Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi.
Bu davrda Safaviylar sulolasi hukmronligi nomiga bo’lsa-da, hamon davom etardi. So’nggi hukmdor Taxmasp II amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi. Buning ustiga, unda xalqni turk va afg’on bosqinchilariga qarshi kurashga kо’tara oladigan qobiliyat ham bo’lmagan. Shunday sharoitda afshor qabilasining ( turkman urug’udan bo’lgan) yetakchisi, shijoatkor, katta lashkarboshchilik qobiliyatiga ega Nodir Quli kurash maydoniga chiqdi. U 1730-yilda afg’on qo’shinini butunlay tor-mor etib, Eronni afg’on bosqinidan ozod etdi. 1736-yilga qadar Nodir Quli Safaviylar davlatining tarkibiga kiruvchi barcha hududlarda o’z hokimiyatini o’rnatdi. Nihoyat, 1736-yilda barcha qabilalar aslzodalarining qurultoyida o’zini Eron shohi deb e’lon qilishga erishdi. Shu tariqa Safaviylar sulolasi hukmronligi butunlay barham topdi.
Nodirshoh katta bosqinchilik urashlari nati jasida ulkan imperiya tuzdi. Biroq 22rasr. Nodirshoh.
uning hukmronligi uzoq davom etmadi. 1747-yilda o’zaro ichki nizolar natijasida Nodirshoho’ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |