Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


 Ikki davlat munosabatlari kesimida Afg’oniston omilining ahamiyati


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

2.2. Ikki davlat munosabatlari kesimida Afg’oniston omilining ahamiyati  
Hozirgi kunda O’zbekiston bilan AQSH o’rtasidagi ikki tomonlama 
hamkorlik keng rivojlanib bormoqda. Xususan, O’zbekiston va AQSH xavfsizlikka 
tahdid soluvchi global jarayonlar – narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi 
hamda ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishiga qarshi kurash hamda 
Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida hamkorlikni 
faol davom ettirmoqda. 2002 yil mart oyida O’zbekiston va AQSH o’rtasida 
“Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida”gi deklaratsiya O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining AQSHga tashrifi doirasida O’zbekiston tashqi ishlar 


59 
vaziri A.Komilov va AQSH Davlat Kotibi K.Pauell tomonidan imzolandi. Hozirgi 
kunda davlatlarimiz hamkorligi ushbu deklaratsiya qoidalariga muvofiq 
konstruktiv hamkorlik va manfaatlarni o’zaro hurmat qilish tamoyillari asosida 
izchil taraqqiy etmoqda. Hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq hukumatlararo va 
idoralararo kelishuvlar asosida shartnomaviy-huquqiy zamin yaratilgan
1
.
2009-2011 yillarda o’tkazilgan turli darajadagi uchrashuvlar natijalari 
bo’yicha davlatimizning manfaatlari ko’plab xalqaro va mintaqaviy muammolarda 
uyg’unligini ko’rsatmoqda. Tez o’zgaruvchan sharoitda ko’ptomonlama 
munosabatlarni qayta tiklash masalalarida murakkab va uzoq muddatli yondashuv 
asosida ikki tomonlama davlatlar orasida, mintaqamizda va butun jahonda 
zamonaviy talablarga javob beruvchi kerakli darajaga ko’tarishga intilish ikki 
davlat munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarmoqda. 2009 yilning birinchi 
yarmida AQSH o’zining Afg’onistondagi qurolli kuchlari uchun noharbiy 
ahamiyatga ega tovarlar bilan ta’minlash maqsadida bir qator yangi tranzit 
yo’llarini ochdi.
Yuklarni Afg’onistonga yetkazib berish Latviya va Gruziyada boshlanib, 
Rossiya va Qozog’iston hududi orqali o’tib, Afg’onistonning shimoliy chegara 
tomonidan O’zbekiston va Tojikiston transport yo’lagi bo’ylab amalga oshiriladi. 
Muqobil yo’llardan biri Pokistonning Karachi portidan Afg’onistonga qadar 
nobarqaror hisoblanmoqda. Bu yangi yo’nalish SHimoliy yetkazib berish tarmog’i 
(NDN) nomini oldi. Hozirgi kunda NDN uch asosiy qismdan tashkil topgan.
1) “janubiy” Gruziyaning Poti portidan boshlanadi, quruqlik orqali Bokuga 
(Ozarbayjon) qadar, kema orqali Qozog’istonning Aktau, undan O’zbekiston 
hududi orqali Afg’onistonga;
2) “shimoliy” Latviya, Gruziya, Rossiya , Qozog’iston hamda O’zbekiston
3) Latviya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston hududlaridan 
Afg’onistonga o’tadi. Agar Qo’shma SHtatlar Turkmaniston bilan tranzit 
1
Ozbekiston_AQSH_ikki_tomonlama_hamkorlikning_20_yil5i.mgr http://www.jahonnews.uz/uzb/jahon/news/ 


60 
kelishuvini imzolasa, Turkmanboshi porti Bokudan qo’shimcha tranzit punkti 
bo’lishi mumkin. 
Qirg’izistondagi “Manas” tranzit yuk tashish markazi NDN qismi 
hisoblanmaydi. Manas orqali yuk tashish amalga oshirilmaydi, faqatgina yoqilg’i 
ta’minoti va odamlar to’xtash joyi sifatida foydalaniladi. NDN tijorat 
xizmatlaridan foydalangan holda fuqarolar yuklarini transportda tashish 
infratuzilmasiga ega logistika tarmoqlari tarkibi hisoblanadi. SHimoliy yetkazib 
berish tarmog’i (SHEBT) Navoiydagi yuk aviaxabi, Kaspiy dengiz kemalaridan 
istisno tarzda avtomobil va temir yo’llaridan foydalanadi. Hozirgi kunda 
yuklarning katta qismi O’zbekiston va Qozog’iston hududidan o’tmoqda. Barcha 
Markaziy Osiyo davlatlari Amerika harbiy samolyotlarini o’z hududida uchishiga 
ruxsat berishdi.
O’zbekiston hamma Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog’langan sertarmoќ 
temir yo’lda joylashganligi SHEBTda asosiy punktlardan biriga aylanishiga sabab 
bo’ldi. 2010 yil noyabrda "O’zbekiston temir yo’llari" DAJK tomonidan 
Afg’onistonda "Xayraton - Mozori-SHarif" uzunligi 75 km bo’lgan temir yo’lni 
qurilishini tamomladi. Mazkur temir yo’l qurilishi barcha manfaatdor tomonlar 
uchun foydali hisoblanadi. Bu xususda o’zbek siyosatshunosi Yevgeniy Xan 
“Afg’oniston O’rta Osiyo bozoriga, va ... mintaqaning energiya ta’minotchilariga 
yaqinlashish vakolatini olishi zarur. O’zbekistonning Toshg’uzor-Boysun-
Qumqo’rg’on va Xayraton – Mozori Sharif magistrallarining bog’liqligi istiqbolda 
Afg’onistonni Qozog’iston va Rossiyadan resurslar olishiga imkon beradi. 
Shuningdek, bu ikki davlat ham Afg’oniston bilan hamkorlikdan manfaatdor, 
Qozog’iston uchun iqtisodiy foydali bo’lsa, Rossiya uchun bu ham iqtisodiy, ham 
strategik masaladir”
1
- deb ta’kidlagan.
Shimoliy yetkazib berish tarmog’i AQSH uchun qaltis geopolitik va logistik 
bir qator kuchlar xavfi hisoblanadi, masalan, Markaziy Osiyodagi konfliktlar NDN 
1
Енисеев М. Узбеко-афганская жд начнет работать в июле http://centralasiaonline.com/ru/articles/ caii/ 
features/politics/2011/06/29/feature-01?mobile=true 


61 
uchun jiddiy tahdid bo’lishi, Vashington va tranzit davlatlari o’rtasida konfliktlar 
keltirib chiqarishi mumkin.
Markaziy Osiyo ekspertlari ham transport yo’lagining xavfsizligi 
muammolarini tasdiqlashmoqda. O’zbekistonlik ekspertlar Termizdan Mozori 
Sharifgacha temir yo’l terroristik kuchlarning e’tiborini jalb qilib, O’zbekiston 
terrorchilarning suqilib kirish tahdidi ostida qolishi va mintaqadagi vaziyatni 
yomonlashishiga olib kelishi mumkin deb hisoblashadi. O’zbekistonlik ekspert 
Xan fikricha, haqiqatan ham bu tanganing teskari tomoni. Lekin O’zbekiston 
uchun bunday loyihani rad etish befoyda – bu uning shimoliy Afg’onistonda 
siyosiy va iqtisodiy mavqeini kuchaytiradi. O’zbekiston hozirda Xirotdan g’arbga 
yo’naltirilgan, temir yo’l tizimi bilan bog’lanuvchi Mozori-Sharif – Xirot temir 
yo’li yangi loyihasini rejalashtirmoqda. O’zbekiston temir yo’llari
kompaniyasining rasmiy vakili R.Xoliqov sharqdan Xirotgacha 1435 mm Yevropa 
temir yo’l izidan foydalanilgani, bizning temir yo’l tarmog’i 1520 mm standartda 
bo’lishi iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolar keltirib chiqarishi haqida fikr 
bildirgan. MDH davlatlari Sobiq Ittifoq davridagi kengroq temir yo’l tizimidan 
foydalanmoqda. “bu ikki tarmoqni birlashtirish Afg’onistondan qo’shimcha 
lokomotiv va vagonlar sotib olishni talab qiladi”
1
– deydi Xoliqov.
NDNdan foydalanish Markaziy Osiyoda eksport qiluvchi davlatlar uchun ba’zi bir 
muammolarni keltirib chiqaradi. Ko’plab Markaziy Osiyo va Afg’onistondan yuk 
tashuvchilar Shimoliy yetkazib berish tarmog’i orqali O’zbekiston va Afg’oniston 
o’rtasidagi chegaradan o’tish jarayonida quyidagi muammolarga uchraydi:
O’zbekiston va Afg’oniston chegarasida yuklarni ushlab qolinishi, uzoq vaqt 
davomida transport, bojxona va fitosanitariya nazorati tartibi;
Qozog’iston-Qirg’iziston-Tojikiston avtomobil yo’llarining sifat 
darajasining pastligi va ob-havo sharoiti;
1
 
Енисеев М. Узбеко-афганская жд начнет работать в июле http://centralasiaonline.com/ru/articles/ caii/ 
features/politics/2011/06/29/feature-01?mobile=true 


62 
Afg’onistonga temir yo’l bilan tranzit yuklarni O’zbekiston orqali yetkazib 
berishda yuk tashuvchi avtomobil transportlarni chegarada uzoq vaqt belgilangan 
tartibdan o’tishi, xuddi shunday yuklarni ushlanib qolishi;
1
Shuning uchun, Asosiy Xaridorlar asosiy tranzit yuklarni olib o’tish markazi 
sifatida Manas aeroportidan foydalanadi. 2011 yil o’rtalaridan boshlab AQSH 
Mudofaa vazirligi N-11 “Yuklarni tashish sohasida O’zbekistonga taaluqli 
qoidalar” nizomi amal qilmoqda.
AQSH va Qirg’iziston o’rtasidagi Manas aviabazasi ijarasi bo’yicha 
hukumatlararo Bitim 2014 yil iyunga qadar amal qiladi, shundan kelib chiqib, 
O’zbekiston orqali, uning geografik joylashuvini hisobga olib, yuklarni olib o’tish 
muqobil yo’lini ko’rib chiqish zarur. Bir tomondan, O’zbekiston va Afg’oniston 
o’rtasidagi temir yo’l tizimidan boshqa temir yo’l tizimi mavjud emas. 
Afg’onistondagi Amerika qo’shinlari uchun 60%ga yaqin yoqilg’i yetkazib berish 
SHEBT orqali yetkazib berilmoqda hamda ularning asosiy qismi Termiz-Xayraton 
punkti orqali Mozori-Sharifga qadar o’tadi.
Shimoliy yetkazib berish tarmog’ini rivojlantirish maqsadida NDN bo’yicha 
yuklar va Markaziy Osiyodan sotib olinadigan mahsulotlar xajmini kengaytirdi. 
Markaziy Osiyo davlatlari Afg’onistonni rivojlantirish dasturiga kiritilgan 
(Afg’oniston iqtisodiyotini qayta tiklash va mustahkamlash bo’yicha kechiktirib 
bo’lmaydigan chora-tadbirlar siyosati ).
AQSH Mudofaa vazirligining (MV) front ortidagi ta’minot agentligi (DLA) va 
umumiy xizmat Boshqarmasi (GSA) Termizda Afg’onistonga jo’natilishidan oldin 
tovarlar to’planadigan “virtual magazin” tashkil qildi. Biroq, umumiy 
harakatlanish mintaqaviy yetkazib berish AQSH Mudofaa vazirligining qattiqqo’l 
siyosati kuchi bilan sekin amalga oshirilmoqda. Mahsulotni yetkazib berish 
1
проект Агентства Международного Развития США по региональному экономическому сотрудничеству
Отчет по барьерам, выявленным при поставках товаров для нужд Министерства обороны США в 
Афганистане из Центральной Азии. 
Контракт № AID-176-TO-11-00001 


63 
talablaridan biri, ijrochi tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishi, yetkazib beruvchi 
“maqsadga erishishga yo’naltirilgan” bo’lishi kerak.
Markaziy Osiyoda AQSH Mudofaa vazirligi uchun zarur mahsulotlarni sotib olish 
va jo’natish asosiy yetkazib beruvchilar «TWI», «Seven Seas» (TMC), «Supreme 
Food», «An’am» va DLA sotib olish bo’yicha Guruhi orqali amalga oshiriladi. 
Ular quyidagilarni:

AQSH MV uchun zarur tovar va xizmatlarni amalga oshirish;

Xarbiy qism tovarlarini sotib olish, saqlash;

Afg’onistondagi AQSH MV uchun zarur bo’linmalari orasida tovarlarni 
transportda tashish va tarqatishni ta’minlaydi. 
Hozirgi kunda AQSH MV uchun zarur sotib olinayotgan mahsulotlar tarkibi: 
elektr generatorlari va unga detallar, elektr panellar va kabel bog’lovchilar, 
yog’och-taxtalar, ichki truboprovodlar, ISHXHS tizimi (isitish, shamollatish, havo 
haroratini saqlagich); jihozlar; kabellar; taxtalar; qurilish anjomlari; devor; 
vaqtinchalik yashash chodirlari; yorug’lik uskunalariva boshqa shunga o’xshash 
mahsulotlarni o’z ichiga oladi.
O’zbekistondan DLA uchun 2011 yil oktyabridan dekabriga qadar sotib 
olingan mahsulotlar 16 073 797 dollarni tashkil qilgan. Mazkur ko’rsatkich 
DLAning (2011 iyul – sentyabr oyi) kvartaliga taqqoslaganda mahsulot sotib olish 
xajmini 122% o’sganini yoki 2011 moliyaviy yildagi umumiy sotib olingan ($25 
092 744) summaning 56%ni namoyon etadi. 2011 yil oktyabr - dekabr oyi 
davomida GSA uchun O’zbekistondagi sotib olgan mahsuloti $853 054 tashkil 
qilgan bo’lib, oldingi kvartalga taqqoslaganda 148%ga oshgan. DLA va GSAning 
O’zbekistondagi umumiy xaridi 2012 moliyaviy yil (oktyabr - dekabr 2011) uchun 
$16 926 85 tashkil qilgan. Mazkur ko’rsatkich 2011 moliyaviy yildagi ($25 724 
192) umumiy xaridni 66%ni tashkil etgan.
2009 yil dekabrь oyida Vashingtonda o’tkazilgan o’zbek-amerika siyosiy 
maslahati birinchi bosqichi ikki davlat orasidagi siyosiy muloqotlarning 
institutlashtirilganidan dalolat bermoqda. Siyosiy maslahatlashuvning ikkinchi 
bosqichi 2011 yil fevral oyida Toshkent shahrida o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, ikki 


64 
davlat orasidagi hukumatlararo aloqalar mustahkamlana boshlandi. Xususan, 
AQSH Kongressi bilan amaliy suhbat belgilandi. Siyosiy maslahatlashuvning 
uchinchi bosqichi 2012 yilning 15-17 avgust kunlari Toshkent shahrida bo’lib 
o’tdi.
2010 yil 19 fevral kuni Prezident Islom Karimov Toshkentdagi Oqsaroy 
qarorgohida AQSHning Afg’oniston va Pokistondagi maxsus vakili R.Xolbrukni 
qabul qilib, Afg’on muammosini hal etishda O’zbekiston pozitsiyasi bo’yicha fikr 
almashindi. 
O’zbekiston-Amerika 
hamkorligining 
ustuvor 
yo’nalishini 
Afg’onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash tashkil etishini 
e’tirof etishdi. R.Xolbruk Afg’on muammosini bartaraf etishda O’zbekistonning 
pozitsiyasi muhim ahamiyatga molikligini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, 
AQSH ma’muriyati O’zbekiston bilan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda 
hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini hamda o’zaro manfaatli ikki 
tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha mulohaza 
yuritildi.
AQSH 2014 yilga qadar Afg’oniston hududidan o’z qo’shinlarini olib 
chiqadi. Afg’oniston hududida “Tolibon” harakatiga qarshi yo’naltirilgan NATO 
harbiy harakatlari 2001 yilda boshlangan edi. Harbiy operatsiyalarda asosiy 
ahamiyatdagi AQSH qurolli kuchlari 10 yil davomida 1605 kishidan ortiq vafot 
etgan, 11684 jarohatlangan harbiylarini yo’qotgan
1
.
AQSH Prezidenti B.Obama Amerika Qo’shma Shtatlari o’z qo’shinlarini 
Afg’onistondan olib chiqishi haqida e’lon qilib, qo’shinlarni olib chiqilishi 2014 
yilda tugatilishini ma’lum qilgan.
AQSH va uning ittifoqchi kuchlarining Afg’onistondan 2014 yilda tugallanishi 
taxmin qilinayotgan chiqish jarayoni Markaziy Osiyoda keng ko’lamli hodisaga 
sabab bo’ladi. Yangi afg’on tizimining mamlakatdagi jarayonlarni g’arb 
qo’shinlari chiqib ketgandan keyin o’z nazorati ostiga olishi jiddiy shubha 
tug’dirmoqda. Afg’oniston katta ko’lamli fuqarolar urushi xolatiga qaytishi yoki 
yana avvalgi toliblar nazoratiga o’tishi, hozirda tinch sharoitda parchalanish xolati 
1
США_начинают_вывод_войск_из_Афганистана http://ru.wikinews.org/wiki/ 


65 
chegarasida muvozanat saqlayotgan davlatlar (masalan, Qirg’iziston va Tojikiston) 
uchun “poroxli bochka” vazifasini o’ynashi mumkin
1
.
.
Natijada, 2014 yilda amerika Bunday vaqtda, AQSH va uning ittifoqchilari 
qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishining e’lon qilinishi, bu xususda 
AQSH rasmiy shaxslarining tamoman bir xil xabar berishi va bu mamlakatda 
Amerika harbiy ishtirokini tugatishini anglatmaydi. AQSH qo’shinlari 2014 
yilgacha Afg’on kuchlari tuzilmasi toliblarga qarshi kurash vazifasini o’z 
nazoratiga olguniga qadar turishi shart.
2012 yil oktyabr holatiga, AQSH qurolli kuchlari umumiy soni, NATO bo’yicha 
amerika ittifoqchilariva boshqa davlatlar – NATO boshchilik qiladigan Xalqaro 
tinchlikparvar kuchlari International Security Assistance Force (ISAF) kontingenti 
qatnashchilari 104,9 ming kishini tashkil qilgan. Mazkur kontingent asosini 
Amerika kuchlaridan (68 ming) tashkil topgan. ISAF nazoratida 10 mingga yaqin 
Amerika harbiy xizmatchilari mavjud. Shuningdek, ISAF tarkibida Buyuk 
Britaniyaning (9500), Germaniya (4700), Italiya (4000), Frantsiya (2418), 
Polshaning (1800) harbiy xizmatchilari mavjud. 2008-2009 yillarda Amerika va 
ittifoqchi qo’shinlar sonini tezkor oshirish sodir bo’ldi (bunga qadar mintaqada 
Amerika kontingenti 30 ming kishini tashkil qilgan). Mazkur xolat bir tomondan 
amerika kuchlarining Iroqdagi vaziyat qisman barqarorlashganligi sababli, boshqa 
tomondan – Afg’oniston va Shimoliy Pokistonda vaziyatning yomonlashuvi bilan 
bog’liq edi.
Biroq, 2010 yil yanvarda Afg’oniston bo’yicha konferentsiyada ittifoq 
qo’shinlarini istiqboli va Afg’onistondan chiqish taxminiy muddati belgilandi. 
Afg’oniston nobarqaror rayonlarda asosiy og’ir operatsiyalar o’tkazishni o’ziga 
olish imkoniyati haqida ma’lum qildi. 2010 yil dekabrda AQSH Prezidenti Barak 
1
Vyvod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://mir-politika.ru/1832-html


66 
Obama 2011 yil iyulidan amerika qo’shinlarini mamlakatdan chiqishni boshlashi 
va uni tugatilishi 2014 yil oxiriga qadar davom etishi haqida ma’lum qildi
1
.
2011 yil iyunda Obama yil oxiriga qadar Afg’onistondan 10 ming va 2012 yilda 23 
ming kishi chiqishi haqida ma’lum qilgan.
Afg’onistonda AQSH qo’shinlari 100 ming kishiga yetgan edi. Amerika 
qo’shinlari miqdorini qisqartirishning yangi bosqichi iyunь oyidan sentyabrь oyida 
bo’lib o’tib, 23 ming kishi Afg’oniston hududidan chiqib ketgan.
AQSH Prezidenti Obama va Afg’oniston Prezidenti Xamid Karzay 2012 yil 
may oyida uzoq muddatli strategik hamkorlik to’g’risida Bitim imzolab, AQSH 
kuchlarini Afg’onistondagi ishtirokini kelgusida chegaralash bo’yicha huquqiy 
asos o’rnatilgan. Bunga ko’ra, afg’on xavfsizlik kuchlari 2013 yil oxiriga qadar 
toliblarga qarshi kurash operatsiyasi ma’suliyatini olishi va ISAF kontingentini 
mamlakatdan chiqishi 2014 yil oxiriga qadar tugallanishi shart bo’ladi.
Ekspertlar maqolalarida 2013 yil oxiriga qadar 60 ming kishi miqdoridagi 
kontingent mamlakatda saqlash imkoniyatiga ruxsat etilishi mumkin.
Qo’shinlarni Afg’onistondan chiqish dinamikasi harbiy harakatlar 
rivojlanish jarayoniga bog’liq bo’ladi. Afg’on xavfsizlik kuchlari miqdori 2012 yil 
oktyabrga 
qadar 
352 
mingni 
tashkil 
qilishi 
kerak 
edi. 
Afg’oniston 
Respublikasining oktyabr oyi o’rtalarida bergan ma’lumotlariga ko’ra, armiya 
184676 kishi, politsiya – 146339 kishini tashkil qilgan
2
.
Rossiya pozitsiyasi, Amerikaning Afg’onistondagi ishtirokiga ikki taraflama 
munosabatda bo’lmoqda: bir tomondan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 
ma’lumotlariga muvofiq, mazkur ishtirok tugatilishi kerakligi ta’kidlanmoqda. 
Ikkinchi tomondan, Rossiya horijiy qo’shinlarni chiqishi sun’iy aniqlanishiga 
qarshi chiqmoqda. Rossiya AQSH va ittifoqchilari samarali afg’on xavfsizlik 
1
Vyivod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://www.mezon.uz/world-news/ 
politika/482 
2
Vyivod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://www.mezon.uz/world-news/ 
politika/482


67 
kuchlarini barpo etgunga qadar Afg’onistonda bo’lishini, shundan so’ng 
Afg’onistondan va maqsadga muvofiq butun mintaqadan ketishini xohlaydi
1
.
O’z vaqtida, mudofaa vaziri Leon Panetta AQSH harbiy kontingentini bir 
qismini 2014 yildan keyin ham Afg’onistonda qoldirishi zarurligini, chunki “Al-
Qoida” guruhi mamlakatda mavjudligini va o’z ta’sir doirasini kuchaytirishga 
harakat qilishini ma’lum qilgan
2
.
2012 yilning may oyida Vakillar Palatasi mudofaa siyosati to’g’risida qonun 
loyihasini qabul qilgan. Unga ko’ra, Kongressning quyi Palatasi Obamani 2014 yil 
oxiriga qadar favqulodda 68 ming askarni Afg’onistonda saqlashga chaqirmoqda. 
Qo’shimcha kontingent chiqarilgandan keyin, mamlakatda mazkur miqdordagi 
Amerika harbiylari qolgan
3
.
Ta’kidlash joizki, 2 yil avval Amerika soldatlari “Tolibon” harakati va “Al-
Qoida”ga yaqin guruhlar faolligi oshganda yordam sifatida yo’naltirilgan 33 ming 
AQSH harbiy xizmatchilari Afg’onistondan chiqarildi. 33 ming soldat va ofitserlar 
Afg’onistonni tark etgandan so’ng, mamlakatda 68 ming amerikalik va 40 ming 
harbiy NATOga a’zo mamlakatlardan xizmatni davom ettirmoqda. So’nggi 
vaqtlarda, Afg’oniston janubiy-g’arbi va janubida, shuningdek, sharqda Pokiston 
chegarasida nobarqaror vaziyat saqlanib qolmoqda.
NATO Bosh kotibi Andres Fog Rasmussen 2014 yilda alьyans davlatlar 
qurolli kuchlari Afg’oniston hududini tark etishini va mamlakatda faqatgina milliy 
armiyani o’rgatish bo’yicha instruktorlar qolishini tasdiqlagan
4
.
Shuningdek, Barak Obama ham o’z qo’shinlarini Afg’oniston hududidan 
olib chiqqandan so’ng, afg’on xavfsizlik kuchlari mamlakatning tinchligi va 
xavfsizligini ta’minlash ma’suliyatini qabul qilishini ta’kidlab o’tgan.
Bundan ular keng miqyosda AQSHdan moddiy-texnik va moliyaviy yordam 
olishadi, shuningdek, Afg’onistonda ilgarigidek AQSHning maxsus xizmatlari va 
maxsus kuchlari hamda ularning ittifoqchilari faoliyat yuritishi taxmin 
1
Vyvod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya. http://mir-politika.ru/1832html 
2
Сенат США потребовал ускорить вывод войск из Афганистана/ http://lenta.ru/news/2012/11/30/quicken/
3
Сенат за ускоренный вывод войск из Афганистана/http://www.kp.ru/daily/25994/2923463/
4
США начинают вывод войск из Афганистана/ http://actualcomment.ru/news/27523/


68 
qilinmoqdaqo’shinlarini asosiy qismini chiqishini qo’rquv bilan kutayotgan 
mintaqaviy “o’yin ishtirokchilari” Amerika harbiylarini doimiy Osiyoning 
markazida bo’lishi istiqboliga bezovtalanmoqda. Ehtimol, Afg’onistondagi 
Amerikaning harbiy faolligi ma’lum vaqtdan so’ng, nafaqat antiterroristik 
maqsadlarni ta’qib qilishi mumkin, balki, Amerikaning Afg’onistondagi harbiy 
ishtiroki masalalari alohida davlatlar, masalan Rossiya yoki Xitoy pozitsiyasidan 
qaraydigan bo’lsak, biri birini inkor qiladigan qarama-qarshi tavsiflarni keltirib 
chiqarmoqda
1
.
Asosiysi shuki, muammo turli yo’nalishlardagi qator turli Afg’onistondagi 
guruhlar va manfaatdor guruhlar bilan munosabatdagi mintaqaviy va yirik 
mintaqadan tashqaridagi “o’yin ishtirokchilari”ni o’zida ifodalamoqda. Mazkur 
ishtirokchilar uchun AQSHning istiqboldagi rejalarining noaniqligi jarayonni 
yanada murakkablashtirmoqda.
Bu 
borada, 
O’zbekiston Respublikasi Afg’onistonda tinchlik va 
barqarorlikni hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha AQSH bilan 
hamkorlikni rivojlantirib, hamkorlik doirasida ikki davlat o’rtasida amaliy 
tashriflar olib borilmoqda. Ikki davlat o’rtasida mazkur masalani hal etish bo’yicha 
muzokaralar olib borilmoqda.
Xususan, 2010 yilning aprelь-may va iyunь oylarida Oliy Majlis va 
fuqarolik jamiyati vakillarining AQSHga tashrifi sermazmun bo’ldi. AQSH 
O’zbekistonning Afg’onistondagi tinchlik va barqarorlik o’rnatilishidagi 
ahamiyatini yuqori baholaydi. Tashrif davomida Vashingtonda hozirda Toshkent 
bilan afg’on muammosini bartaraf etish bo’yicha jiddiy natijalarga erishilganligi 
ikki davlat vakillari tomonidan e’tirof etildi. Xususan, “Afg’onistonga noharbiy va 
gumanitar yuklarni yetkazishda O’zbekistonning hissasi Janubiy Osiyodagi 
xalqaro terrorizmga samarali qarshi turishda” katta ahamiyatga ega ekanligi 
ta’kidlandi.
1
Vyvod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://mir-politika.ru/1832html 


69 
Bundan tashqari, 2010 yil 15-17 noyabrь kunlari AQSH Markaziy 
Qo’mondonlik (USCENTCOM) generali J.Mettis O’zbekistonga tashrif buyurdi. 
Tashrif chog’ida hukumat rasmiylari bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalari, 
xususan, Afg’onistondagi jarayonlar to’g’risida fikr almashishdi. Tashrif davomida 
general J.Mettis hamda O’zbekiston Mudofaa vaziri Q.Berdiev ikki davlat tegishli 
idoralari o’rtasida “2011 yil xavfsizlik bo’yicha hamkorlik” Dasturini imzoladi.
2010 yilning 2 dekabrь kuni yurtboshimizning AQSH Davlat Kotibi Xillari 
Klinton bilan uchrashuvi O’zbekiston-AQSH hamkorligining rivojlanishiga turtki 
bergan muhim omillardan biri bo’ldi. Bu o’z navbatida ikki tomonlama 
hamkorlikning siyosiy, savdo va iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy hamda gumanitar 
sohalarda yangi sifat bosqichida rivojlanishiga imkoniyat berdi. Uchrashuv 
chog’ida ikki tomonlama aloqalar xalqaro terrorizm, narkotrafikka qarshi kurash, 
davlat chegaralarini himoyalashni o’z ichiga qamrab oluvchi mintaqaviy 
xavfsizlikni ta’minlash masalalari munozara etildi. Ikki tomon bu yo’nalishda 
doimiy tarzda tajriba almashinib, turli dasturlar doirasida mutaxassislar uchun 
o’quv mashg’ulotlari tashkil qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
o’zbek-amerika munosabatlarini turli sohalarda sherikchilik va o’zaro tushunish 
asosida qurilishini ta’kidladi. Shuningdek, AQSH bilan ikki tomonlama hamkorlik 
dinamikasi yuksak darajada ortib borayotganini, ikki tomon hamkorligida, 
mintaqaviy masalalarning yuqori cho’qqisida o’zaro manfaat turishiga umid 
bildirdi.
Ta’kidlash joizki, suhbat davomida O’zbekiston Afg’onistonni ijtimoiy-
iqtisodiy qayta tiklashda faol ishtirok etayotganligi aytib o’tildi. O’zbekiston 
AQSH 
tomonidan 
yuboriladigan 
insonparvarlik 
va 
noharbiy 
yuklarni 
Afg’onistonga o’tkazishda, shuningdek, mamlakatni elektr energiyasi bilan 
ta’minlashda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda hamda transport 
kommunikatsiyasi qurilishida ko’maklashuv va amaliy yordam ko’rsatmoqda. 
Birgina, 2010 yilda Afg’onistonga elektr energiyasi uzatilishi ko’lami o’tgan 
yillarga qaraganda 6 baravarga o’sdi. O’zbekistonlik mutaxassislar oktyabrь oyida 


70 
Xayraton-Mozori-SHarif yo’nalishida muhim strategik temir yo’l qurilishini 
yakunlangani to’g’risida fikr almashishdi
1
.
Shuningdek, strategik jihatdan muhim bo’lgan temir yo’l qurilishini davom 
ettirilishi bo’yicha Mozori-Sharif-Xirot yo’nalishi loyihasi hamda Eronning 
transport-kommunikatsion tizimini Xirotga qadar uzaytirish loyihalari istiqbolda 
Markaziy Osiyo davalatlarini janubiy dengizlarga chiqish imkoniyatini beradi. 
Bunda O’zbekistonning temir yo’l transport tizimi asosiy ahamiyatga ega bo’lib 
boradi. Hozirda Afg’onistonni tashqi dunyo bilan bog’lovchi temir yo’l tizimi 
faqat O’zbekiston hududi bilan bog’langanligini inobatga olsak, AQSH uchun o’z 
qo’shinlarini Afg’oniston hududidan olib chiqishida Xayraton-Mozori-Sharif 
yo’nalishidagi temir yo’l transport tizimi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
O’zbekiston hududi Markaziy Osiyoning markazida joylashganligi hamda 
Afg’oniston bilan bog’langan yagona temir yo’l transport kommunikatsion 
tizimining 
mavjudligi 
AQSH 
bilan 
O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlik 
rivojlanishiga turtki bo’ldi.
2011 yilning 22 oktyabrь kuni X.Klintonning O’zbekistonga qayta tashrifi 
ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamladi. Uchrashuv 
davomida mamlakat Prezidenti Islom Karimov ikki davlat o’rtasidagi sherikchilik 
munosabatlari tenglik va hurmat printsiplariga asoslanib o’rnatilishini e’tirof etib, 
mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni saqlab qolishda birgalikda hamkorlikni 
davom ettirishini ta’kidlagan. O’z navbatida, AQSH Davlat kotibi davlatining 
kelgusidagi O’zbekiston bilan o’zaro samarali hamkorligi yaxshilanib borishini 
tasdiqladi.
O’zbekiston va AQSH hamkorligida to’plangan mustahkam tajriba keng 
ko’lamda siyosiy masalalarda, ishlab chiqarishning savdo-iqtisodiy, investitsiya va 
xavfsizlik sohalarida muloqot, o’zaro tushinish ruhida ikkitomonlama hamkorlikni 
yangi sifat darajasiga ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda.
1
Islam Karimov Meets with US Secretary of State/ http://www.uzbekistan.org/uz_us_relations/archive/882/ 


71 
Amerika ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari xalqimizning konstruktiv 
siyosatini mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda markaziy ahamiyatga 
ega ekanligini ta’kidladi. Telefondagi bo’lib o’tgan suhbat davomida, ikki davlat 
rahbarlari davlatlarimiz ishtiroki hamda xalqaro va mintaqaviy ishlar manfaatli 
munosabatlarni o’rnatishga kelishildi. Shu tarzda, AQSH Davlat kotibi X.Klinton 
Islom Karimovga Afg’on inqirozini bartaraf etish va Afg’onistonda ijtimoiy-
iqtisodiy qayta qurishda berayotgan amaliy yordamlarini alohida ta’kidlab o’tgan. 
Tomonlar ikki davlatning fuqarolik jamiyatlari o’rtasida muloqot va hamkorlik 
qilish masalalarida fikr almashishdi
1
.
2011 yil 31 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
Oqsaroyda AQSH Prezidenti Milliy Xavfsizlik bo’yicha maslaxatchisi o’rinbosari 
D.Makdonani qabul qildi. Uchrashuv davomida davlat ahamiyatiga molik 
masalalar va ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinib, 
tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari o’zaro manfaatli jihatlari 
bo’yicha fikr almashdilar. D.Makdona AQSH Prezidenti B.Obama yo’llagan 
xabarini davlatimiz rahbariga yetkazib, O’zbekistonning Afg’onistonni ijtimoiy-
iqtisodiy qayta tiklashdagi ishtirokini AQSH hukumati yuksak darajada qadrlashini 
alohida e’tirof etdi.
2011 yilning 25 avgustida O’zbekiston Prezidenti AQSH Respublikachi 
Senatori L.Greyxem bilan Oqsaroyda uchrashdi. Uchrashuv chog’ida davlat 
rahbari O’zbekiston bilan AQSH hamkorligini yuqori qadrlab, aloqalarning 
istiqbolini ijobiy baholashini e’tirof etgan. Oqsaroydagi suhbat keng ko’lamdagi 
xalqaro va mintaqaviy masalalarni, xususan, muhokama o’z tarkibiga 
Afg’onistonda tinch hayotni qayta ta’minlash yo’lida O’zbekistonning faol harakat 
qilayotgani hamda Afg’onistondagi nobarqaror siyosiy vaziyatdan so’ng yuzaga 
kelgan inqirozni bartaraf etish masalalarini qamrab oldi. Mamlakatdagi iqtisodiy 
qayta tiklash, siyosiy barqarorlik va aholini me’yoriy hayotga qaytarish masalasi 
hozirgi kunga qadar muammoligicha qolayotganini ta’kidladi.
1
Uzbekistan, 
US 
sign 
Science 
and 
Technology 
Cooperation 
Agreement
http://www.uzbekistan.org/uz_us_relations/archive/988/ 


72 
Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishiga sabab bo’lgan 
omilardan biri sifatida AQSH Kongressi 2011 yil 22 sentyabrda O’zbekistonga 
qarshi sanktsiyalarni bekor qilib, Kongress O’zbekistonga harbiy yordamni 
cheklovlarni olib tashlashga qaror qilinganini ko’rsatib o’tish mumkin. Qaror 2011 
yil sentyabrь oyi boshlarida AQSH Prezidenti B.Obama ma’muriyati tomonidan 
Kongressga taqdim etilgan harbiy yordamni cheklovni olib tashlash to’g’risidagi 
taklifidan keyin qabul qilindi
1
.
2011 yil 28 sentyabrь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimov va AQSH Prezidenti B.Obama telefon orqali suhbatlashishdi. Prezident 
B.Obama O’zbekiston xalqi va Prezidentini mustaqillikning 20 yillik tantanasi 
bilan muborakbod etib, O’zbekiston taraqqiyoti istiqbolda yanada yuksalib 
borishini o’zining samimiy tilaklari bilan ifodalagan.
AQSH Prezidenti O’zbekistonning 20 yillik rivojlanish yo’lida amalga 
oshirgan ishlarini yuksak baholab, O’zbekiston tomonidan taklif qilinayotgan 
tashabbuslar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga 
qaratilganini ma’lum qildi. B.Obama AQSHni O’zbekiston bilan keng ko’lamda 
savdo, iqtisodiy va investitsiya loyihalari, ikki xalqning fuqarolik jamiyatlari 
o’rtasida aloqalarni o’rnatish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro 
va mintaqaviy masalalardagi munosabatlarini istiqbolli sohalarda kengaytirish va 
mustahkamlash zarurligiga yetarli asos keltirib o’tdi. Prezident B.Obama 
O’zbekistonning Afg’on inqirozini bartaraf etish va Afg’onistonda tinchlikni 
ta’minlashda AQSH hukumatini qo’llab kuvvatlayotgani uchun minnatdorlik 
bildirdi. Ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni ochiq va tamomila 
rivojlangan siyosiy muloqot yaxshilanib borishida umumiy manfaatlarga amal 
qilib, o’zbek-amerika hamkorligi o’zaro xurmat va ishonch tamoyillari asosida 
qurilishini tasdiqlashdi
2
.
1
Конгресс США отменил санкции против Узбекистана. kongress-ssha-otmenil-sankcii-protiv-uzbekistana html. 
http://sngdaily.ru/2011/09/23/ 
2
Uzbekistan, 
US 
sign 
Science 
and 
Technology 
Cooperation 
Agreement 
http://www.uzbekistan.org/uz_us_relations/archive/988/ 


73 
2012 yilning 12 iyunь kuni AQSH Davlat Kotibi o’rinbosari V.Berns 
O’zbekiston Prezidenti qabulida bo’lib, Oqsaroydagi suhbat jarayonida xalqaro va 
mintaqaviy muammolar, Afg’onistondagi barqarorlikni ta’minlash masalalari 
muhokama etildi. O’z navbatida V.Berns O’zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy va 
gumanitar sohalarda AQSH rahbariyati manfaatli hamkorlikni rivojlantirish 
tarafdori ekanligini ta’kidlagan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 avgust kuni 
Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari 
bo’yicha yordamchisi R.Bleykni qabul qildi. O’zbekiston Respublikasi bilan 
AQSH o’rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasida ishtirok etish 
uchun Amerika davlat tashkilotlari va xususiy kompaniyalari vakillaridan iborat 
delegatsiya 
tashrif 
buyurdi. 
Uchrashuv 
chog’ida davlatimiz Prezidenti 
O’zbekiston-AQSH muloqoti izchil rivojlanib, mazmunan boyib borayotganini, 
o’zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tomonlarning 
intilishlari mushtarak ekanini alohida ta’kidladi.
Tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarning muhim sohalaridagi 
hamkorlikning bugungi xolati va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tashqi 
siyosat mahkamalarining muntazam muloqotlari, parlamentlararo munosabatlar, 
davlatlararo darajadagi har tomonlama hamkorlik hamda ikki mamlakat fuqarolik 
jamiyati vakillari o’rtasidagi aloqalar haqida so’z bordi. Tomonlar Afg’oniston va 
Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojlanishi, xavfsizlik va barqarorlikni 
ta’minlash masalalari, shuningdek, mamlakatlarimiz manfaatlariga daxldor boshqa 
muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
SHu bilan bir qatorda, R.Bleyk AQSH rahbariyati O’zbekistonning 
mintaqada xavfsizlik va izchil rivojlanishni ta’minlashdagi, Afg’onistonni tinch 
yo’l bilan tiklashdagi rolini yuksak baholashini, shuningdek, ikki davlat o’rtasida 
har tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitishdan manfaatdor 
ekanini e’tirof etdi.
AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha 
o’rinbosari Robert Bleyk O’zbekiston va Afg’onistonni temir yo’l bog’lab 


74 
turganligi uchun xalqaro koalitsiya kuchlari yuklarining katta qismi O’zbekiston 
hududidan o’tishini ta’kidlagan
1
.
Shuningdek, 2014 yildan keyin hamAfg’oniston 
muammosi AQSH va O’zbekiston munosabatlarining asosiy qismi bo’lib qolishi 
haqida fikr bildirgan.
Joriy yilning 25 aprelida R.Bleyk Toshkentga tashrifida so’zlagan nutqida 
O’zbekiston NATO qo’shinlari Afg’onistondan chiqqandan keyin ham Obama 
ma’muriyati siyosatida ustuvorligini saqlab qolishini ma’lum qilgan. Xavfsizlikka 
ko’maklashuvchi xalqaro kuchlarning O’zbekiston hududi orqali chiqishi haqida: 
“Afg’onistondagi postlarimizning katta qismi O’zbekiston hududi orqali olib 
ketiladi. Sababi – Afg’oniston bilan bog’langan yagona temir yo’l O’zbekistonda 
mavjudligini e’tirof etgan. Uning fikriga ko’ra, tashrif davomida mazkur masala 
bo’yicha O’zbekiston bilan yaxshi natijalarga erishgan va u kelgusida davom etadi. 
Shu bilan bir qatorda, R.Bleyk NATO qo’shinlari harbiy texnikalarni 
O’zbekistonda qoldirilishi hozirda muhokama bosqichida ekanligini ma’lum qildi.
2013 yil 11-13 mart kunlari AQSHga tashrifi mobaynida O’zbekiston Tashqi 
ishlar vaziri A.Komilov Vashingtonda AQSH Davlat kotibi Jon Kerri bilan 
muloqot o’tkazdi. Tashrif mobaynida Afg’onistondagi jarayonlar va mintaqaviy 
xavfsizlik masalalari muhokama etildi. O’z navbatida, O’zbekiston Tashqi siyosiy 
idorasi boshlig’i O’zbekistonning AQSH bilan Afg’oniston va Markaziy Osiyoda 
tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha uzviy hamkorligimiz bor va biz 
mazkur yo’nalishda davom ettirilishini ma’lum qildi
2
.
Umuman olganda, O’zbekiston – AQSH munosabatlari 1991-2013 yillar 
davomida AQSH hukumati O’zbekiston bilan barcha sohalarda manfaatli 
aloqalarni o’rnatish va mustahkamlashni alohida e’tiborga olgan xolda hamkorlikni 
amalga oshirmoqda. O’zbekiston-AQSH xavfsizlik sohasidagi hamkorligi 
mintaqada, asosan, Afg’onistonda tinchlikni saqlash va barqarorlikni ta’minlashga 
qaratilgan bo’lib, bunda O’zbekiston tomoni Afg’onistonga insonparvarlik va 
1
Отношения США с Узбекистаном - это больше, чем сотрудничество по Афганистану – Госдеп 
http://www.trend.az/regions/casia/uzbekistan/2143794.html 
2
Глава МИД Узбекистана обсудил с госсекретарем США "мир и стабильность в Афганистане 
http://www.regnum.ru/news/1635474.html 


75 
noharbiy yuklarni yetkazib berishda tranzit vazifasini bajarib beradi. Ikki davlat 
o’rtasidagi hamkorlik Afg’oniston kesimida olib borilmoqda. O’zbekiston 
mintaqaviy 
xavfsizlik 
va 
barqarorlikni 
ta’minlash hamda AQSHning 
Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash kesimida yetakchi hamkorlaridan biriga 
aylanmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston-
AQSH munosabatlarida mintaqaviy havfsizlikni ta’minlash O’zbekistonning temir 
yo’l transport-kommunikatsion tizimi orqali Markaziy Osiyo davlatlarining 
janubiy dengiz portlariga chiqish imkoniyati oshib borib, bunda O’zbekiston 
mintaqada markaziy ahamiyat kasb etib boradi. Bu omil AQSH hukumati uchun 
o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishida O’zbekistonning birlamchi 
ahamiyatga ega bo’lib borishiga sabab bo’lib bormoqda. 2014 yilga qadar AQSH 
xarbiy kontingentini Afg’oniston hududidan olib chiqishda va mamlakatga 
insonparvarlik va noharbiy yuklarini yetkazib berishda hamda ikki davlat 
munosabatlarida O’zbekiston temir yo’l transport tizimi muhim ahamiyatga ega 
bo’lib boradi. Geosiyosiy jihatdan strategik mintaqada joylashgan O’zbekistonning 
AQSH bilan aloqalarini mustahkamlashi Markaziy Osiyo mintaqasida AQSHning 
strategik hamkorlaridan biriga aylanishi, xususan, mintaqaviy xavfsizlik va 
barqarorlikni ta’minlash bo’yicha tashabbuslarini amalga oshirishdagi o’zaro 
ishonchli hamkorligining faollashuviga olib keladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling