Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet194/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Bobiylar qo’zg’oloni.

Qo’zg’olon shoh tuzumiga, zulmiga va yer egaligiga qarshi qaratilgan edi. Qo’zg’olon ishtirokchilari, asosan, hunarmandlar, mayda savdogarlar, shahar kambag’allari va shahar atrofida yashovchi dehqonlar edi. Qo’zg’olonga quyi tabaqadagi ruhoniylar va bobiylik tarafdorlari bo’lgan savdogarlar boshchilik qilgan. 1848-yilda boshlangan bu qo’zg’olon tarixga bobiylar qo’zg’oloni nomi bilan kirgan. Chunki qo’zg’ olonchilar bobiylik ta’ limoti tarafdorlari bo’lgan. Bu ta’limotning asoschisi Sayid Ali Muhammad bo’lib, o’ziga Bob taxallusini qabul qilgan edi. Bobiylik atamasi shu taxallusdan kelib chiqqan.Sayid Ali Muhammad 1819-yilda Sheroz shahrida tug’ilgan bo’lib, mayda savdogarning o’g’li edi. 1844-yilda о’zini Bob, (arabcha eshik, darvoza) ya’ni, «haqiqat va adolat yo’liga olib boruvchi eshik», deb atay boshlaydi.

Bobiylik ta’limoti asosida ilohiy xaloskor (mahdiy)ning kelishi yaqinlashganligi g’oyasi yotadi. Shu tufayli Bob mahdiyning xohishirodasi, ko’rsatmalari, yo’l-yo’riqlari xalqqa men orqali yuboriladi, deb targ’ib qilgan. U «Вауоn» nomli kitob yozgan. Kitobda bobiylar harakatining asoslari yoritib berilgan. Bob kitobida о’zini Muhammad (s. a. v. ) o’rniga kelgan payg’ambar deb, «Вауоn» kitobini esa Qur’oni karim o’rnini bosuvchi kitob deb e’lon qilgan. Bobiylar qo’zg’oloni 1850-yilning о’rtalarigacha davom etdi. Oxiroqibatda shoh qo’shini qo’zg’olonni bostirishga muvaffaq bo’ldi. Sayid Ali Muhammad esa qatl etildi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling