Mavzu № Xalq tabobati an’anaviy va noan’anaviy usullari
Zuluk qo‘yishning qanday foydasi bor?
Download 218.59 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Nazariy materiyal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balchiq bilan davolash yoki peloterapiya
Zuluk qo‘yishning qanday foydasi bor?
Girudoterapiya muolajasi turli xil kasalliklarda tibbiyot zuluklarining ishlatilishi bilan izohlanadi. Zuluk muolajaga qaratilgan kasallikka koʻra tananing kerakli sohasiga qoʻyiladi. Dastlab bilinar-bilinmas achishish seziladi. Bu paytda zulukdan girudin moddasi ajralib chiqib, qonga tushadi. Ushbu modda qonni suyultiradi, tozalaydi. Muolaja jarayonida tananing kasallangan qismida qon aylanishi yaxshilanadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida, xususan, yurtimizda ham gigiyena talablariga javob bermagan sharoitda bemorlar koʻrigini tashkil etayotganlar bor. Bunday hollarda bemorlar shifo topish oʻrniga, qoʻshimcha xastaliklarni orttirib olishlari mumkin. Biror davolash maskaniga murojaat qilishdan avval, albatta, uning davlat roʻyxatidan oʻtganligi va faoliyat yuritish uchun lizensiyasi bor–yoʻqligini aniqlab oling. Balchiq bilan davolash yoki peloterapiya - torfli, sulfidli, sapropel va boshqa turdagi balchiqlar (peloidlar)ni davo maqsadida ishlatish. Torfli balchiq asosan chirigan organik moddalar va oʻsimlik qoldiqlaridan iborat. Sulfidli balchiq - anchagina miqdorda sulfidlar, xususan temir sulfid saqlagan shoʻr suv havzalarining organik mineral balchiq qatlamlaridir. Sapropellar esa chuchuk suvli havzalarda hosil boʻladigan oz-moz mineral moddalar aralashgan organik tarkibli balchiq qatlamidan iborat boʻladi. Istalgan shifobaxsh balchiq issiqni uzoq vaqt saqlab turadi va asta-sekin uni badanga beradi. Bunda issiqlik olishdan tashqari, terining kimyoviy taʼsirlanishi va teri orqali organizmga bevosita kiradigan balchikdagi vodorod sulfid, ammiak va gazsimon moddalar taʼsiri ham muhim ahamiyatga ega. Shifobaxsh balchiq terining nerv oxirlariga, oliy nerv markazlari orqali nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga, ichki sekresiya bezlariga, moddalar almashinuviga reflektor taʼsir koʻrsatadi. Balchiq bilan davolash tananing zararlangan sohasida yoki aʼzoda qon aylanishining kuchayishiga, yalligʻlanish oʻchoqlarining soʻrilib ketishiga, moddalar almashinuvining yaxshilanishiga, tiklanish jarayonlarining tezlashuviga, ichki sekreksiya bezlari faoliyatining barqarorlashuviga imkon beradi. Balchiq bilan davolashda asosan applikatsiya usuli - bemor badaniga (umumiy applikatsiya), boshi va yurak sohasidan tashqari, tanasining ayrim qismi yoki sohasiga (mahalliy applikatsiya) shifobaxsh balchiq qoʻyiladi, oradan maʼlum vaqt (10-15 min.) oʻtgach, iliq suvda yuvinib, bir oz dam olinadi. Ayrim kasalliklarda, mas, ginekologik kasalliklarda balchiqli tamponlar qinga, erkaklarda urologik kasalliklarda toʻgʻri ichakka kiritiladi. Balchiq bilan davolash surunkali kasalliklarda, suyak, muskul va boʻgʻim shikastlarida, periferik nerv sistemasi kasalliklarida, ayol va erkaklar jinsiy aʼzolari yalligʻlanganda, qorin boʻshligʻidagi ayrim kasalliklar va yalligʻlanish asoratlarini tugatishda qoʻllaniladi. Balchiq bilan davolash butun organizmga taʼsir qiladigan kuchli vosita boʻlib, undan shifokor koʻrsatmasi va nazorati ostida foydalanish lozim. Balchiq muolajalari qabul qilishda belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilish zarur. Download 218.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling