Mavzu: 0 soni va raqami


IV.Yangi o‘quv materialini bayon qilish


Download 0.8 Mb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1208535
1   2   3   4   5
Bog'liq
0 soni MOHINUR SAIDOVA

IV.Yangi o‘quv materialini bayon qilish:
-O‘quvchilarga 0 sonini tushuntirishdan oldin turli xil matematik misollarni og‘zaki beramiz.
-Qo‘limda 5ta ruchka bor edi. Hammasini Salimga berdim, menda nechta qoldi?
-Qolmadi.
-Barakalla, bu nol deyiladi.
-Nargizada 7 ta olma bor edi. Hammasini ukasiga berdi. Xo‘sh, Nargizada nechta olma qoldi?
-Qolmadi.
-Barakalla, bu nol deyiladi.
-Dostonda 8ta shar bor edi. U sharlarning hammasini do‘sti Omonga berdi. Dostonda nechta qoldi?
-Qolmadi. Bu nol deyiladi.(Oxirida o‘quvchilarning o‘zlari xulosa qiladilar.)
-Darslik bilan ishlaymiz. Hamma 85-betni ochadi. Nimani ko‘ryapmiz?

-Giloslarni.
-Birinchi rasmimizda nechta gilos bor ekan?
-3 ta.
-Nechta gilos uzib olindi?
-Uchta gilos.
-Nechta gilos qoldi?
-Qolmadi.
-Bu nima deyiladi?
-Hech narsa qolmasa nol deyiladi. 3-3=0
-Ikkinchi rasmda nechta gilos bor ekan?
-1 ta.
-Nechtasi uzib olindi?
-1 tasi.
-Giloslarimiz nechta qoldi?
-Qolmadi. 1-1=0
-Ekranda 0 soniga doir turli rasmlar ko‘rsatiladi. Oxirgi natijani umumlashtirib, o‘quvchilar aytadi.



-Xulosa qilinadi: Demak bolajonlar, hech narsa qolmagani “nol” deyilar ekan, nol bu hech nima. Songa nolni qo‘shsak, javobi o‘sha sonning o‘zi chiqadi.
2-topshiriq: “Yolg‘iz son” o‘yini. Jadvaldagi misol javobini toping. Misollarimizda qaysi son qatnashmadi? Shu songa mos ifoda tuzib uni yeching. (Namuna ko‘rsatiladi.) (Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi elementlarini shakllantirish.)

MISOLLAR

1+0= 6+0= 7+0= 4+0=
5+0= 2+0= 3+0= 9+0=


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling