1 2 3 4 5 6 7 8 9
-Endi siz bilan nol raqami qanday yozilishini ko‘ramiz:
-0 ning yozilishi ekranda ko‘rsatiladi. Doskada o‘qituvchi 0 ning yozilishini ko‘rsatadi. Havoda mashq qilinadi va daftarga 0 yoziladi. O‘quvchilarning yozishini nazorat qilish va qiynalganlarga ko‘maklashish.
Dam olish vaqti:
-Ekranda 0 soniga doir she’r ko‘rsatiladi. O‘qituvchi uning mazmunini tushuntiradi.
“Raqamlar” qo‘shig‘i ostida raqs.
-Har bir o‘quvchining qo‘liga qalamdon berib chiqiladi. Bolajonlar, avval qalamdondagi qalamlar sonini sanang. Endi qalamlarni birma-bir qalamdondan olib, partaning ustiga qo‘yamiz. Oxirgi qalam ham qalamdondan olinib, partaning ustiga qo‘yiladi.
-Jami qalamlar soni nechta edi?
-5 ta.
-Nechta qalamni qalamdondan olib parta ustiga qo‘ydik.
-5 ta.
-Xo‘sh bolajonlar, qalamdonda nechta qalam qoldi?
-Qalamdonda qalamlar qolmadi. Biz buni nol deymiz.5-5=0
-Kitobingizning 85-betidagi 1- misolini og‘zaki yechamiz.
-O‘quvchilarga rangli yashil qog‘ozdan tayyorlangan gullar tarqatiladi. Uning orqasida misollar yozilgan. O‘quvchilar o‘zlariga berilgan misolning javobini to‘g‘ri va xatosiz aytishlari zarur.
3-topshiriq. Sonlar ketma-ketligini to‘g‘ri joylashtiring.
V.Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
4-topshiriq: “ESHITAMIZ” o‘yini. Eshitishga doir so‘zlar beriladi. O‘quvchilar eshitib yoki labdan so‘zlarni o‘qib, kerakli so‘zni harf va son kassasiga yozadilar. Javobini yechadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |