qiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda turli dorivorlar-u, noanʼanaviy
usullarda ish
yuritayotgan tabiblarning soni 30 mingdan oshib ketdi. Respublikadagi mavjud
4250 dan ortiq xususiy tibbiyot muassasalarning 516 tasida esa
xalq tabobati usullari
qoʻllanilmoqda.Achinarlisi, bunday tartibsiz vaziyat tabibman, deb
aslida firibgarlik bilan
shugʻullanayotgan shaxslarga ham keng yoʻl ochib berdi. Chunki, xalq tabobatining
samarasini, ular qoʻllayotgan usullarning asl taʼsirini hech kim oʻrganmadi, tibbiy nazoratini
ham olib bormadi.
Qaror endilikda
xalq tabobati boʻyicha toʻplangan boy tajriba va salohiyatdan samarali
foydalanish hamda uni zamonaviy tibbiyotga uygʻunlashtirishga katta turtki beradi. Chunki,
dunyoning 130dan ortiq davlatida aynan shunday yoʻl tanlangan.Shuningdek,
xalq tabobati
xizmatlarini koʻrsatuvchilarni oʻqitish, ularga zamonaviy tibbiyotdagi tashxis va davolash
muolajalarini toʻliq qoʻllay olishlari uchun Respublikadagi tibbiyot oliy oʻquv
yurtlarining
“Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Tibbiy-pedagogika ishi” bakalavriat yoʻnalishlaridagi
oʻquv dasturlariga xalq tabobati boʻyicha maxsus oʻquv sikli joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: