikda tishlab, 5-15 ml hajmda qon so„radi. Tishlar izi tushgan joydan keyinchalik (3-24 
soat ichida) shuncha qon oqib chiqadi. Bir davolash seansiga 5 dan 7 tagacha zuluk 
qo„yiladi.Zuluklarni miloddan ming yil avval ham qo„llashgan. Misr fir‟avnlari ham zulukdan 
foydalanishgan. Buyuk tabiblar Abu Ali ibn Sino, Gippokrat va Galen bu jonzotlar 
yordamida bemorlar dardini yengillashtirgan. XVIII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida 
girudoterapiya ayniqsa, ommalashib ketdi. Tabiblar zuluklarning shifobaxsh xususiyatlariga 
shunchalik berilib ketdilarki, ular meyorni esdan chiqarib barcha xastaliklarda bir muolajada 
200 donagacha zuluk qo„llashgan. 
Zuluklarni meyorsiz qo„llanilishi girudoterapiyani siquvga olinishi va XX asr boshiga 
kelib ko„pchilik tabiblarning bu uslubdan voz kechishiga olib keldi. Shunga qaramay bugungi 
kunda zuluklar yordamida davolashga bo„lgan qiziqishning ortishi kuzatilmoqda. 
Girudoterapiya usulining davolash samarasi uchta omildan iborat – ya‟ni, reflektor, mexanik 
va biologik. Zuluklarning reflektor ta‟siri teridagi faqat biologik faol (akkupunktur) 
nuqtalarni tishlashiga asoslangan. Mexanik ta‟siri – ular tishlagan joydagi regional(mahalliy) 
qon aylanishini yengillashtirishi, ya‟ni tishlangan joyda qonni so„rib olinishi va undan 
keyingi jarohat joyidan biroz miqdorda yara bitguncha davomiy qon oqib turishidan 
iborat.Zulukning qonga yuboradigan so„lagi tarkibida 100 ga yaqin biologik faol moddalar 
organizmning normal faoliyatiga ijobiy ta‟sir etadi. Bu tabiiy moddalarga girudin, 
gialuronidaza, destabilaza, eglinlar, antibiotiklar va og„riqsizlantiruvchi moddalar kiradi. 
Girudin qon quyilishini oldini oluvchi, og„riq qoldiruvchi, yallig„lanishga qarshi, tromb(qon 
quyilishi natijasida laxta-tromb hosil bo„lishi) paydo bo„lishiga qarshi xususiyatlarga ega. 
Destabilaza esa tromblarning so„rilishiga sabab bo„luvchi moddadir. Gialuronidaza chandiqli 


kasalliklarni so„rilishida faol ishtirok etadi. Eglinlar to„qimalarni jarohatlanishi va 
yallig„lanishini kamaytirish xususiyatiga ega. Shunday qilib tibbiy zuluklar odam 
organizmini 30 xil ta‟sir orqali davolash xususiyatiga egadir. Tabiiy sharoitda zuluklar o„z 
o„ljalarini hididan topadilar. Hidlarga sezuvchanligi yuqori bo„lganligi sababli ular alkogol, 
tamaki va atir hidi keladigan teriga yopishmaydi. Hozirgi kunda zuluklar yashovchi suv 
zahiralarining tozaligi qoniqarsiz bo„lganligi sababli, ular sun‟iy, ya‟ni fabrika sharoitida 
yetishtiriladi.Shu sababli bu jonzotlar steril holatda bo„ladi.Undan tashqari zuluklarning bir 
marotaba ishlatilishi boshqa bemorlardan turli xil kasalliklar yuqtirish xavfining oldini oladi. 
Muolajadan so„ng zuluk biror chekkaroq joyga ko„mib yuboriladi.Shuni ta‟kidlash joizki, 
zuluklar turli kasalliklarning oldini olish bilan birgalikda organizmga umumiy ijobiy ta‟sir 
ko„rsatadi. 
Ya‟ni, 
ishtahani 
ochib, uyquni 
yaxshilaydi. 
Muolajadan 
so„ng 
bemorda immunitet va kayfiyatni ko„tarilib, moddalar almashinuvi jarayonlarini tezlashadi. 
Vujuddagi turli yallig„lanish o„choqlarining so„rilishi kuchayadi. 

Download 218.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling