Shoh Abbos I hukmronligi davri
Abbos I mamlakat poytaxtini Tabriz shahridan (Ozarbayjon) Isfahon (Eron)ga kо’chirdi. Mamlakat soliq tizimida tartib о’matildi va soliqlar miqdori kamaytirildi. Savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Yangi-yangi karvonsaroylar va savdo yo’llari qurildi. Savdo karvonlari qaroqchilariga qarshi shafqatsiz kurashdi. Rossiya, Turkiya, Angliya, Niderlandiya, Fransiya va Venetsiya bilan keng ko’lamli savdo-sotiq yo’lga qo’yildi. Bu esa Eronning ichki va tashqi savdosi о’sishiga olib keldi. Yangi-yangi sug’orish inshootlari ham bunyod etildi. Natijada katta-katta maydonlarga suv chiqarib hosil olishga imkon tug’ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |