12
– O’zbekiston Respublikasi va Amerika Qo’shma Shtatlari munosabatlariga
“afg’on omilining” ta’sirini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. O’zbekiston Respublikasi
va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi
ikki tomonlama munosabatlar
rivojlanish istiqbollarini aniqlash tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo’nalishlaridagi
istiqbollari tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning bir qator xalqaro
konferentsiyalarda hamda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning borishiga doir o’tkazilgan yig’ilishlarda O’zbekiston-AQSH
munosabatlari borasida qilgan ma’ruzalari va bildirgan fikr - mulohazalari tadqiqot
ishini amalga oshirishda uslubiy asos vazifasini o’tadi.
Tadqiqot ishiga “Yangi Ipak yo’li” hamda F.Starning “Katta Markaziy Osiyo”,
Z.Bjezinskiyning “Katta O’yin” kontseptsiyasi nazariy asos qilib olindi.
Tadqiqot ishida tizimli yondashuv asosida retrospektiv,
qiyosiy hamda
omilli tahlil metodlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: