Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


II BOB. HOZIRGI KUNDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

 
II BOB. HOZIRGI KUNDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA 
AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI O’RTASIDAGI 
MUNOSABATLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
2.1. O’zbekiston – AQSH hamkorligining ustuvor yo’nalishlari  
AQSH bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlik O’zbekiston iqtisodiyoti 
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib, respublikamizda Amerika kapitali 
asosida faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni yildan-yilga ortib 
bormoqda.
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining 
“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari” asarida: “Dunyoning yetakchi davlati bo’lgan, juda katta 
siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellektual salohiyatga ega bo’lgan AQSH 
bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish hozir biz 
uchun ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Biz Amerika kompaniyalari va firmalari 
bilan qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, ular bilan uzoq 
muddatli, o’zaro foydali sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga, Amerika 


47 
kapitalining bizning bozorimizdagi ishtiroki kengayishiga katta ahamiyat 
beramiz”,
1
- deb ta’kidlagan.
Jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarning me’yoriy-huquqiy asosi 1992 yilda 
O’zbekiston Respublikasi va AQSH hukumatlari o’rtasidagi sarmoyalarni qo’llab-
quvvatlash to’g’risidagi Bitim hamda 1993 yili tomonlarning savdoda bir-biriga 
qulay tizim qo’llashini nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH 
o’rtasida savdo munosabatlari to’g’risida Bitimning imzolanishi orqali yaratilgan. 
Ikki davlat o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlanishiga iqtisodiyot, savdo, 
investitsiya, havo transporti, ta’lim sohalarida imzolangan kelishuvlar muhim 
me’yoriy-huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2004 yil 1 iyunda AQSH va 5 ta 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan “AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida 
savdo va investitsiyalarga ko’maklashish to’g’risida” ko’p tomonlama xadli bitim 
imzolandi
2
.
Hozirgi kunda, AQSH sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar va 
AQSH kompaniyalarining akkreditatsiyadan o’tgan vakolatxonalari Statistika 
bo’yicha Davlat Qo’mitasi ma’lumotlar bazasiga ko’ra, O’zbekiston 
Respublikasida AQSH investorlari ishtirokida 242 ta korxona ro’yxatga olingan 
bo’lib, ulardan 61 tasi 100 foiz xorijiy sarmoya asosida tashkil etgan. Mazkur 
korxonalar o’z faoliyatini avtomobilsozlik, neftь-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, 
mashinasozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm, savdo va xizmatlar 
kabi sohalarda amalga oshiradilar
3
.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Amerika kompaniyalarining 57 ta 
vakolatxonasi akkreditatsiyadan o’tgan.
AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha 
o’rinbosari R.Bleyk AQSHning O’zbekiston bilan aloqalarini yuqori baholab, 
O’zbekistonning tabiiy zaxiralarga boyligini, global iqtisodiy inqiroz sharoitida 
ham makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuqori ko’rsatkichlari 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида хавфсзликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. Т: “Ўзбекистон” 1997 Б. 310.
2
Xalqaro_hamkorlik_aloqalari/xorijiy_mamlakatlar_bilan_hamkorlik/amerika/ http://www.mfer.uz/uzb/
3
Ozbekiston_AQSH_ikki_tomonlama_hamkorlikning_20 yil5i.mgr http://www.jahonnews.uz/uzb/jahon/news/


48 
saqlanib qolganligini e’tirof etdi. AQSH kelgusida O’zbekiston bilan ta’lim 
sohasidagi 
hamkorlikni 
rivojlantirish 
tarafdori 
ekanligini, 
O’zbekiston 
Afg’onistonning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishida, mamlakatga insonparvarlik 
yordami ko’rsatib, elektr energiya, oziq-ovqat maxsulotlari, qurilish materiallari 
bilan ta’minlash hamda transport kommmunikatsiyasi qurilishiga ko’maklashishda 
faol ishtirok etayotganini ta’kidladi. 
– O’zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi davlat 
hisoblanadi, – deydi Amerika-O’zbek savdo palatasi raisi, “W’ite and Case LLP” 
yuridik kompaniyasi asosiy ta’sischisi Kerolin Lemm hamda Prezident Islom 
Karimov tashabbusi bilan davlat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan izchil va 
keng ko’lamli islohotlar samarasida moliyaviy inqiroz sharoitida yalpi ichki 
mahsulot ko’rsatkichlarini yuqori darajada saqlab qolishga erishildi. O’zbekistonda 
xorijiy sarmoyani jalb etish bo’yicha juda samarali mexanizm shakllantirilganini 
ta’kidladi.
O’zbekiston AQSH bilan savdo, iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlik 
sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. AQSH O’zbekistonning eng muhim 
hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda.
Amerika kompaniyalari tog’-kon qazish va neftь-yoqilg’i majmuasi, qishloq 
xo’jaligining texnologik bazasini, oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati va transport 
infrastrukturasini rivojlantirish kabi ko’plab ustuvor sarmoya loyihalarining 
amalga tadbiq etilishida ishtirok etmoqdalar.
Mavjud ma’lumotlar tahlili O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi 
savdo aylanmasi ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Xususan, 2010 yil natijalariga ko’ra ikki tomonlama tashqi savdo aylanmasi 
181,7 mln. AQSH doll.ni tashkil etib, bunda eksport 51,3 mln. doll.ni, import 
130,4 doll.ni tashkil etgan. 2011 yilda ikki tomonlama savdo aylanmasining 2010 
yil holatiga 36,2% ga o’sishi kuzatilib, uning hajmi 249,9 mln. doll.ga yetgan. 
Eksport hajmi 40,7% ga oshib, 72,3 mln. doll.ni, import miqdori 34,4% ga ortib, 
177,6 mln doll. tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilning I yarim yilligi 
davomida 127 mln, 2012 yilning 10 oyi xolatiga 294,6 mln dollarni tashkil etgan. 


49 
SHundan, amerika tovarlarining O’zbekistonga importi 2012 yilning 10 oyi 
mobaynida 271,0 mln doll., O’zbekistonning AQSHga eksporti 23,6 mln. dollarni 
tashkil etgan. O’zbekiston tomonidan asosan xizmatlar, noorganik kimyoviy 
mahsulotlar, dastgohlar va jihozlar eksport qilingan bo’lsa, AQSHdan import 
mahsulotlari tarkibi asosan mashina va jihozlar, kimyoviy mahsulotlar, plastik, 
xizmatlarni o’z ichiga olgan. Eksport tarkibini noorganik kimyo mahsulotlari 
(56,1%), xizmatlar (39,3%), import esa xizmatlar (26,1%), mexanik uskunalar 
(18,0%), farmatsevtika mahsulotlari (16,0%), transport vositalari (12,4%), optik 
apparatlar (7,5%), elektr (4,6%), kauchuk va rezina jihozolar (2,4%) tashkil 
etmoqda.
Ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi AQSHning O’zbekistonga eksporti 
hisobiga ortib borayotganligini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin. 
2012 y/Oylar 
AQSHning 
O’zbekistonga 
eksporti xajmi 
AQSHning 
O’zbekistondan 
importi xajmi 
Balans 
Yanvarь
2.8
0.7
2.1
Fevralь
159.9
0.7
159.1
Mart
12.7
0.3
12.4
Aprelь
28.3
0.3
28.0
May
9.3
0.5
8.8
Iyunь
10.7
0.7
10.0
Iyulь
28.3
0.2
28.0
Avgust
13.0
0.4
12.6
Sentyabrь
2.8
19.3
-16.5
Oktyabrь
3.1
0.3
2.8
Jami
271.0
23.6
247.4
Ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tomonlarning 
manfaatdorligiga 
qaramasdan, 
iqtisodiy 
sohadagi 
hamkorlik 
asosan, 
O’zbekistonning AQSH yuqori texnologik mahsulotlar va jihozlarni harid qilishi 
va AQSHga uran eksporti hamda Amerika tomonidan O’zbekistondagi loyihalarni 
moliyalashtirish hisobiga ortib bormoqda.
O’z navbatida, 2011 yilda O’zbekistonning AQSHdan import qiladigan 
tovarlari tarkibida yuqori texnologik mahsulotlar va jihozlar 122 mln dollar 
(importning 70%) bo’lsa, 2012 yilning 8 oyi davomida mazkur ko’rsatkich 122 
mln dollarni tashkil etgan.


50 
Shuningdek, so’nggi vaqtlarda AQSH tomonidan O’zbekiston Respublikasi 
bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilishiga qaramasdan, 
mamlakat iqtisodiyotiga Amerika sarmoyasini kiritilish xajmi kamayishi 
kuzatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo 
vazirligi (TIAISV) ma’lumotlariga ko’ra, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan 
investitsiya xajmi 2010 yilda 59,1 mln doll., 2011 yilda 6,7 mln dollarni tashkil 
etgan bo’lsa, 2012 yilning 9 oyi mobaynida 0,3 mln dollarni (O’zbekistonga 
kiritilgan xorijiy investitsiyaning umumiy xajmi 2,5 mlrd dollar) tashkil etgan.
2012 yil 17 avgustda o’tkazilgan o’zbek-amerika biznes-forumi natijalariga 
ko’ra, O’zbekiston va AQSH o’rtasida mashinasozlik, metalni qayta ishlash, 
energetika, neft-gaz qazib olish, neft-gaz kimyo, elektrotexnika va tog’-kon 
sanoati, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati sohalariga umumiy miqdori 2,8 mlrd 
dollar bo’lgan 21 ta loyihani amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, joriy yilning 11-13 mart kunlari Tashqi ishlar vaziri A.Komilov 
boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiya AQSHga tashrifi doirasida O’zbekiston va 
AQSH o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik, yuqori texnologik 
qo’shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etilgan
1
.
Shu bilan birga, 2013 yil 24 may kuni Vashingtonda O’zbekiston Respublikasining 
AQSHdagi elchixonasi tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiya 
ko’lamini kengaytirish mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda Amerika-O’zbek 
Savdo Palatasi a’zolari - General Electric, Anadarko, CN’, Boeing, Lock’eed 
Martin, W’ite&Case, Nukem i FMN Logistics kabi kompaniyalar vakillari ishtirok 
etishdi. Tadbir davomida
ishtirokchilar O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi jarayonlari, xorijiy investitsiya 
uchun qulay sharoit yaratish bo’yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar bilan 
tanishtirildi. Shuningdek, “Navoi”, “Angren” va “Jizzax” maxsus sanoat 
1
Torgovlya-i-investitsionnoe-sotrudnichestvo-yavlyayutsya-prioritetom-v-otnosheniyah-uzbekistana-i-ssha.html 
http://noviyvek.uz/novosti/


51 
hududlaridagi keng ko’lamli imkoniyatlar to’g’risida alohida ma’lumotlar taqdim 
etildi
1
.
O’zbekiston Respublikasi hududidagi savdo aloqalarining rivojlanishiga bir 
qator cheklovchi omillar salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, O’zbekiston uchun 
eksport va import munosabatlarini qiyinlashtiruvchi omillardir. Bunday cheklovchi 
omillarga misol tariqasida transportirovka uchun qo’shimcha vaqt va sarf-
harajatlar, Markaziy Osiyo hududi orqali xalqaro yuklarni jo’natishni ta’minlash 
talabi, dengiz portlariga chiqish imkoniyatining yo’qligi va murakkab geografik 
topografiyani keltirib o’tish mumkin. Mazkur cheklovlar har qanday rasmiy 
idoralarning nazoratidan tashqarida bo’ladi.
Bu xususda, AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi 
J.Krol O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi o’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikda 
savdo darajasi yuqori emasligini ta’kidlagan. Bunga asosiy sabablardan biri 
sifatida AQSHda davlat korxonalari yo’qligini, shuning uchun, davlat xususiy 
kompaniyalarga qaysi davlatda o’z biznes faoliyatini yuritishiga ko’rsatma 
bermasligini ko’rsatib o’tgan
2
. Biroq, AQSH hukumati o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Shuningdek, Amerika investorlarini O’zbekistonga jalb qilish investitsiyaviy 
muhitga bog’liqligini ta’kidlagan.
AQSHning statistika idoralari ma’lumotlariga qaraganda, 2011 yilga qadar 
Amerikaning O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalari umumiy hajmi 500 mln 
doll.ni tashkil qilgan
3
.
Ekspertlar fikriga ko’ra, ikki davlat mavjud iqtisodiy 
imkoniyatlardan to’liq foydalanmayotganidan
1
Amerikanskie_kompanii_budut_sodeystvovat_uvelicheniyu_kapitalovlojeniy_v_ekonomiku_uzbekistana.mgr 
http://www.jahonnews.uz/rus/rubriki/politika/ 
2
Уровень торговли между США и Узбекистаном "довольно низкий" - посол США 
http://www.trend.az/capital/business/1908978.html 
3
Ozbekiston_AQSH_ikki_tomonlama_hamkorlikning_20_yil5i.mgr http://www.jahonnews.uz/uzb/jahon/news/ 


52 
dalolat bermoqda. 2012 yilda O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan 
AQSH sarmoyasi hajmi 2 mlrd doll.dan oshdi. Ikki davlat munosabatlarida savdo-
iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Amerikaning “General Motors”, “Boeing”, 
“Lock’eed Martin” va boshqa ko’plab yetakchi kompaniyalari ishtirokida ushbu 
sohada hamkorlik bo’yicha tajriba ortib bormoqda.
O’zbekiston Buyuk ipak yo’li davrida G’arb va SHarq o’rtasida savdo 
munosabatlarini rivojlanishida bog’lovchi xalqa hisoblangan. Hozirgi kunda, 
AQSHning “General Motors”, “Texaco”, “CHartis” kabi yirik kompaniyalari 
O’zbekistonga keng ko’lamdagi investitsiyalashtirishni amalga oshirmoqda, 
shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida yetakchi “General Electric”, “Sikorsky 
Aircraft”, “Exxon Mobil” kompaniyalari O’zbekiston bilan hamkorlikni 
rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda .
Rasmiy Vashington Kelgusidagi hamkorlikdagi manfaatdorligini hisobga 
olgan holda, O’zbekiston bilan savdo-iqtisodiy sohada, investitsiya ko’lamini 
kengaytirish ikki tomonlama kelishuv doirasida e’tiborga loyiq loyihalarni 
moliyalashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, AQSH xalqaro rivojlanish Agentligi (USAID) bilan 
hamkorlikda Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekistonda alohida loyihalarni 
moliyalashtirishni amalga oshirmoqda
1
.
1
2010 yildan buyon O’zbekistonda USAIDning “Sifatli sog’liqni saqlash” (13 
mln AQSH dollari), “Mahalliy taraqqiyot tashabbusi” (1,6 mln AQSH dollari) kabi 
dasturlari hayotga tadbiq etilmoqda. 2011 yil oxirida qishloq xo’jaligini 
rivojlantirish bo’yicha yangi, to’rt yilga mo’ljallangan “AgLinksPlus” loyihasi (12 
mln dollar) ish boshladi
2
.
2
1
Шульгин А.А., Юнусов У.Ф., Насимов С.В. «Обзор политики США по вопросу афганского 
урегулирования и позиции соседних с Афганистаном стран. экономические интересы США в ЦА» Т. 2013 
2
Икки томонлама ҳамкорликнинг 20 йили. ”Халқ сўзи”. 2012 йил 21 февраль № 36 


53 
Shuningdek, “Qishloq xo’jaligi sohasidagi aloqalarni rivojlantirish” 
(Agrilinks) dasturini loyihasini amalga oshirish doirasida 5 mln doll. miqdordagi 
jihozlar ajratilgan. Dasturning maqsadi uzum va boshqa turdagi mevali daraxtlar 
hosilini oshirishga qaratilgan. Mazkur loyiha qishloq va suv xo’jaligi vazirligi 
o’simliklarni himoya qilish milliy xizmati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
- “Ustyurt ekotizimini saqlash tashabbusi bo’yicha” 2014 y sentyabrga 
qadar byudjeti 1,5 mln. doll.;
- “Mintaqaviy energetik xavfsizlik, samaradorlik va savdo (RESET)” 2013 
y noyabrga qadar, byudjeti $16,5 mln.doll;
- “Sifatli sog’liqni saqlash” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti $50 
mln.doll.;
- “OIV va tuberkulyoz bo’yicha dialog” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti 
$3,6 mln.doll.;
- “Tuberkulyozni nazorat qilish bo’yicha hamkorlik” 2014 y oktyabrga 
qadar, byudjeti $2,3mln.doll.;
- “OAVni qo’llab-quvvatlash” 2014 y sentyabrga qadar, byudjeti $15 
mln.doll.;
- “Fuqarolik jamiyatlarini huquqiy qo’llab-quvvatlash” 2014 y sentyabrga 
qadar, byudjeti $6,2 mln. doll.;
- “Odam savdosini oldini olish” 2015 y sentyabrga qadar, byudjeti $6,4 mln. 
doll. ajratilishi rejalashtirilgan.
Shu o’rinda, AQSHning yirik kompaniyalari 2010 yil dekabrda qabul 
qilingan “2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoat ishlab chiqarishning 
ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok 
etishni va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirsh masalalarini chuqur tahlil 
etayotganini ta’kidlab o’tish lozim. Mazkur Dasturni amalga oshirish uchun davlat 
byudjetidan 50 mlrd dollar mablag’ ajratish rejalashtirilgan.
Amerika biznesining yirik vakillari bilan hamkorlikning ijobiy namunalaridan biri 
sifatida Asaka shahridagi avtomobilь zavodi aktsiyalari paketining 25% ulushiga 
egalik qilayotgan “General Motors” korporatsiyasini O’zbekistondagi faoliyatini 


54 
misol tariqasida keltirish mumkin. O’zbekistondagi Amerikaning asosiy 
kompaniyalaridan bo’lgan mazkur korxona, yuqori texnologiyalar va innovatsiya 
sohalarida sarmoyaviy loyihalarni o’z ichiga olgan.
Jumladan, GM O’zbekiston “General Motors” kompaniyasining eng 
muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan o’ntaligiga kirib, hozirda yillik 250 ming 
mashina ishlab chiqarish salohiyatiga ega mazkur qo’shma korxona zavodlarida 
6,6 ming kishi ishlamoqda
1
.
2012 yilda GM O’zbekiston 247 ming mashina ishlab 
chiqargan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 2011 yilga nisbatan 7,4% ga o’sgan.
GM Uzbekistan YAJ o’zbek-amerika QK yangi Gentra avtomobil modelini 
eksportga yo’naltirishni rejalashtirmoqda. Asaka avtozavodi mazkur model 
loyihasi uchun 23,4 mln dollar miqdorda investitsiya kiritgan.
O’zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari 2013 yilning I kvartali xolatiga 
o’tgan yilning shu davriga nisbatan Rossiyaga avtomobil eksportini 15 898 taga 
yetkazib, 13% ga oshirgan.
Bugungi kunda mazkur korxona avtomobillarning 9 modeli (Nexia, Lacetti, 
Malibu, Cobalt, Matiz, Spark, Captiva i Damas) ni ishlab chiqarishni o’zlashtirish 
bilan birga, 2011 yil oktyabridan boshlab yengil avtomobillar uchun dvigatellar 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GM PowerTrain–O’zbekiston” zavodi o’z 
faoliyatini boshladi. Shuningdek, Boeing kompaniyasi O’zbekiston Havo yo’llari 
Milliy aviakompaniyasi uchun zamonaviy avialaynerlarni yetkazib beruvchi 
doimiy hamda muhim hamkor hisoblanadi. “O’zbekiston havo yo’llari” milliy 
aviakompaniyasi “Boeing” aviakompaniyasi, “Boeing” -767 avialaynerlari sonini 
2014 yilga qadar 10 donaga, yetkazish to’g’risida kelishuvga erishgan. 2016 yilga 
qadar respublikaning “Boeing” lar parkidagi avialaynerlar sonini 15 taga yetkazish 
rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, ‘oneywell korporatsiyasi delegatsiyasining 
2012 yil mart oyidagi O’zbekistonga tashrifi davomida neft-gaz va energetika 
tarmoqlari, kimyo sanoati hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 
qator loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar imzolandi.
1
Юлдашев М.Ш. Хронология Американо-Узбекских отношений 1992-2012 Т. “NISO POLIGRAF” 2012 й. 
134 б. 


55 
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar madaniy-gumanitar sohada faol 
rivojlanmoqda. Ta’kidalash joizki, bu munosabatlar fan va ta’lim sohasida faol 
namoyon bo’lmoqda. AQSH xalqaro ta’lim instituti dokladi ma’lumotlariga 
muvofiq, 2007-2008 o’quv yillarida 539 talabani tashkil etgan bo’lsa, 2008-2009 
o’quv yillarida AQSHning universitet va kollejlarida O’zbekistondan 688 talaba 
ta’lim olish uchun kelishgan. Bu esa shu vaqtdagi Markaziy Osiyo davlatlari 
orasida ro’yxatga olingan eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etgan. O’zbekiston 
Prezidenti Fondi “Umid” tarmog’i bo’yicha 1997-2007 yillarda 300 o’zbekistonlik 
talabalar AQSHda ta’lim olishgan
1
.
Ta’kidlash joizki, AQSH hukumati tomonidan Green Card lotereyasi 
vositasida AQSHda yillik doimiy yashash joyi uchun viza taqdim etilishi ikki 
tomonlama aloqalarni chuqurlashtirishda muhim omil hisoblanadi. 
AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko’ra, mazkur 
lotereyada yutganlar miqdori 2010-2011 yilda O’zbekistonda 4800 kishini tashkil 
qilgan. O’zbekiston mazkur lotereyada yutuvchilar soni bo’yicha dunyoda 5 
o’rinni egallamoqda
2
.
O’zbekistondan 2011 yilda 5091 kishi hozirgi kunga qadar 28245 kishi 
Green Card lotoreyasida g’olib bo’lgan.
Shuningdek, AQSH tomonidan respublikamizga gumanitar yordam ham 
ko’rsatmoqda, ular 2010 yili 12 million AQSH dollariga teng miqdorda dori-
darmon va tibbiy jihozlar ajratgan “AmeriCares”, 1,5 mln AQSH dollariga teng 
miqdordagi yuklarni yetkazib bergan “Resource and Policy Exchange” hamda 
“FOWUSA” singari Amerikaning xalqaro nodavlat tashkilotlari tomonidan taqdim 
etilmoqda.
2012 yilning oktyabrь oyida Toshkentda AQSHning O’zbekistondagi 
elchixonasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik 
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi 
1
Hronologiya-amerikano-uzbekskih-otnoshenij-1992-2012/ Vatandosh, Нью-Йорк, №7, 2011 http://vatandosh.uz/ 
2012/12/04/ 
2
Юлдашев М.Ш. Мавлон Шукурзода, Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Умид» Фонди ижрочи 
директори ўринбосари (1997–2001 йй.) Ботир Убайдуллаев билан интервью . Хронология Американо-
Узбекских отношений 1992-2012. Т. “NISO POLIGRAF” 2012 й. 


56 
bilan AQSH o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganligi 20 yilligiga 
bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda ikki davlatning tegishli 
vazirlik va idoralari, ilmiy tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari, ekspert hamda 
mutaxassislar qatnashishdi. Davra suhbatidagi muloqot chog’ida O’zbekiston bilan 
Amerika o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar 
hamda xavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi hamkorlikning bugungi ahvoli va uni 
rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Amerikalik mutaxassis va tahlilchilarning fikriga ko’ra, ikki davlat o’rtasida 
mustahkam asosga ega ikki tomonlama munosabatlar shaklidagi savdo va 
investitsion hamkorlik uchun keng istiqbollar mavjud. Ekspertlarning fikricha, 
O’zbekistondagi makroiqtisodiy barqarorlik hamda qulay sarmoyaviy muhit 
savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikning muhim omili bo’lib 
xizmat qilmoqda. Shuningdek, ular tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotining 
mashinasozlik, metalni qayta ishlash, energetika, neftь va gaz qazib olish, kimyo 
sanoati, elektr texnikasi va tog’-kon sanoati kabi tarmoqlariga AQSH 
kompaniyalarini jalb etish o’zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor 
yo’nalishlaridan ekani ta’kidlandi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini – jahon hamjamiyati davlatlari 
iqtisodiyoti bilan taqqoslaganda katta emas. Shuning uchun iqtisodiy rivojlanishni 
yetarli darajaga yetkazish uchun savdoni kengaytirishi va xalqaro savdo tizimida 
integratsiyalashuvi zarur.
O’zbekiston dengizga chiqa olmaganligi sababli, Markaziy Osiyo davlatlari 
bilan tashqi savdo siyosatini liberallashtirish va bir-biri bilan savdo, transport va 
bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy hamkorlik o’zaro mustahkam aloqador.
O’zbekistonning Tashqi savdosi so’nggi yillarda quyidagicha tafsiflanmoqda:
- savdoning tezkor o’sishi;
- eksport tarkibida xom-ashyo tovarlarining ko’payib borayotganligi;
- savdo aloqalari kam sonli davlatlar bilan o’rnatilganligi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O’zbekistonning 
eksport va import aloqalari kam sonli davlatlar bilan o’rnatilgan. AQSH 


57 
O’zbekistonga ko’p miqdorda mashina va jihozlarni import qiluvchi muhim savdo 
sherik davlatlardan biridir.
Ikki davlat munosabatlarida gumanitar hamkorlik, xususan, ilm-fan, ta’lim, 
sog’liqni saqlash, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish kabi sohalar alohida 
ahamiyatga ega. Ishtirokchilarni fikriga ko’ra, ikki davlat ilmiy tadqiqot va ta’lim 
muassasalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni faollashtirish gumanitar hamkorlikning 
ustuvor yo’nalishi bo’lishi mumkin. AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va 
Muxtor elchisi Jorj Krolning ta’kidlashicha, O’zbekiston bilan AQSH o’rtasidagi 
hamkorlik nafaqat davlatlararo aloqalarni rivojlantirish, balki xalqlarimiz 
o’rtasidagi rishtalarni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Xususan, bu borada 
ikki mamlakat fuqarolik jamiyati institutlari hamda qonunchilik organlari o’rtasida 
izchil rivojlanib borayotgan samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan, AQSH Davlat kotibining yordamchisi R.Bleyk 
O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanib borayotgani nafaqat Markaziy 
Osiyodagi qo’shni mamlakatlar uchun, balki Afg’onistonga elektr energiyasini 
etkazib berish hamda transport va temir yo’l infratuzilmasini yaratishga 
ko’maklashish orqali O’zbekistonning ushbu mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga 
yordam berayotgani muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Umuman olganda, O’zbekiston-AQSH hamkorligida iqtisodiy sohaning 
nufuzi ortib bormoqda. Mazkur hamkorlik avvalambor, ikki davlat o’rtasidagi 
munosabatlarni yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilayotgan bo’lsa, ikkinchidan 
esa, ikki davlatning milliy manfaatlaridan kelib chiqmoqda, uchinchidan esa, 
alohida qayd etish kerakki, mazkur hamkorlik mintaqadagi barqarorlikni yanada 
ta’minlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, yuqorida qayd etilgan AQSH 
va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida savdo va investitsiyalarga ko’maklashish 
to’g’risida” ko’ptomonlama bitimni imzolashdan maqsad, mintaqa davlatlari 
o’zining savdo va investitsiyaviy imkoniyatlarini oshirish, iqtisodiy rivojlanishni 
maqsad qilib olgan bo’lsa, o’z navbatida, AQSH rivojlanib borayotgan mintaqada 
iqtisodiy manfaatlarini yanada oshirish hisoblanadi. Albatta, bu omillar 
mintaqadagi barqarorlikni yanada ta’minlashga imkon beradi. Amerika investorlari 


58 
tomonidan O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni kiritilishi ikki davlat 
iqtisodiy hamkorligini hamda o’zaro ishonchli va manfaatli hamkorlikni yanada 
rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Shuningdek, o’zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qo’shma korxonalar 
sonini va mahsulotlar turini ko’paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Qulay sarmoyaviy muhit yaratilgan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida 
yuqori texnologik qo’shma loyihalarni amalga oshirish, ikkitomonlama savdo-
iqtisodiy aloqalarni hamda investitsiyaviy munosabatlarning rivojlanishiga imkon 
beradi.
Shu bilan bir qatorda, bu hamkorlikni rivojlanishining istiqbollarini 
Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyatni yanada barqarorlashtirishda 
ham ko’rish mumkin. CHunki, 2014 yildan boshlab Afg’onistondan koalitsion 
kuchlarning ma’lum bir qismi chiqib ketishini inobatga oladigan bo’lsak, undan 
tashqari qo’shni davlatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun muhim 
bo’lgan iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasining 
tutgan o’rni va mavqei yanada oshib boradi. SHu bilan bir qatorda, AQSH va 
O’zbekiston Respublikasining o’zaro hamkorligi nafaqat Afg’oniston va mintaqa 
xavfsizligiga, balki xalqaro xavfsizlik tizimiga tahdid solayotgan terrorizm va 
narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun kuchlarni birlashtirgan holda 
faoliyat ko’rsatishga, shuningdek, o’zaro hamkorlikning rivojiga ehtiyoj katta 
ekanligidan dalolat beradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling