Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


II BOB. HOZIRGI KUNDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana28.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1012944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

II BOB. HOZIRGI KUNDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA 
AMERIKA 
QO’SHMA 
SHTATLARI 
O’RTASIDAGI 
MUNOSABATLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI  
§2.1. 
O’zbekiston 
– 
AQSH 
hamkorligining 
ustuvor 
yo’nalishlari......................................................................................................... 50
§2.2. 
Ikki 
davlat 
munosabatlari 
kesimida 
Afg’oniston 
omilining 
ahamiyati................................................................................................................ 63
§2.3. O’zbekiston - AQSH hamkorligining istiqbollari ............................... 72
XULOSA ............................................................................................................. 79
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ...................................... 82
ILOVALAR ………………………………………………………………….... 84



KIRISH  
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O’zbekiston Republikasining 
tashqi siyosatida dunyo hamjamiyati bilan xalqaro munosabatlarga kirishishi 
muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham o’tgan 22 yil davomida o’ziga xos 
ichki va tashqi siyosatini amalga oshirib kelmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasi tarixan Yevropa va Osiyoni bir-biri bilan 
bog’lovchi transport ko’prigi hisoblanib, bu mintaqa doimo dunyoning yetakchi 
davlatlarning diqqat markazida bo’lgan. Bu ahamiyat hozirgi kunga qadar o’z 
muhimligini saqlab kelmoqda. Bu xususda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov o’z nutqlarida: “Markaziy Osiyo mintaqasi o’zining geosiyosiy va 
geostrategik ahamiyati, ulkan mineral - xom ashyo resurslariga ega ekani tufayli 
keyingi yillarda yirik davlatlarning doimiy diqqat markazidagi ob’ektga, ularning 
strategik manfaatlari to’qnashadigan hududga aylanmoqda, shu bilan birga, o’ttiz 
yildan ziyod vaqt mobaynida urush davom etayotgan Afg’onistondagi keskinlik va 
qarama-qarshilikning hali - beri saqlanib kelayotgan ta’siri ostida qolmoqda”
1
- deb 
e’tirof etgan.
O’zbekiston 1991 yilda o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, jahon 
hamjamiyatining to’la huquqli a’zosi sifatida dunyoning yetakchi davlatlari bilan 
hamkorlik munosabatlarini o’rnata boshladi. Xususan, 1991 yilning 25 dekabrida 
AQSH O’zbekiston mustaqilligini rasmiy tan olgan kun sifatida tarix sahifalariga 
kirgan bo’lsa, 1992 yil 19 fevralda ikki davlat o’rtasidagi diplomatik munosabatlar 
o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012 yil Qurolli 
Kuchlarning 20 yilligida so’zlagan nutqlarida: “Amerika kontingenti va 
xavfsizlikka ko’maklashadigan xalqaro kuchlarning 2014 yilda Afg’onistondan 
olib chiqib ketilishining e’lon qilinishi va kelgusida bu qarorning amalga 
oshirilishi terrorchilik va ekstremistik faoliyatning kengayish xavfining 
1
Каримов И.А. “Бизнинг йўлимиз – демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва модернизация 
жараёнларини изчил давом эттириш йўлидир” 20-жилд. Т.: “Ўзбекистон”, 2012. Б.104 



kuchayishiga, mazkur ulkan mintaqada keskinlik va qarama-qarshilikning 
ortishiga, bu yerda doimiy beqarorlik manbai yaratilishiga olib kelishi mumkin.
Mintaqada joylashgan ayrim mamlakatlardagi ijtimoiy norozilikning 
kuchayishi, ekstremistik kuchlarning safiga yangi

yangi a’zolarni jalb etish uchun 
qulay zamin tug’dirayotgan, yomonlashib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat 
mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka qarshi jiddiy tahdid bo’lib qolmoqda.”- deb 
ta’kidlab o’tgandi.
Ma’lumki, 2001 yil 11 sentyabrь kuni AQSHda yuz bergan terrorchilik 
xurujlaridan so’ng, butun dunyo hamjamiyatining e’tibori terrorizmga qarshi 
kurashga qaratildi. Terrorizmga qarshi kurash AQSHning davlat siyosati darajasiga 
ko’tarildi. Terrorizm markaziga aylangan Afg’onistonda jahon hamjamiyatiga 
tahdid solayotgan terror guruhlariga qarshi operatsiyalar amalga oshirila boshlandi. 
Amerikalik ekspertlarning fikricha, O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi 
mamlakat sifatida mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Xususan, Amerikalik ekspert F.Starr ta’kidlaganidek, 
“O’zbekiston 2001 yil 11 sentyabrь voqealaridan ancha oldin dunyo hamjamiyatini 
Afg’onistondan chiqayotgan mintaqaviy xavfsizlikka bo’layotgan tahdidga e’tibor 
qaratish hamda terrorizmga qarshi kurashish zarurligi haqida bir necha bor 
ogohlantirgan edi. Uning fikricha, “6+3” muloqot guruhini tuzish g’oyasi 
Markaziy 
Osiyodagi 
mamlakat-O’zbekistondan 
chiqqani, 
tashqaridan 
tiqishtirilmagani muhimdir”
1
.
2001 yil 11 sentyabrdagi terrorchilik harakatlarini amalga oshirganlarga 
qarshi kurash uchun qo’poruvchilik faoliyatini markaziga aylangan Afg’onistonga 
xavfsizlikka ko’maklashadigan xalqaro kuchlarning kiritilishi AQSHning 
Markaziy Osiyodagi ustuvor manfaatlarini tez o’zgartirdi. AQSH bilan Markaziy 
Osiyo davlatlari orasida hamkorlik munosabatlari keng yo’lga qo’yilmoqda. 
Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH o’rtasidagi munosabatlarning 
yaxshilanib borishiga davlatning strategik jihatdan qulay joyda joylashganligi, 
mintaqa davlatlarini bog’lab turuvchi hamda mintaqaviy muammolarni hal etishda 
1
AQSH ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifiga doir/ http://www.gov.uz/uz/press/politics/3587



AQSH 
bilan 
bir 
pozitsiyada 
ekanligi 
ikki 
davlat 
munosabatlarining 
mustahkamlanishiga sabab bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi 
I.Ne’matov ikki davlat munosabatlariga baho berar ekan: “Albatta, Amerika 
Qo’shma SHtatlari O’zbekiston bilan aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga 
juda katta ahamiyat beradi. O’zbekiston geografik jihatdan juda muhim joyda, 
ya’ni G’arb va SHarq manfaatlari kesishgan o’rinda joylashganidir. Mana shu ham 
O’zbekistonga bo’lgan munosabatning asosiy omillaridan hisoblanadi”
1
ikki davlat 
aloqalarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotganini e’tirof etgan. Ushbu 
xususda 
O’zbekistonning AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlashdan 
manfaatdorligini bevosita Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga 
qaratilganini ta’kidlaydi. O’zbekiston Respublikasi uchun Afg’oniston juda muhim 
davlat ekanligini 2 omil bilan bog’lab ko’rsatadi. Bu borada xavfsizlik masalasi 
dolzarb ahamiyat kasb etishini, O’zbekiston bilan Afg’oniston o’rtasida 160 
kilometrdan ortiq umumiy chegaraga ega ekanligi bilan bog’laydi. O’zbekistonga 
dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi eng yaqin yo’l vazifasini bajaruvchi 
Afg’oniston hududi juda muhim tranzit yo’li hisoblanishi haqida fikr bildirgan. Bu 
omillar o’z navbatida, O’zbekiston bilan AQSH o’rtasidagi xavfsizlik sohasidagi 
hamkorligining mustahkamlanishiga, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlashga qaratilgan siyosatini hamkorlikda amalga oshirishiga sabab 
bo’lmoqda.
Shu jumladan, AQSH o’z qo’shinlarini Afg’onistondan SHimoliy tarmoq 
orqali bevosita O’zbekiston transport-kommunikatsion tizimi vositasida olib chiqib 
ketilishi, mazkur hudud orqali noharbiy va gumanitar yuklarni tranzitining amalga 
oshirilishi va bevosita ushbu yo’lda O’zbekistonning amaliy chora-tadbirlarni 
ko’rayotganligi ikki tomonlama munosabatlarning yangi bir bosqichga 
chiqqanligidan dalolat bermoqda.
1
Ўзбекистон Республикасининг АҚШдаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси Илхом Неъматовнинг “Vatandosh” 
газетасига берган интервьюси// “Vatandosh” газетаси, 15 март 2012 йил, Нью-Йорк шаҳри. 



O’z navbatida, AQSH hukumati tashqi siyosatida Markaziy Osiyoning, shu 
jumladan, O’zbekistonning o’rni oshib bormoqda. Bunga esa quyidagi omillar asos 
bo’lib xizmat qilmoqda:
Afg’oniston hududidan AQSH harbiy kontingentini olib chiqilishi va 
mazkur hududda kam sonli harbiy kontingentni qoldirilishi hamda Afg’onistonda 
tinchlik va barqarorlikni o’rnatishdan ikki davlatning manfaatdorligi;
Markaziy Osiyo davlatlari hududida aniqlangan ulkan uglevodorod 
zahiralarining mavjudligi;
Geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasining strategik hududda 
joylashganligi.
Shu sababdan ham so’nggi o’n yil mobaynida AQSH rasmiy va akademik 
doiralari miqyosida mintaqa bo’yicha bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Jumladan, “Ipak Yo’li strategiyasi”, “Kata Markaziy Osiyo” kontseptsiyasi, 
Pentagon tomonidan ishlab chiqilgan “Osiyo-2020” strategiyasi AQSHning 
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O’zbekistonga nisbatan faol tashqi siyosatni yangi 
bosqichga chiqarishdan manfaatdorligini ko’rsatmoqda.
Shuningdek, mavjud ikki tomonlama munosabatlardagi bir qator 
muammolarga qaramay, ikki davlat o’rtasida 2002 yilda imzolangan strategik 
hamkorlik to’g’risidagi shartnomaning hozirgi kunda ham kuchda ekanligi
kelajakda O’zbekiston-Amerika aloqalarining rivojlanishi uchun asos bo’la oladi.
Yuqorida qayd qilingan fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ishining 
dolzarbligi quyidagicha belgilanadi:

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling